Salomatligi xizmati


Gripp infekstiyasining tavsifi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasining tavsifi: 
1. Inkubastion davr (bir necha soatdan 2 kungacha). 
2. Kechishi bo’yicha
A) Tipik 
B) Atipik 


87 
A. Tipik kechishi: engil, o’rta og‘ir, og‘ir, gipertoksik kechish. 
B. Atipik kechishi: Afibril, akataral. 
3. Oqibati 
A) tuzalish 
B) asoratlar 
V) o’lim 
Tipik gripp o’tkir boshlanadi, ko’p ҳollarda bemorlarda titrash, qaltirash, et 
uvishishi, sovuq qotish alomatlari kuzatiladi. Shu davrda bemorlarda kuchli bosh 
og‘rig‘i, belda, bo’g‘imlarda, mushaklarda og‘riq, ayrim bemorlarda bosh aylanish 
qayd etiladi. Gripp kasalligiga xarakterli belgilar ko’z olmasi, qosh oldi soҳasida, 
peshonada og‘riq kuzatiladi. Isitma birinchi kundan boshlab yuqoriga ko’tariladi 
(38
0
S – 40
0
S) grippning engil shaklida isitma 37
0
S – 37.8
0
S ko’tariladi, o’rta og‘ir 
shaklida isitma 37.8
0
S dan to 38.8
0
S gacha ko’tariladi. Kasallikning og‘ir shaklida 
isitma maksimal darajada ko’tariladi (39
0
S – 40
0
S – 41
0
S). Isitma 3-5 kun davom 
etadi. So’ng, isitma birdaniga tushadi. Isitmaning ikkinchi marta ko’tarilishi gripp 
kasalligining asoratlariga bog‘liq. Ko’pincha ikkinchi marta isitma ko’tarilishi 
bemorda pnevmoniya asorati borligidan dalolat beradi. Undan tashqari bemorlarda 
yiringli tonzillit (angina) gaymorit, otit kabi asoratlar kuzatilsa, isitma ikkinchi 
marta ko’tarilishi mumkin. 
Isitma bilan bir qatorda bemorlarda charchoqlik, ҳolsizlik, darmonsizlik, 
adenamiya, kuchli terlash kuzatiladi. Ayrim bemorlarda yorug‘likka bo’lgan 
ta’sirchanlik, ko’z yoshi oqishi, ko’z olmasida og‘riq, nafas yo’llarida rinit, faringit, 
laringit, traxeit alomatlari kuzatiladi. Ob’ektiv ko’rilganda bemor yuzi qizargan, 
ko’z shilliq qavatida giperemiya, jag‘ osti limfa tugunlarining shishishi yoki biroz 
kattalashganligi kuzatiladi. Og‘iz shilliq pardasida mayda virusli toshma, til 
karashligi, til qurishi, og‘iz bo’shlig‘ida og‘riq, ayrim bemorlar tomoq mushaklarida 
yiringli parda (folekulyar angina) kuzatiladi. Demak, kasallikning boshlanish 
davrida yuqori isitma, kuchli intoksikastiya alomatlari kuzatiladi. Kasallikning 3-4 
kunlari respirator belgilar boshlanadi. 


88 
Xastalikning birinchi kunlaridan boshlab taxikardiya, yurak tonlarining 
bo’g‘iqligi yoki katta bolalarda yurak soҳasida og‘riq, aritmiya,arterial bosimning 
oshishi kuzatiladi. O’pkada dag‘al nafas olish, quruq xirillash, nafas olishning 
tezlashishi, nafas siqilishi yosh bolalarda kasallikning birinchi kunidan boshlab 
ko’pincha laringit, laringotraxeit, bronxit alomatlari kuzatiladi.Xastalikning 2-4 
kunlari yosh bolalarda soxta krupp, ovoz bo’g‘ilishi kuzatilishi mumkin. Oshqozon 
ichak tizimida aytarlik o’zgarishlar bo’lmaydi, lekin ayrim bemorlarda qabziyat
yosh bolalarda esa diareya alomatlari kuzatiladi. Gripp kasalligining birinchi 
kunidan boshlab kuchli intoksikastiya (zaҳarlanish) alomatlari kuzatiladi. 
Bemorlarda ҳolsizlik, darmonsizlik, adenamiya, uyqusizlik yoki uyquchanlik, 
kuchli bosh og‘rig‘i, ishtaҳaning yo’qolishi, giperesteziya, geperakuziya, og‘ir 
bemorlarda nevralgiya, nevrit, meningit, miningo-enstefalit alomatlari kuzatiladi. 
Ushbu o’zgarishlar gripp virusi toksinlari va endogen toksinlarning markaziy asab 
tizimi va periferik asab tizimlarga ta’siri natijasida ro’yobga chiqadi. Gripp 
kasalligining gipertoksik shaklida ko’pincha meningit, meningoenstefalit, nevrit, 
nevralgiya asoratlari kuzatiladi. Ushbu bemorlarda meningeal belgilar ro’yobga 
chiqadi (bo’yin mushaklarining qotishi, Kerning, Brudnistskiy, meningial belgilar) 
xastalikning 2-3 kunlarida meningial belgilar yo’qoladi. Ushbu bemorlarda orqa 
miya suyuqligida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Demak, gripp xastaligida 
yuqori isitma, kuchli intoksikastiya, respirator yallig‘lanish asosiy belgilar 
ҳisoblanadi. Gripp kasalligining engil kechishida isitmaning ko’tarilishi 37
0
S – 
37.8
0
S, kuchsiz bosh og‘rig‘i, kataral o’zgarishlar: puls 85-90 ur./min, arterial bosim 
115-120 mm simob ustuni, nafas olishning tezligi bir minutda 24-25 marta bo’ladi. 
Gripp kasalligining o’rta og‘ir kechishida umumiy intoksikastiya, yuqori isitma 
38.1
0
– 39.9
0
S. 1 minutda puls 90-120 marta, 1 minutda nafas olish tezligi 25 marta 
va undan ko’p, quruq yo’talkuzatiladi. Gripp kasalligining og‘ir kechishi o’ta tez 
boshlanadi, yuqori isitma (40
0
S). Undan katta isitmaning uzoq davom etishi 
mumkin. Kuchli intoksikastiya: (kuchli bosh og‘rig‘i, butun tanada og‘riq, 
uyqusizlik qayd etilishi, alaxsirash, ishtaҳaning yo’qolishi, ko’ngil aynash, qusish, 


89 
meningial belgilar paydo bo’lishi, ayrim bemorlarda enstefalopatiya alomatlari 
kuzatiladi.
O’ta og‘ir bemorlarda puls (tomir urishi) 1 minutda 120 va undan ortiq bo’lishi, 
sustligi, ayrim bemorlarda aritmiya, yurak soҳasida og‘riq, engil sistolik shovqin, 
nafas olish tezligi 1 minutda 28 va undan ortiq. Gripp kasalligining og‘ir kechishida 
enstefalopatiya, infekstion allergiya ҳolati, asabning buzilishi, talvasa, sudorglar 
belgisi, gollyustinastiya kuzatilishi mumkin. Bemorlar ko’krak qafasida kuchli 
og‘riqli yo’tal, nafas qisishi, xansirash, ҳavo etishmasligi kuzatiladi. Ayrim 
bemorlarda burundan qon ketishi, og‘iz bo’shlig‘i shilliq qavatida mayda 
gemorragik qon talash qayd etiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling