Sudralib yuruvchilarning tashQi va ichki tuzilishi Reja


Kaltakesakni yorish tartibi


Download 0.86 Mb.
bet3/7
Sana09.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#261858
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1,6

Kaltakesakni yorish tartibi:

1. Kaltakesakni, ichiga mum quyilgan vannachaga qornini yuqoriga qilib (chalqanchasiga) yotqizilgandan so’ng oyoqlarini nina (bulavka) bilan vanna tubiga qadang.

2. Kloaka teshigidan to engak ostigacha terisini qaychi bilan bo’yiga kesib chiqing.

3. Oldingi va orqa oyoqlarga yaqin joyda, terini ko’ndalang kesib, hosil bo’lgan teri parchalarini vanna tubiga qadang.

4. Teri qay tartibda kesilgan bo’lsa, qorinning muskul devorini ham xuddi shu tariqa bo’yiga va ko’ndalangiga kesing (kesish vaqtida ichki organlar shikastlanmasin).

5. Qorinning muskul devorini bo’yiga kesish vaqtida chanoq va yelka kamarlarini ham kesib, ikkiga ajrating.

6. Kesilgan muskul parchalarini ham teri singari vanna tubiga bulavka bilan qadang.

7. Kaltakesakning ichki organlari umumiy tuzilishi bilan tanishing va ayni bir vaqtda uning ichki bo’shliq devorini qoplab yotgan qora, pigmentlashgan qorin pardasiga e’tibor bering.

8. Ichak ostidagi organlarni ko’rish uchun ichakni sekin-asta kaltakesak yon tomoniga surib qo’ying (bu ishni bajarishda ichakni kesib yubormaslikka va ichakni ushlab turgan ichak tutgichning uzilib ketmasligiga harakat qiling).

9. Yurak oldi xaltasidan yurakni ajratish uchun xaltacha devorini pintset bilan ushlab, qaychida kesiladi.

Endi ma’lum tartibda navbatma-navbat har bir ichki organning tuzilishi bilan tanishib chiqing.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling