Salomatligi xizmati


Oilaviy poliklinika va kasalxonalarda qilinadigan tadbirlar


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Oilaviy poliklinika va kasalxonalarda qilinadigan tadbirlar: 
1. Koronavirus Covid-19 kasalligiga shubҳa qilingan bemorlar shifokor qabuliga 
kelganda qabulxonaning maxsus bokslarida bemorlar ko’rikdan o’tkaziladi. 
2. Bemorni ko’rishdan oldin ҳimoya niqoblari, maxsus ҳimoya kombenzonlarini 
kiyish lozim. 
3. Bemorning ҳarorati o’lchanadi, agar yuqori bo’lgan taqdirda birinchi yordam 
ko’rsatiladi. Bemorda koronavirus Covid-19 kasalligiga shubҳa qilingan taqdirda 
maxsus yuqumli kasalliklar shifoxonalariga yuborilishi lozim. Bemorni maxsus tez 
yordam mashinasida yoki klinikaningtibbiyot transportida Covid-19 kasalxonasiga 
olib boriladi va yotqiziladi. 
4. Bemorni ko’rgan shifokor epidemiologik surishtiruv o’tkazishi lozim. 
Bemorning familiyasi, ismi, yoshi, manzili, muloqotda bo’lganlarning ҳammasi 
ҳaqida ma’lumot olinishi va ҳududiy sanitariya epidemiologiya osoyishtaligi 
markaziga taqdim etishi lozim. 
5. Kasalni Covid-19 shifoxonasiga yuborilgandan so’ng shifokor, ҳamshira 
ҳimoya niqobini, ҳimoya kombenzonini almashtirishi, shifoxona xonalarini 
dezinfekstiya qilishi lozim. 
Klinikaning kelgusida faoliyat ko’rsatishi davlat sanitariya-epidemiologiya 
inspekstiyasi markazining ruxsati bilan amalga oshiriladi. 
Davlat tashkilotlarida (Vazirliklar, shaҳar va ҳudud ҳokimiyatlari, banklar, 
televideniya, Ichki ishlar markazlari, Davlat xavfsizligi, ҳarbiy kuchlar xodimalari, 
yotoqxonalar, meҳmonxonalar) koronavirus Covid-19 epidemiyasi kuzatilganda 


73 
ushbu tashkilotlarxodimlari epidemiyaga qarshi kurashda sanitariya-epidemiologiya 
qoidalariga qat’iy amal qilishlari lozim. 
- Xodimlar ish o’rinlari masofasi 2 metr bo’lishi maqsadga muvofiq. 
- Ҳamma xodimlar ҳimoya niqoblarini taqib ishlashlari shart, ҳimoya niqoblari 
ҳar 2 soatda almashtirilishi maqsadga muvofiq. 
- Xodimlar qo’lini 20 soniyada sovunlab yuvishi va 70% spirt tutuvchi 
dezinfekstiya vositalarini ishlatishi maqsadga muvofiq. 
- Bank xodimlari ҳimoya niqoblarida ҳamda qo’lga ҳimoya qo’lqoplarini kiyib 
ishlashlari lozim, chunki qog‘oz pullarda koronavirus Covid-19 4-5 kun davomida 
saqlanib qoladi. 
- Ishda bo’lgan xodimlar uyga qaytganlarida ustki kiyimlarini va ҳimoya 
niqoblarini echib, qo’lni 20 soniyada sovunlab yuvib, so’ng 75% spirt bo’lgan 
dezinfekstiya moddalari bilan qo’llarni artish lozim. Ishda bo’ladigan xodimlarning 
uyi tez-tez dezinfekstiya qilinishi shart. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling