Salomatligi xizmati


Koksaki, ESNO infekstiyalari


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Koksaki, ESNO infekstiyalari. Koksaki, ESNO viruslari keltirib chiqargan 
respirator infekstiyalarda seroz meningit asorati kuzatiladi. Bemorlarda kasallikning 
birinchi kunidan laringit, rinoreya, faringit, tonzillit yallig‘lanishi kuzatiladi. 
Koksaki va ESNO viruslari tomonidan chaqirilgan O’VRIning og‘ir kechishida 
meningit, meningoenstefalit alomatlari namoyon bo’ladi. Bemorlarda giperesteziya, 
giperakuziya, terini ta’sirchanligining oshishi kuzatiladi. Ayrim bemorlarda xush 
ketishi,bosh aylanishi, meningeal belgilar paydo bo’lishi xarakterli. Orqa miya 
suyuqligida stitoz kuzatiladi. Qonda leykopeniya, limfostitoz eozinofelez qayd 
etiladi. 
Ku-isitmasi. Ku-isitma infekstiyasida ҳam respirator belgilar kuzatiladi. 
Ҳarorat uzoqroq davom etadi. Intoksikastiya esa kundan-kunga oshib boradi va 
kuchli namoyon bo’ladi. Ku-isitma infekstiyasida bemorlarda titrash, tez-tez terlash 
sutkada bir necha marta takrorlanadi. Nafas yo’llarida respirator yallig‘lanishlar juda 
sust, yoki umuman bo’lmaydi. Bemorlar bo’g‘imlarida og‘riq, jigar va taloqning 
kattalashishi kuzatiladi. 


97 
Gripp kasalligining oqibati. Gripp kasalligini boshidan o’tkazgan bemorlarda 
tuzalish va asoratlar qolishi kuzatiladi. Ayrim og‘ir asoratli bemorlarda o’lim ҳolati 
kuzatilishi mumkin. 
Gripp oqibatlari: 
1. Tuzalish 
2. Asteno vegetativ belgi 
3. Asoratlarning shakllanishi 
4. O’lim 
Gripp xastaligida kuzatiladigan ikkilamchi asoratlar: 
1. 
Gaymorit 
2. 
Faringit 
3. 
Sinusit 
4. 
Otit 
5. 
Bronxit 
6. 
Laringotraxeit 
7. 
Soxta krupp 
8. 
Pnevmoniya 
9. 
Toksik miokardit 
10. Nefrit 
11. Meningit 
12. Meningo enstefalit 
Shuni ta’kidlash lozimki, gripp infekstiyasini oyoqda o’tkazilsa, asoratlar 
ko’proq shakllanishi kuzatiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling