Salomatligi xizmati


Gripp infekstiyasining diagnostikasi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet59/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasining diagnostikasi.Gripp infekstiyasiga tashxis qo’yishda 
xastalikning boshlanishi, o’ziga xos klinik belgilarining namoyon bo’lishi, 
intoksikastiya va isitmaning rivojlanishi, joylardagi epidemiologik ҳolat, 
laboratoriya ko’rsatkichlari asosida tashxis qo’yiladi. 
Gripp infekstiyasiga xos klinik belgilar: 
- kasallikning o’tkir boshlanishi; 
- kasallikning 1-3 kunlarida intoksikastiya belgilarining namoyon bo’lishi; 
- kasallikning 1-3 kunlarida kataral belgilarning kuzatilmasligi; 
- kasallikning 4-7 kunlarida kataral belgilarning namoyon bo’lishi; 
- kasallikning 1-3 kunlarida isitmaning yo’q bo’lishi; 
- kasallikning 4-7 kunlari asoratlarning namoyon bo’lishi. 
Ushbu klinik ko’rsatkichlar gripp infekstiyasiga xos bo’lgan diagnostik klinik 
ko’rsatkichlardir. 
Kataral yallig‘lanish belgisi. Yiringsiz, burun, ҳiqildoq yallig‘lanishi va ko’z 
shilliq qavatining qizarishi ushbu belgilar ko’pgina o’tkir virusli respirator 
kasalliklarda namoyon bo’ladi. Ammo, gripp xastaligida yallig‘lanish 1-3 kunlar 
kuzatilmaydi. Bemorlar og‘iz bo’shlig‘i shilliq qavatining giperemiyasi, ko’z 
kon’yunktivasining qizarishi (giperemiya) va mayda virusli toshmalar kuzatiladi. 
Ushbu kataral yallig‘lanish belgilari kasallikning 3-4 kunlari kuzatiladi. 


92 
Respirator belgilar. Ҳiqildoq va traxeya shilliq qavatining yallig‘lanishi, 
bronxlarda kuchli yallig‘lanish, ҳiqildoqning yallig‘lanishi natijasida traxeit 
(laringit) kuzatiladi. Demak, gripp kasalligida traxeobronxit, laringit, bronxiolit, 
pnevmoniya yallig‘lanishlari kuzatiladi. 
Belgilar: quruq yo’tal, yo’tal paytida ko’krak qafasida og‘riq kuchayadi. Nafas 
olish qiyinlashadi. Ayrim bemorlarda distrest belgisi kuzatiladi. 
Gemorragik belgi. Og‘ir bemorlarda kuzatiladi: burundan qon ketishi, terida, 
og‘iz shilliq qavatida gemorragiya, bosh miya qon tomirlaridan kapillyar qon 
ketishi, gemorragik pnevmoniya kuzatiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling