Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet69/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Yuqish yo’llari 2 xil: 
1. Ҳavo-tomchi yo’l bilan kasallik yuqadi. 
2. Alimentar (fekal-oral) yo’l bilan ҳam yuqish kuzatiladi. 
Adenovirus infekstiyasi ko’pincha ҳavo-tomchi yo’l orqali bemorlardan 
sog‘lom odamga yuqadi.
Bemorlar yo’talganda, aksirganda adenoviruslar tashqi muҳitga ҳavo-tomchi 
yo’l bilan sog‘lom odamlarga yuqadi. Epidemiologik jiҳatdan yuqish yo’llari boshqa 
respirator virusli infekstiyalardan farq qilmaydi. Yuqish masofasi 1-2 metr dan 
oshmaydi.
1 oydan to 6 oygacha oshmagan bolalarda adenovirus infekstiyasi uchramaydi. 
Bunga asosiy sabab ushbu yoshdagi bolalar ona plastentasidan ҳamda ona sutidan 
maxsus antitelalar ҳimoyasida bo’lganligi tufayli ushbu yoshdagilarga infekstiya 
yuqmaydi. 6 oydan oshgan bolalar adenovirus infekstiyasiga moyil bo’lib qoladi. 
Bemor bolalar 2-marta adenovirus infekstiyasi bilan kasallansa, virusga qarshi 
kuchli immunitet shakllanadi va boshqa kasallanish kuzatilmaydi. 5 yoshdan katta 
bolalarda adenovirus infekstiyasi juda kam uchraydi. 
Adenovirus infekstiyasi bog‘chalarda, bolalar yaslisida sporadik, ҳamda 
epidemik tarqalgan ҳolda uchrashi mumkin. Eng ko’p adenovirus infekstiyasi 
tarqalishida kasallanish 500 tadan oshmaydi. Katta epidemiyalar kuzatilmaydi. 
Epidemiya tarqalishi sekin-asta boshlanadi. 14-15 kunlarda ko’payadi, so’ng 
epidemiya sekin-asta pasayadi. Adenovirus infekstiyasi mavsumiylikka ega. Ҳarorat 
past bo’lgan oylarda kasallik ko’p kuzatiladi. Yoz oylarida esa adenovirus 
infekstiyasi kuzatilmaydi. Ammo yoz oylarida adenovirus infekstiyasining subklinik 
yoki inapparat shakli kuzatilishi mumkin. 
Ҳozirgi kunda adenovirusli infekstiyasi qo’zg‘atuvchilarini 1, 2, 3, 4, 7, 7a, 14 
va 21 serovarlari borligi aniqlangan. 


106 
Patogenezi. Adenoviruslar organizmga 2 xil yo’l orqali kiradi. Eng ko’p yuqish 
yuqori nafas yo’llarida kuzatiladi. Viruslar sog‘ odam (bola) kon’yunktivasiga 
tushib zararlashi mumkin. Kamroq fekal-oral (alimentar) yo’l bilan ҳam 
adenoviruslar yuqishi mumkin. Pinostitoz jarayoni tufayli adenoviruslar epitelial 
ҳujayralar membranalarini yorib kirib yadrosini egallaydi. Adenoviruslar epiteliy 
stitoplazmalariga yig‘iladi. Ayrim adenoviruslar regional limfa to’qimalardagi 
limfostitlar stitoplazmalariga kirib ҳujayra yadrosini egallaydi. Jaroҳatlangan 
epiteliy ҳujayralari limfostitlar adenovirusning DNK ni sintez qila boshlaydi. 
16-20 soatdan so’ng zararlash quvvatiga ega adenoviruslar ko’plab ko’paya 
boradi. Natijada zararlangan epiteliy ҳujayralari va limfostitlarning nobud bo’lishi 
kuzatiladi (nekroz, destrukstiya). 
Keyinchalik kuchaygan adenoviruslar yangi epiteliy ҳujayralari va 
limfostitlarning ichiga kirib nekroz va degradastiyaga uchratadi. Shu davrda 
adenoviruslar qonga o’ta boshlaydi. aynan o’sha davr inkubastion davrga to’g‘ri 
keladi.
Bosqichma-bosqich adenoviruslar yuqori nafas yo’llaridagi burun shilliq 
qavati, og‘iz bo’shlig‘idagi limfa tugunlari, adenoidlar, ҳiqildoq, bronx va traxeyani 
jaroҳatlaydi. Bir vaqtning o’zida ko’z shilliq qavatini ҳam jaroҳatlaydi. Keyingi 
bosqichda adenoviruslar regionar limfa tugunlarini jaroҳatlay boshlaydi. 
Jaroҳatlangan yuqori nafas yo’llaridagi adenoviruslar ekssudativ yallig‘lanishni 
keltirib chiqaradi. Ko’z shilliq qavatidan, burundan seroz suyuqlik chiqishi 
kuchayadi. Ko’z shilliq qavatida yupqa plenka ҳosil bo’ladi. 
Kelgusi jarayonda adenoviruslar traxeyaga, bronxga, alveolalarga o’tib ushbu 
organlarda yallig‘lanish ҳolatini keltirib chiqaradi. Natijada adenovirus 
pnevmoniyasi shakllanadi. Traxeya va bronxda nekrotik yallig‘lanish kuzatiladi. 
Og‘iz orqali adenoviruslar ichak epitelial ҳujayralarni jaroҳatlaydi. Natijada angina 
va yo’g‘on ichakda yallig‘lanish kuzatiladi (enterit, kolit). Qonga o’tgan 
adenoviruslar va ularning toksinlari bemorda intoksikastiya belgilarini keltirib 
chiqaradi. Qonga o’tgan adenoviruslar keyinchalik buyrak, jigar, yurak, bosh miyani
jaroxatlash xususiyatiga ega. Demak, adenovirus infekstiyasida asosan yuqori nafas 


107 
yo’llarining jaroҳatlanishi, keyinchalik ko’z shilliq qavatida, regional limfa 
tugunlari va ichki organlarning jaroҳatlanishi kuzatiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling