Salomatligi xizmati


Gripp epidemiyasi va pandemiyasi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet53/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp epidemiyasi va pandemiyasi. Gripp epidemiyasi vujudga keladigan 
omillar mavjud. Ushbu omillar aҳolining zichligi, migrastiyasi, maishiy xizmat 
ko’rsatadigan muassasalarga aҳolining tez-tez borib turishi,sanitariya, gigiena 
qoidalariga amal qilmaslik gripp infekstiyasining keng tarqalishiga olib keladi. 
Undan tashqari, transportlarni o’z vaqtida dezinfekstiya qilmaslik, oilaviy 
poliklinikalarda isitmasi chiqqan bemorlarni qabul qilish, bemorlarni gigienik 
ҳimoya niqoblarini taqmasligi, ushbu omillar ҳam gripp kasalligining qisqa 
muddatda keng tarqalishiga olib keladi. Ҳar 2-3 yilda “A” grippning chegaralangan 
epidemiyasi, ҳar 8-10 yil ichida “A” gripining keng tarqalgan epidemiyasi 
kuzatiladi. “A” grippepidemiyasining mavsumiyligi mavjud. Kasallik oktyabr-
dekabr oylarida eng ko’p qayd etiladi va epidemiya shaklida bo’lishi mumkin. Avval 
kasallik yosh bolalarda, keyin o’smirlarda, so’ng kattalarda qayd qilinadi. “A” 
tipidagi gripp kasalligining tarqalishi avval aҳolining 20-30%, keyinchalik 50-70% 
qamrab oladi. Ayrim ҳollarda kuchli gripp infekstiyasi epidemiyasida aҳolining 
100% gripp kasalligi bilan kasallanishi kuzatiladi. Shuni aytib o’tish kerakki, er 
yuzida kuchli gripp pandemiyalari ҳar 25-30 yillar mobaynida kuzatilgan. 


83 
Eng ko’p va tez tarqalgan pandemiya 1890 yilda kuzatilgan. O’sha yillarda er 
yuzi aҳolisining 50% gripp kasalligi bilan kasallangan, 20 000 000 odam ushbu 
kasaldan o’lgan. 20 asrda odamzot 4 marta gripp pandemiyasini boshidan o’tkazgan. 
1. 1900 yil – gripp virusining (N3 N2)shtammi chaqirgan pandemiya kuzatilgan
2. 1918 yil – gripp virusining (N1 N1)shtammi chaqirgan pendemiya kuzatilgan 
(Ispanka), 20 mln o’lim qayd etilgan. 
3. 1957 yil - (N1 N2) (Osiyo) grippi. 1 mln o’lim qayd etilgan. 
4. 1968 yil - (N3 N2) (Gonkong) grippi 700 000 o’lim qayd etilgan. 
Epidemiya deb, gripp kasalligining bir davlatning bir necha ҳududlarida keng 
tarqalishiga aytiladi. Pandemiya deb, gripp kasalligining bir necha davlatlarda, 
qit’alarda qayd etilishiga aytiladi. Ҳozirgi kunda Jaҳon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
(JSST) tomonidan gripp kasalligi epidemiyasi yoki pandemiyasi ko’payishi deb 
baҳo beriladi va e’lon qilinadi. 
“A” tipdagi gripp infekstiyasida epidemiya 3 oy davom etishi mumkin, 
pandemiyada esa ushbu muddat uzoq davom etadi. Buning ababi er yuzining 
shimoliy mintaqalarida (davlatlarda) “A” tipidagi virus epidemiyasi, pandemiyasi 
oktyabr-mart oylarida kuzatilishi mumkin. Er yuzining janubiy mintaqalarida 
mavsumiylik aprel-avgust oylariga to’g‘ri keladi. 
Demak, gripp kasalligining shiddatli tarqalishi, kasallikning og‘ir kechishi 
grippning “A” viruslari antigenlarining o’zgarib turishi va mutastiyaga uchrashi
aҳoli immunitetining sustligi oqibatida ro’y beradi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling