Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PATOGENEZI. 
1. Inkubastion davr. 
2. Epiteliy va limfa ҳujayralarda viruslarning ko’payishi. 
3. Virusemiya va toksinemiya. 
4. Ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi, limfadenit. 
5. Ichki organlarning jaroҳatlanishi. 
6. Maxsus adenovirusga qarshi antitelalar shakllanishi. 
Patologik anatomiyasi. Adenovirus infekstiyasida yallig‘lanish, destrukstiya, 
nekroz kabi patologo anatomik o’zgarishlar kuzatiladi. 
Mikroskopik tekshirishlarda bemorlarda kataral laringotraxeobronxit, epiteliy 
ҳujayralar degenerastiyasi, nekroz kuzatiladi. Nekrozga uchragan epiteliyalarda
adenovirus DNK zarrachalarini mikroskop orqali ko’rish mumkin. Nekrozga, 
degenerastiyaga uchragan epiteliy ҳujayralar ortida kapillyarlarning jaroҳatlanishi 
tufayli eritrostitlarning chiqishi, mikro qon quyulishi kuzatiladi. Demak, nekroz osti 
to’qimada seroz suyuqligi, qon quyulishi xarakterlidir. Adenovirus infekstiyasida 
mononuklear infiltrastiya limfa tugunlarda kuzatiladi. To’qimalarda gigant 
mononuklear ҳujayra to’plamlarining yig‘ilishi kuzatiladi. Mononuklear ҳujayralar 
orasida gigant ҳujayralar ҳam aniqlanadi. Ichki organlarda qon ta’minotining 
buzilishi, distrofik, nekrobiotik o’zgarishlar aniqlanadi. Jigarda gepatostitlarning 
jaroҳatlanishi ayrim ҳolda gepatostitlarning nobud bo’lishi aniqlangan. Bemorlarda 
infekstion-toksik miokardit, toksik nefrit, seroz meningit yallig‘lanishi kuzatiladi.
Adenovirus infekstiyasining klinik kechishi. Adenovirus infekstiyasida 
inkubastion davr 2 kundan to 12 kungacha davom etadi. Kasallik o’tkir boshlanadi. 
Bemorlarda yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi kuzatiladi. Ammo yuqori nafas 
yo’llarida kuzatilgan belgilar asta-sekin boshlanadi.
Isitma adenovirusli infekstiyasida xastalikning birinchi kunidan boshlab 
kuzatiladi. Xastalikning birinchi kunlari isitma 37
0
S-37.5
0
S, keyinchalik isitma 


108 
ko’tarila borib, 38
0
S-39
0
S ga etadi. Ayrim bemorlarda ҳarorat 40
0
S ko’tariladi. 
Demak isitma adenovirus infekstiyasida sekin-asta ko’tariladi. 
Kasallikning birinchi kunidan nafas yo’llarida shamollash alomatlari 
kuzatiladi. Bemorlarda yo’talish, aksirish, tomoqda og‘riq alomatlari paydo bo’ladi. 
Ushbu belgilar kasallikning 4-5 kunlari kuchayadi. 
Intoksikastiya belgilari kasallikning birinchi kunidanoq kuzatiladi va kundan-
kunga kuchaya boradi. Bemorlarda charchoqlik, ҳolsizlik, uyquning buzilishi
ishtaҳaning pasayishi, bosh og‘rig‘i kabi belgilar kuzatiladi. Ayrim bemorlarda 
bo’g‘imlarda, belda, mushaklarda og‘riq kuzatiladi.
Intoksikastiya belgilari kasallikning birinchi kunida sust bo’lib kundan-
kungakuchaya boradi. 
Ayrim bemorlarda ko’ngil aynash, qusish, qorinda og‘riq, ich ketishi 
kuzatiladi. 
Adenovirus infekstiyasining birinchi kunidan boshlab bemor burnidan avval 
seroz suyuqligi, keyinchalik seroz—yiringli suyuqlik chiqa boshlaydi. Burun 
kataklarida qizarish (giperemiya), bez shishishi (otek), natijada burundan nafas olish 
qiyinlashadi. Yallig‘lanish keyinchalik og‘iz bo’shlig‘i va ҳiqildoqga o’tadi. Og‘iz 
bo’shlig‘ining qizarishi va yallig‘lanishi tomoqning orqa devorining yumshoq 
to’qimalarida, murtaklarda, ҳiqildoqda faringit, folekulalarning giperplaziyasi 
yallig‘langan soҳada shilimshiq parda ҳosil bo’ladi. 
Adenovirus infekstiyasida yo’tal kuzatiladi. Yo’tal birinchi kundan boshlab 
ҳo’l ҳamda balg‘amli bo’ladi.
Bir yoshgacha bo’lgan bemor bolalarda yo’tal kuchli bo’ladi. Bola ovozi 
bo’g‘iq, quvillagan bo’ladi. Bemor bola o’pkasida quruq va ҳo’l xirillash kuzatiladi. 
Keyinchalik ҳo’l xirillash o’pkaning 2 tarafida bronxlarda kuzatiladi. 
Adenovirus infekstiyasida bemor ko’zining yallig‘lanishi kuzatiladi. Ko’z 
shilliq pardasining yallig‘lanishi kon’yunktivit, keratokon’yunktivit shaklida 
namoyon bo’ladi. 
Ko’zdagi yallig‘lanish 3 xil bo’ladi: kataral, folekulyar, pardali. 


109 
Ko’zda kuzatilgan yallig‘lanish xastalikning birinchi kunidayoq kuzatiladi. 
Ayrim bemorlarda kon’yunktivit, keratokon’yunktivit 3-5 kunlarda paydo bo’lishi 
mumkin. 
Oldin yallig‘lanish bir ko’zda, keyinchalik 2 chi ko’zga o’tadi. Katta bolalarda 
ko’z shilliq qavatining qichishi, og‘riq, xuddi qum tushgandek tuyuladi. Ko’z atrofi 
terisida giperemiya, ko’z yarim ochiq ҳolatda bo’ladi. 
Kon’yunktivit, keratokon’yunktivit yallig‘lanishida, avval seroz suyuqlik 
paydo bo’ladi, keyinchalik yupqa oqishsimon biroz sarg‘aygan parda bilan 
qoplanadi. 
Kerato-kon’yunktivit, kon’yunktivit, adenovirus infekstiyasining “tashrif 
kartochkasi” deb ataladi, ya’ni agar bemor ko’zida yallig‘lanish kuzatilsa adenovirus 
infekstiyasi borligidan dalolat beradi. 
Bemor yuzi biroz shishgan, qizargan, ko’z qovoqlari kattalashgan bo’ladi. 
Adenovirus infekstiyasida bemorning tomoq soҳasida limfa tugunlarining 
kattalashishi kuzatiladi. 
Bemorlarda jigar va taloq kattalashadi.
Yosh bolalarda, ich ketishi, qusish, bemor qornida gaz yig‘ilishi kuzatiladi. 
Bemor pulsi tezlashadi, yurak tonlari bo’g‘iqligi, og‘ir bemorlarda sistolik shovqin 
bo’ladi.
Bemorlarning periferik qonida, leykopeniya, neytropeniya, eozinofilez og‘ir 
bemorlarda leykostitoz, neytrofilez, monostitoz kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish 
tezligi biroz oshadi.

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling