Salomatligi xizmati
Yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Diareya (ich ketishi).
- Keratokon’yunktivit.
Yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi. Adenovirus infekstiyasida
kuzatiladigan asosiy belgidir. Bemorlarda rinit, tonzillit, faringit, traxeit, bronxit, krupp belgisi, obstrukstiya yallig‘lanishlari kuzatiladi. Isitma davomiyligi 1 ҳafta. Bemorlarda kataral farengit ko’proq namoyon bo’ladi. Bo’yin va tomoq limfa tugunlari kattalashishi xarakterli. Diareya (ich ketishi). Ushbu ҳolat 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’p uchraydi. Ich ketish sutkada 4-5 marta, ayrim ҳolda 7-8 marta davom etadi. Bir vaqtning o’zida bemorlarda kataral belgilar kuzatiladi. Bemor axlatida shilliq, qon esa bo’lmaydi. Diyareya 3-4 kun davom etadi. Keratokon’yunktivit. Kon’yunktivitga qaraganda keratakon’yunktivit adenovirus infekstiyasida kamroq uchraydi. Keratakon’yunktivit faqat adenovirus infekstiyasining og‘ir kechishida kuzatiladi. Kasallik o’tkir boshlanadi, yuqori isitma qayd etiladi. Bemorlarda kuchli intoksikastiya kuzatiladi. Avval kon’yunktivit, keyinchalik keratakon’yunktivit yallig‘lanishi kuzatiladi. Bemorlar ko’zida og‘riq, qichishish, yorug‘likka ta’sirchanlik alomatlari kuzatiladi. Ko’z qorachig‘ida seroz parda, mayda toshmalar paydo bo’ladi. Yaralar kuzatilmaydi. Ayrim bemorlarda seroz meningit, miokardit, nefrit, pnevmoniya asoratlari kuzatiladi. Demak adenovirus infekstiyasida yallig‘lanish ҳamma organlarda kuzatilishi mumkin. Adenovirus infekstiyasining kechishi davriy. Isitma 5-7 kun davom etadi. Asoratli kechganda isitma 2-3 ҳaftagacha davom etishi mumkin. Bemorlarda isitma to’lqinsimon xarakterga ega. Isitmaning 2-chi marta ko’tarilishi asosan adenovirus infekstiyasining asoratli kechishida kuzatiladi, kataral kon’yunktivit 7 kun, pardali kon’yunktivit 2 ҳafta. Respirator belgilar esa 2-4 ҳafta davom etadi. Asoratlar. Adenovirus infekstiyasida asoratlar ko’pincha yosh bolalarda kuzatiladi va virus-bakterial etiologiyaga ega. 3 oylik bolalarda otit, sinusit, o’choqli polisegmentar, seroz-dekvalistiv pnevmoniya kabi asoratlar kuzatiladi. 112 Oqibati. Adenovirus infekstiyasida asoratlar kuzatilmasa bemorlar tez tuzaladi. O’lim ҳolati chaqaloqlarda, ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan bemorlarda kuzatiladi. Adenovirus infekstiyasida kuzatiladigan o’lim ҳolati yosh bolalarda qayd etilishi pnevmoniya asorati natijasida ro’y beradi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling