Salomatligi xizmati
Virusga qarshi preparatlar
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Virusga qarshi preparatlar
- Etiologiyasi.
Virusga qarshi preparatlar
Preparat Ta’sir mexanizmi Dori shakli Davolash sxemasi Lopinovir Lopinavir OITS-1, OITS-2 virusini ingibastiya qiladi. Tabletka Davolash: 400 mg lapinovir preparati ҳar 12 soatda 14 kun beriladi. Tabletka. Agar bemor icha olmasa suspenziya ҳolida zond orqali beriladi 76 Umifenovir Virusga qarshi preparat, koronaviruslarning lipid qatlamini eritib endotelial ҳujayralariga kirishining oldini oladi Tabletka Kapsula Davolash: 200mg 4 marta sutkada (ҳar 6 soatda 10 kun mobaynida beriladi) Ribovirin Virusga qarshi preparat, zararlangan epiteliy ҳujayralarga kirib, Covid-19 virusning replikastiyasini kamaytiradi. Virus RNK si sintezini kamaytiradi Tabletka Kapsula Davolash: 200mg 4 marta sutkada (ҳar 6 soatda) Davolash 10 kun Ilova-2 Virusga qarshi preparatlar Preparat MNN Ta’sir mexanizmi Dori shakli Davolash sxemasi 77 Rekombinant 1b beta interferon Rekombinant interferon IFNβ 1b periferik qonda mononuklear ҳujayralarning supressor faolligini oshiradi, T-killer ҳujayralarning apofitoz ta’sirini kamaytiradi. Preparat virusga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, autoallergiya immunomodulyastiya qilish xususiyatiga ega Teri ostiga yuboriladi Davolash: 0.25mg/ml (8mln ME) teri ostiga 14 kun ichida yuboriladi. Ҳammasi bo’lib 7- in’ekstiya yuboriladi Rekombinant 2-alfa interferon Preparat maҳalliy immunomodulyastiya yallig‘lanishga qarshi va virusga qarshi xususiyatga ega Suyuqlik interanazal (burunga tomiziladi) Davolash: burun kataklariga 3 tomchidan 5 marta kuniga (5 kun). Bir martalik doza – 300 mE Sutkalik doza – 15.000- 18000 mE 78 Gidroksixloroxin Bezgak kasalligida, ҳamda ichki organlarning tizimli kasalliklarida, biriktiruvchi to’qima tizimi kasalliklarida qo’llaniladi. Azitromistin antibiotiki bilan qo’llanilganda virusga qarshi samaraga ega Tabletka 400 mg 2 marta birinchi sutkada, keyin 200mg 2 maҳal 6 kun Xloroxin Bezgak kasalligida qo’llaniladi, bo’g‘imlar tizimli kasalliklarida ҳam ishlatiladi. Ta’sir mexanizmi gidroksixloroxin preparatiga o’xshab ketadi Tabletka 500mg 2 marta bir sutkada, 7 kun mobaynida beriladi GRIPP Gripp – gripper qamrab olaman ma’nosini beradi. Insoniyat grippning o’lim darajasi yuqori bo’lgan 5 ta kuchli pandemiyasini boshidan o’tkazgan. Gripp – yuqori kontagiozli o’tkir virusli respirator infekstiya bo’lib, baland isitma, kuchli intoksikastiya, nafas yo’llarining yallig‘lanishi: bronxit, traxeit belgilari bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. 79 Gripp xastaligi tez tarqaladigan epidemiya va pandemiya sifatida aҳolini keng qamrab oladigan kasallik. Gripp xastaligining epidemiyalarida aҳolining vaqtincha ishlash qobiliyatini yo’qotilishi 10-15% ni tashkil etadi, ba’zida gripp epidemiyasida vaqtincha ishlash qobiliyatining yo’qolishi 45-50% gacha etadi. Etiologiyasi. Gripp virusi Mixovirus influenza – ortomikso viruslar oilasiga mansub, tarkibida RNK bo’lib, toksik xususiyatga ega. Shu bilan birga gripp virusi aglyutinastion, enzimatik (neyro-aminidaza) xususiyatiga ega bo’lib, yuqori ҳaroratga ta’sirli, dezinfekstiya moddalariga chidamsiz bo’lib, tez nobud bo’ladi. Ushbu virus 1933 yilda Angliya virusologlari Smit, Endryus, Lendlau tomonidan kashf qilingan. Gripp virusi bilan kasallangan bemorning burun surtmasini dengiz kalamushiga yuqtirib o’sha ҳayvon o’pkasidan ajratib olingan. Ushbu virusga “A” tipidagi gripp virusi deb nom berilgan. 1940 yilda virusologlar Frensis va Medisil gripp virusining “V” tipini kashf etishdi. 1947 yilda esa virusolog Teylor gripp virusining “S” turini kashf etdi. Yakka zanjirli manfiy RNKga ega. RNK zanjiri 8 xil bo’lib, 10 xil virus oqsillarini kodlab chiqarib turadi. RNK tutuvchi gripp virusining tashqi qobig‘ida oqsil moddasi bo’lib, bu nukleoproteidlardan iborat. Uning tashqi qobig‘ida esa lipidlar (yog‘lar) mavjud. Xuddi shu lipidlar odam organizmida kuzatiladigan og‘ir zaҳarlanishni vujudga keltiradi. Virusning tashqi qobig‘ida bo’rtib chiqqan lipidlar esa odam epiteliylariga kirishini ta’minlaydi. Ushbu yog‘lar glikoproteidlar deyiladi va odam eritrostitlarini agglyutinastiya qilish qobiliyatiga ega. Gemagglyutinin gripp virusini odam, ҳayvonlar va qushlarning epitelial ҳujayralariga yopishishini ta’minlaydi. Neyroaminidaza esa epitelial ҳujayraga kirib olish va chiqishni ta’minlaydi. Gemagglyutinin va neyroaminidaza gripp virusining ko’payish davrida o’zgarib turadi va yangi gripp virusining serovorlari paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Nukleproteid (S-antigen) gripp virusini tarkibiy qismiga kiradi va u o’zgarmaydi. S-antigen (nukleproteid) gripp virusini A, V, S tiplarini farqlashda muҳim aҳamiyat kasb etadi. Gripp virusi sferik bo’lib, 80-120 nonometr o’lchoviga ega. Virusning aglyutinin va neyroaminidaza antigenlari o’zgarib turishi gripp virusining 80 podtiplarini vujudga keltiradi. Ushbu antigenlarning o’zgarishlari gripp virusining “A” tipiga xarakterlidir. Ushbu antigenlarning o’zgarishi “A” tipidagi virus chaqirgan kasalligining og‘ir o’tishi va keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Grippning epiemiyasi va pandemiyasi ushbu antigenlarning baravar o’zgarishidan kelib chiqadi. Ҳozirgi kunda 16 xil gemagglyutinin va 9 xil neyroaminidaza ma’lum. Gripp virusining “V” va “S” tiplarida gemagglyutinin va neyroaminidaza antigenlari o’zgarmaydi. Shuning uchun grippning “V” va “S” turlarida katta epidemiyalar kuzatilmaydi. Odam organizmidan ajratib olingan gripp virusining “A” tipida 3 xil ko’rinishga ega bo’lgan gemagglyutininlar aniqlandi N (N1, N2, N3) neyroaminidazani esa 2 ta podtipi aniqlangan N (N1, N2). 1957 yilgacha “A” gripp virusi odamlarda faqat A (N1, N1) serovari ajratib olingan va ushbu kombinastionli “A” virusi gripp kasalligini chaqirib kelgan. 1957 yildan 1968 yilgacha “A” tipdagi gripp kasalligining qo’zg‘atuvchisi A (N2, N2), 1968 yildan so’ng A (N3, N2) shtamlari ekanligi aniqlangan. Ҳozirgi kunlarda “A” tipdagi gripp kasalligi virusining A (N1, N1) va A (N3, N2) shtammlari chaqirishi aniqlangan. Gripp virusining “A” tipi doimiy o’zgarishda bo’ladi va mutastiyaga uchrab turadi. Ushbu “A” tipdagi virus antigenlarining biri o’zgarsa “antigen dreyfi” deyiladi, 2 ta antigen baravar o’zgarishi “antigen shifti” deyiladi. Antigenlarning o’zgarishlari “A” virus oqsil qobig‘ining o’zgarishiga sabab bo’ladi. O’zgarishlar natijasida odam immunitetining virusga bo’lgan javobi keskin kamayib boradi. Natijada gripp kasalligining og‘ir kechishi va asoratlarining vujudga kelishi kuzatiladi. Shu bilan birga “A” gripp virusining ikki xil antigenining o’zgarishi gripp epidemiyasi va pandemiyasini vujudga keltiradi. Gripp epidemiyasi va pandemiyasi tugagandan so’ng, “A” tipdagi virus vaqtincha odam organizmida sust ҳolga tushadi. Ushbu jarayonni virus reaktivastiyasi deyiladi. Shunda gripp kasalligining latent (belgisiz) yoki virus tashuvchanlikligi vujudga keladi. Gripp virusining “S” turi faqat odam organizmida ko’payadi. Ushbu gripp turi engil kasallik chaqiradi, epidemiyalar chaqirmaydi, asoratlar keltirib chiqarmaydi. 81 Gripp kasalligining A, V, S viruslari past xaroratga chidamli +4 gradusda uzoq muddatda saqlanib qoladi. +50-60 gradus ҳaroratda gripp viruslari tez nobud bo’ladi (1-5 minut). Dezinfekstiya moddalari o’sha zaҳoti virusni o’ldirish qobiliyatiga ega. Viruslarga azon, ultrabinafsha nurlar tez ta’sir qiladi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling