Salomatligi xizmati


Yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi. Adenovirus infekstiyasida 
kuzatiladigan asosiy belgidir. Bemorlarda rinit, tonzillit, faringit, traxeit, bronxit, 
krupp belgisi, obstrukstiya yallig‘lanishlari kuzatiladi. Isitma davomiyligi 1 ҳafta. 
Bemorlarda kataral farengit ko’proq namoyon bo’ladi. Bo’yin va tomoq limfa 
tugunlari kattalashishi xarakterli. 
Diareya (ich ketishi). Ushbu ҳolat 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda ko’p 
uchraydi. Ich ketish sutkada 4-5 marta, ayrim ҳolda 7-8 marta davom etadi. Bir 
vaqtning o’zida bemorlarda kataral belgilar kuzatiladi. Bemor axlatida shilliq, qon 
esa bo’lmaydi. Diyareya 3-4 kun davom etadi. 
Keratokon’yunktivit. Kon’yunktivitga qaraganda keratakon’yunktivit 
adenovirus infekstiyasida kamroq uchraydi. Keratakon’yunktivit faqat adenovirus 
infekstiyasining og‘ir kechishida kuzatiladi. Kasallik o’tkir boshlanadi, yuqori 
isitma qayd etiladi. Bemorlarda kuchli intoksikastiya kuzatiladi. Avval 
kon’yunktivit, keyinchalik keratakon’yunktivit yallig‘lanishi kuzatiladi. Bemorlar 
ko’zida og‘riq, qichishish, yorug‘likka ta’sirchanlik alomatlari kuzatiladi. Ko’z 
qorachig‘ida seroz parda, mayda toshmalar paydo bo’ladi. Yaralar kuzatilmaydi.
Ayrim bemorlarda seroz meningit, miokardit, nefrit, pnevmoniya asoratlari 
kuzatiladi. 
Demak adenovirus infekstiyasida yallig‘lanish ҳamma organlarda kuzatilishi 
mumkin. 
Adenovirus infekstiyasining kechishi davriy. Isitma 5-7 kun davom etadi. 
Asoratli kechganda isitma 2-3 ҳaftagacha davom etishi mumkin. Bemorlarda isitma 
to’lqinsimon xarakterga ega. Isitmaning 2-chi marta ko’tarilishi asosan adenovirus 
infekstiyasining asoratli kechishida kuzatiladi, kataral kon’yunktivit 7 kun, pardali 
kon’yunktivit 2 ҳafta. Respirator belgilar esa 2-4 ҳafta davom etadi. 
Asoratlar. Adenovirus infekstiyasida asoratlar ko’pincha yosh bolalarda 
kuzatiladi va virus-bakterial etiologiyaga ega. 3 oylik bolalarda otit, sinusit, o’choqli 
polisegmentar, seroz-dekvalistiv pnevmoniya kabi asoratlar kuzatiladi. 


112 
Oqibati. Adenovirus infekstiyasida asoratlar kuzatilmasa bemorlar tez 
tuzaladi. 
O’lim ҳolati chaqaloqlarda, ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan bemorlarda kuzatiladi. 
Adenovirus infekstiyasida kuzatiladigan o’lim ҳolati yosh bolalarda qayd etilishi 
pnevmoniya asorati natijasida ro’y beradi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling