Sudralib yuruvchilarning tashQi va ichki tuzilishi Reja
Download 0.86 Mb.
|
1,6
Sudralib yuruvchilarning tashQi va ichki tuzilishi Reja: Tip. Xordalilar – Chordata Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki Bosh skeletlilar – Craniata Katta sinf. To’rt oyoqlilar - Tetrapoda Sinf. Sudralib yuruvchilar – Reptilia Turkum. Tangachalilar – Squamata Kenja turkum. Kaltakesaklar – Sauria (Lacertilia) Vakil. Ildam kaltakesak – Lacerta agilis L. Darsni o’tish uchun ilova qilingan ildam kaltakesak bo’lmagan taqdirda kaltakesaklarning boshqa turlaridan ham foydalanish mumkin. Kaltakesakni jonsizlantirish uchun usti mahkam yopiladigan shisha idishga tirik kaltakesakni solib, shisha idish ichiga efir yoki xloroformda qo’llangan paxta bo’lagi tashlanadi. 15-20 minut ichida shisha idishdagi kaltakesak jonsizlanadi va o’rganishga tayyor bo’ladi. Sudralib yuruvchilar qaqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning birinchi sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda qamda quruqlikda yashovchilardan farq qiladi. Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarim sharlari nisbatan katta bo’lib, kulrang miya moddasidan iborat po’stlog’i bor. Shuning uchun ham reptiliyalarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham ko’rinadi. Yer ustida harakat qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo’lingan. Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan ko’proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo’yin umurtqalarining ko’payishi va ayniqsa birinchi bo’yin umurtqasi-atlant, ikkinchi bo’yin umurtqasi-epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko’rsatib o’tish lozim. Ularning ko’pchiligida ko’krak qafasi hosil bo’lgan. Bu esa reptiliyalar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi. Sudralib yuruvchilar faqat o’pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo’lingan bronxlari bor. Ularning terisi quruq, teri bezlari bo’lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning yuragi amfibiyalarnikiga o’xshab uch kamerali bo’lsada, lekin ularning yurak bo’lmalari orasida to’siq va yurak qorinchasida chala to’siq paydo bo’lgan. Shuningdek, reptiliyalarning arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo’lingan. Sudralib yuruvchilarning ayirish organlari ham ancha takomillashgan, ularda chanoq buyragi (metanefros) rivojlangan. Amfibiyalardan farq qilib, sudralib yuruvchilarning barchasida otalanish ichki. Ular asosan pergament yoki ohak moddadan iborat, qattiq po’st bilan qoplangan yirik tuxumlarini quruqlikka qo’yadi. Tuxumda sariqlik moddasi ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham ularning rivojlanishi o’zgarishsiz boradi, ya’ni tuxumdan chiqqan bolasi voyagayetgan ota-onasiga o’xshaydi. Ayrim turlarigina suvda yoki quruqlikda tirik tug’adi. Yuksak umurtqali hayvonlardagi (qushlar va sutemizuvchilar) kabi sudralib yuruvchilarda ham embrional rivojlanishida alohida holat -murtak pardasi hosil bo’ladi. Murtak pardalarining biri-amniotik qavat nomiga qarab yuqori umurtqalilar (sudralib yuruvchilar, qushlar va sutemizuvchilar) amniotalar deb ataladi, embrional rivojlanish davrida murtak pardasini hosil qilmaydigan tuban umurtqalilar (to’garak og’izlilar, baliqlar va suvda qamda quruqlikda yashovchilar) esa anamniyalar deb ataladi. Laboratoriya mashg’ulotida o’rganish uchun tayyorlangan kaltakesakni yorib, ichki tuzilishini kuzatishdan oldin tashqi tuzilishi bilan tanishib, gavdasining bo’limlarga bo’linishiga, ya’ni bosh, bo’yin, tana, dum va oldingi hamda orqa oyoqlariga e’tibor bering. Terisini tekshirganda unga xarakterli belgilaridan bo’lgan muguz tangachalarini ko’zdan kechiring. Boshida ko’zlarini joylashishi, ularni tashqi tuzilishiga hamda burun va quloq teshiklarining joylashishiga e’tibor bering. Pinset bilan kaltakesakning og’zini ochib, tishlari, uchi ikkiga ajralgan yupqa tilini qarab o’rganing. Kaltakesak tilini pinset bilan oldingi tomonga cho’zib torting va uning tubidagi nafas teshigi-xoanalarni, hiqildoqni, orqarog’ida esa qizilo’ngach teshigini toping. Gavdasi bilan dum qismlarining chegarasida joylashgan kloaka teshigini toping. Kaltakesakning oyoqlarini ko’zdan kechiring va uning oyog’i quruqlikda yashovchi boshqa umurtqali hayvonlar oyog’i singari tuzilganligiga, barmoqlari uchida tirnoqlari borligiga e’tibor bering. Son qismining ostki tomonidagi shoxsimon bo’rtmachalarga o’rnashgan qator teshikchalarni qorin tomondan izlab toping, bu teshiklar-son teshiklaridir. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling