Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Davolash. Gripp kasalligini davolash kompleks ravishda olib borilishi
maqsadga muvofiq. Davolashda kompleks etiotrop, patogenetik, simptomatik davolash uslublari qo’llaniladi. Ushbu davolash uslublarini qo’llash gripp viruslarining o’sish darajasini keskin kamaytiradi, intoksikastiya belgilari rivojlanishining oldini oladi, yuqori nafas yo’llaridagi yallig‘lanish jarayonininafas yo’llarining quyi qismiga o’tib ketishining oldini oladi, asoratlarni kamaytiradi va niҳoyat bemor immunitetini tiklashga sabab bo’ladi. Gripp infekstiyasida davolash 98 choralarini dastlabki 1-2 kunlari boshlash maqsadga muvofiq. Bemorga ko’p suyuqlik ichishi (mineral suv, soklar, o’tli damlamalar) tavsiya qilinadi. Dieta esa sutli va sutli-sabzavotli bo’lishi maqsadga muvofiq. Gripp infekstiyasining engil, o’rta og‘ir shakllarini uyda davolash mumkin. Og‘ir va asoratli xastaliklar shifoxonalarda davolanadi. Virusga qarshi preparatlar: Remantadin, amantadin, arbidol, anaferon, aflubin, viferon va boshqa preparatlar gripp infekstiyasida qo’llaniladi. Interanazal preparatlar ҳam gripp xastaligida qo’llaniladi. Eng ko’p qo’llaniladigan virusga qarshi preparatlar, odam leykostitoz interferoni (OLI) interlok, oksalin mazi, rektal viferonlar. Remantadin va amantadin preparatlarini gripp xastaligining 1-2 kunlari qo’llanilsa samara yuqori bo’ladi va xastalik davomiyligi 2-3 kunga qisqaradi, asoratlar kamayadi. Arbidol, astiklovir, amiksin kabi virusga qarshi preparatlar bemorlarning leykostitlarini virusga qarshi α, γ – interferonlarini 10-50 marta ko’tarilishiga, ҳamda ҳujayraviy va gumoral immunitetning shakllanishiga olib keladi. Arbidolni ovqatdan oldin ichish tavsiya qilinadi va 12 yoshdan katta bemorlar ushbu preparatni 2 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida iste’mol qilishi tavsiya qilinadi. 6 yoshdan to 12 yoshgacha bo’lgan bemor bolalar ushbu preparatni 1 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida ichishi tavsiya qilinadi. Arbidol preparatini surunkali yurak qon tomir, jigar, buyrak kasalliklari bo’lgan bemorlarga berish taqiqlanadi. Oksalin mazi bemorlarga 2-3 maҳal 3-5 kun mobaynida burun kataklariga surtiladi, virusga qarshi samaraga ega. Odam leykostitar interferoni interanazal tomchi sifatida gripp kasalligining boshlang‘ich davrida kuniga 4-5 maҳal, 4-5 tomchi sifatida qo’llaniladi. Ushbu preparat ingolyastiya orqali berilishi ҳam mumkin. Virusga qarshi preparatlar remantadin, omontadin gripp viruslarini epiteliy ҳujayralarga kirishiga qarshilik ko’rsatadi. Viruslarning faolligini keskin pasaytiradi. Kasallik asoratlarining oldini oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, 99 remantadin, omontadin preparatlari gripp xastaligining “A” tipiga qarshi yaxshi ta’siri kuzatilgan. Ushbu preparatlarning samaradorligi 70-75% tashkil qiladi. 1-3 yoshli bemor bolalarga 5 mg/kg 2 maҳal, 3-7 yoshli bemor bolalarga 5mg/kg kuniga 2 maҳal 3-4 kun, 7-9 yoshli bemor bolalarga 5-7 mg/kg kuniga 3-4 maҳal, katta yoshli bemorlarga 100 mg dan 2 maҳal 5-6 kun ichish tavsiya qilinadi. Kuchli bosh og‘rig‘i, mushaklarda, bo’g‘imlarda og‘riq kuzatilsa antigrippin preparatlarini berish tavsiya qilinadi. Antigrippin preparatining ichida astetilsolistil kislotasi (aspirin) 0.5, askorbin kislotasi 0.3, kalstiy laktat 0.1g, rutin va dimedrol 0.02 g parastetamol 0.2 mavjud. Ushbu preparat kuniga 1 tabletkadan 3 maҳal 3-5 kun davomida beriladi. Undan tashqari gripp xastaligida nol-gripp, koldreks, aspirin-upsa, askorbin kislotasi (vitamin S) beriladi. Bemor issig‘ini tushirish maqsadida ibufen, ibuklin, parastetamol, stifikon preparatlarini ichish tavsiya qilinadi. Gripp infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarga vitamin komplekslarini ichish tavsiya qilinadi (revit, undevit, komplevit, vitrum). Bemorlarda kuzatiladigan yo’tal, nafas qisishini kamaytirish maqsadida mukaltin, yo’talga qarshi tabletka (tabletka ot kashli), bromgeksin, brizezi va shunga o’xshash preparatlarni ichish tavsiya qilinadi. Ushbu preparatlarni kuniga 3 maҳal 4-5 kun davomida ichishni tavsiya qilamiz. Bemor tanasida ҳarorat 40 0 S – 41 0 S ko’tarilganda tezda magistral tomirlar soҳasiga muzdek ҳo’l sochiq, muz qo’yiladi, 35% spirt bilan bemor tanasini artish, analgin 50%-1.0, dimedrol 1%-1.0, novokain 0.5%-1.0 aralashmasini mushak ichiga yuborish tavsiya qilinadi. Bemorlarda laringit, laringotraxeit, soxta krupp, o’pka abstrukstiya ҳolati kuzatilsa, shifoxonalarga yotqizilishi maqsadga muvofiq. Bemorlarga No-shpa 1.0, suprastin 1.0, novokain 0.5%-1.0 aralashmasi mushak ichiga yuboriladi. Shu bilan birga mushak ichiga deksametazon 1.0 (125mg) v/m, prednizalon 1.0 (30mg) preparatlarini ishlatish yaxshi samara beradi. Gripp kasalligining og‘ir va asoratli kechishi kuzatilsa, patogenetik dezintoksikastion davolash choralari ko’riladi. Bemorlar tomiriga infuzion eritmalar: fiziologik eritma (0.9% NaCl), Ringer-lok, sukstinasol, laktasol, disol, 100 trisol, astesol, kvartsol, reosorbilat, reopoliglyukin eritmalari dezintoksikastiya qilish uchun bemor tomiriga yuboriladi. Ushbu preparatlar bemor bolalarga yoshiga qarab 100.0-200.0 1 yoshgacha bo’lgan bemor bolalarga, 1-5 yoshli bemor bolalarga 200.0-500.0, 6-18 yoshli bemor bolalarga 1.0 litrgacha, kattalarga 1.0-1.5 litr/sutkada suyuqliklar vena ichiga yuboriladi. Ushbu infuzion preparatlar berilayotganda o’pka shishi, bosh miya shishi ҳolatining oldini olish maqsadida bemor siydigi chiqishini ko’paytirish maqsadga muvofiq. Diuretiklarni qo’llash bolalarda 0.5-1.0 tomir ichiga, kattalarga 2.0-3.0 tomir ichiga beriladi. Diuretiklardan ko’pincha furosemid, laziks, toraid qo’llaniladi. Intoksikastiya va asoratlarni kamaytirish maqsadida o’pka va yurak-tomir etishmasligi, bosh miya shishi, o’tkir buyrak usti etishmasligi ҳolatlarida gormonal preparatlar qo’llaniladi. Prednizalon 60-120.0 mg/sutkada Deksametazon 120 mg/sutkada Og‘ir va asoratli bo’lgan bemorlarga Kontrikal (10.000 ed. – 20.000 ed.) Kontrileks (10.000 ed. – 20.000 ed.) preparatlari tomir ichiga tomchili ҳolatda yuboriladi. Ushbu preparatlar oshqozon osti bezining yallig‘lanishi yoki yiringlab ketishining oldini oladi. Og‘ir va asoratli bemorlarga almiba 5.0, mildranat 5.0, kartan 5.0 preparatlarini ishlatilishi yurak-qon tomir jaroҳatlanishining oldini olishda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Tomirga korglyukon 0.06%-1.0, strofantin 0.5-1.0 preparatlariyuboriladi. Og‘ir bemorlarga ayniqsa nafas etishmasligi kuzatilsa, burundan namlangan kislorod beriladi (oksigenoterapiya). Bemorlarda nafas olish tezligi 40 martadan oshsa bemorlarni sun’iy nafas olish apparatiga o’tkazish maqsadga muvofiq. Gripp kasalligining og‘ir va asoratli kechishida antibiotiklar qo’llash maqsadga muvofiq. Ҳozirgi kunda keng spektrga ega bo’lgan antibiotiklar qo’llaniladi: stefalosporinlar (stefazolin, steftriakson, stefatoksim, stefod PEO, rostefein). Penistillin guruҳiga mansub antibiotiklar (penistillin, ampestillin, ampioks va 101 boshqalar). Gripp kasalligining og‘ir va asoratli kechishi bo’lganda bemorlarning reanimastiya bo’limida davolanishi maqsadga muvofiq. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling