Salomatligi xizmati


Komplementlarni bog‘lash reakstiyasi (KBR)


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet61/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Komplementlarni bog‘lash reakstiyasi (KBR). KBR, ushbu uslub serologik 
tashxis uslubi bo’lib, gripp virusi antitelalarining bor yoki yo’qligini aniqlashda A 
va V gripp virusini bir-biridan farqlash uchun ishlatiladi. 
Gemagglyutinastiyani sekinlatish (tormozlash) reakstiyasi (RTGA). Gripp 
viruslarini bir-biridan farq qilish, virus qobig‘idagi oqsillarini aniqlashda ishlatiladi. 
“A” grippning tiplari va podtiplarini aniqlashda RTGA muҳim aҳamiyat kasb etadi. 
Ushbu uslubni bajarishda tovuq va odam eritrostitlaridan foydalaniladi. 
Rinostitoskopiya uslubi. Uslub burun kataklaridan olingan surtma ichida 
viruslar borligi yoki yo’qligini aniqlashda ishlatiladi. Surtma tarkibida bo’lgan 
stilindrik epiteliyalar tarkibida o’sgan va ko’paygan viruslarni mikroskop ostida 
ko’riladi. Qiyosiy diagnostika uslubi ҳisoblanadi. Gripp xastaligini boshqa o’tkir 
respirator virusli kasalliklar bilan qiyoslash, kasallikning turini va samarali 
davolashda, uning qon tarkibida viruslar bor yo’qligii aniqlashda qo’llaniladi. 
Qiyosiy diagnostika. Gripp xastaligini eng avvalo koronavirus Sovid-19 
infekstiyasi, so’ng boshqa o’tkir virusli respirator infekstiyalar bilan qiyoslash 
maqsadga muvofiqdir. 
Koronavirus Sovid-19 infekstiyasi. Koronavirus Sovid-19 infekstiyasi juda 
tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilar bilan 
kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Sovid-19 infekstiyasi o’tkir 


94 
boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va 
og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza 
bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta, 
ayniqsa 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi, pnevmoniya, 
asoratlarning tez va shiddatli paydo bo’lishi muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga 
ega. Shuning uchun gripp xastaligini albatta koronavirus Sovid-19 infekstiyasi bilan 
kasallikning ilk davridayoqqiyosiy taqqoslash maqsadga muvofiq. Sovid-
19infekstiyasida giperkoagulyastiya DBCbelgisi, toksik pnevmoniya kuzatiladi. 
Paragripp. Paragripp infekstiyasida yallig‘lanish ҳiqildoqda, ovoz boylamida, 
traxeyada, bronxda kuzatiladi. Bemorlarda laringit, laringotraxeit, soxta krupp 
rivojlanadi. Isitma paragrippda yuqori ko’tarilmaydi, intoksikastiya belgilari gripp 
xastaligidan farqli o’laroq kuchli bo’lmaydi. Paragrippda bemor tovushining 
bo’g‘ilishi, quvillab yo’talishi, nafas olishning qisilishi kuzatiladi. Ayrim 
bemorlarning tovushi yo’qoladi. Og‘ir asoratlardan laringospazm, soxta krupp, 
abstruktiv bronxit, allergiya kuzatiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling