Salomatligi xizmati


Adenovirus infekstiyasining tavsifi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Adenovirus infekstiyasining tavsifi: 
Adenovirus infekstiyasida quyidagi klinik belgilar, shakllar kuzatiladi.
Belgilar: 
1. Faringokon’yunktiv isitma 
2. Yuqori nafas yo’llari yallig‘lanishi 
3. Keratokon’yunktivit 
4. Tonzillofaringit 
5. Mezenterial limfodenit 


110 
6. Diareya (ich ketish) 
Og‘irligi bo’yicha: 
1. Engil 
2. O’rta og‘ir 
3. Og‘ir 
Kasallikning kechishi: 
1. Asoratsiz 
2. Asoratli (pnevmoniya, seroz meningit, miokardit, nefrit) 
Faringokon’yunktiv isitma. Adenovirus infekstiyasida eng ko’p 
kuzatiladigan klinik shakl. Isitma nisbatan uzoq davom etadi, bemorlarda respirator 
sindrom alomatlari granulez faringit, ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi (keratit, 
kerato-kon’yunktivit) tomoq murtaklarining yallig‘lanishi (angina), tomoq limfa 
tugunlari yallig‘lanishi, ayrim bemorlarda jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. 
Kasallik kechishi uzoqroq davom etadi. Isitma 1-2 ҳafta davom etadi. 
Tonzillofarengit. Adenovirus infekstiyasining barcha klinik kechishida 
tonzillofarengitqayd etiladi. Yallig‘lanish og‘iz va ҳiqildoqda kuzatiladi. 
Tonzillofarengit yallig‘lanishi ҳamma bemorlarda kuchli namoyon bo’ladi. Kattalar 
va bolalarning og‘zi og‘riydi. Tomoq murtaklarida oq yallig‘lanish pardasi (nalet), 
regionar limfa tugunlarning ayniqsa bo’yindagi limfa tugunlarning kattalashishi 
kuzatiladi. 
Tomoq murtaklarining yallig‘lanishi va yiringlashiga asosiy sabab 
adenoviruslarning murtak limfa tugunlariga kirib, jaroҳatlashi va tomoqdagi 
bakteriyalarning faollashuvi natijasida ro’y beradi. 
Angina virusli-bakterial etiologiyaga ega. Ko’pincha stafilokokklar
streptokokklar, pnevmokokklarning faolligi oshadi. 
Mezenterial limfodenit (mezodenit).Adenovirus infekstiyasida kuzatiladi. 
Bemorlarda ko’ngil aynash, qusish, kindik atrofida og‘riq, ayrim bemorlarda 
qorinning appendekulyar soҳasida og‘riq kuzatiladi. Bemorlarda isitma ko’tariladi. 
Bemor tili karash va kattalashgan, qonda leykostitlar soni normal ҳolda bo’ladi. 


111 
Bemorlarda mezenterial limfa tugunlarning yallig‘lanishi va kattalashganligi 
xarakterli. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling