Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet48/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Profilaktika tadbirlari. Aҳoli o’rtasida profilaktik chora-tadbirlarni o’tkazish 
koronavirus Covid-19 kasalligining keng tarqalib ketishining oldini olishda muҳim 
axamiyat kasb etadi. 
1. Karantin e’lon qilinganda fuqarolar va ularning oila a’zolari uy sharoitida 
aloҳidalanadi, ya’ni ҳamma fuqarolar uyda qoldiriladi. 
2. Kundalik eҳtiyoji uchun oziq-ovqatlarni savdo qilish maqsadida oila 
a’zolarining bittasi uydan tashqariga chiqish ҳuquqiga ega bo’ladi. Uydan 
tashqariga chiqqan fuqaro ҳimoya niqob (maska) taqishi shart, savdo 
shaxobchalarida oraliq masofaga (2 metr) rioya qilishi shart. Uyga qaytgan fuqaro 
ҳimoya niqobini almashtirishi, qo’lini 20 soniya mobaynida sovunlab yuvishi, tashqi 
kiyim-boshini echib dezinfekstiya moddalari bilan artishi maqsadga muvofiqdir. 
3. Fuqarolar uylarini tozalash, tez-tez dezinfekstiya moddalari bilan mebellar
oshxona buyumlari, ҳojatxona, umivalniklarni kuniga 3-4 marta, tozalash 
poroshogida tozalab yuvib turish maqsadga muvofiqdir. 
4. Yoshi 60 dan oshgan fuqarolar uydan tashqariga chiqishi kat’iyan man qilinadi. 
5. Oila a’zolari vitaminga va oqsilga boy ovqatlar va ҳo’l mevalar iste’mol qilishi 
tavsiya etiladi.
6. Agar oila a’zolaridan birida isitma ko’tarilsa va shamollash alomatlari paydo 
bo’lsa tez yordam chaqirish tavsiya etiladi. Tez yordam kelguncha bemor aloҳida 
xonaga yotqiziladi va boshqa oila a’zolari ҳimoya niqoblar kiyishi tavsiya etiladi. 
Issig‘i chiqqan bemor boshqa oila a’zolaridan tez yordam xodimlari kelgunicha 
aloҳidalanishi shart. 
Tez yordam shifokorlariga tavsiya: 
1. Tez yordam shifokorlari, feldsherlar, ҳamshiralar, ҳaydovchilar isitma chiqqan 
bemor uyiga kelishdan oldin ҳimoya niqoblari, maxsus ҳimoya kombenzonlari, etik 
kiyishi va shu ҳolatda bemorning uyiga tashrif buyurishi lozim. 
2. Eng avval bemorning ҳarorati o’lchanadi va ҳarorat yuqori bo’lgan taqdirda 
birinchi yordam ko’rsatiladi. Bemorda koronavinus Covid-19 kasalligi alomati 
bo’lgan taqdirda tezlik bilan Covid-19 maxsus shifoxonaga yotqiziladi. 


72 
3. Tez yordam xodimlari bemor bilan muloqotda bo’lganlarning ismi, familiyasi, 
yoshi, manzili, kasbini ro’yxatga olib, ҳududiy sanitariya epidemiologiya 
osoyishtaligi markaziga taqdim etishi lozim. 
4. Tibbiy xizmat ko’rsatilgandan so’ng tez yordam mashinasi dezinfekstiya 
qilinishi, xodimlar esa niqoblarni va ҳimoya kombenzonlarini almashtirishi 
maqsadga muvofiq. Ҳar bir bemorni shifoxonaga olib borgan tez yordam mashinasi 
dezinfekstiya qilinadi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling