Sudralib yuruvchilarning tashQi va ichki tuzilishi Reja


В 16-rasm. Kaltakesakning ichki tuzilishi


Download 0.86 Mb.
bet5/7
Sana09.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#261858
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1,6

В

16-rasm. Kaltakesakning ichki tuzilishi: A - erkagi, B – urg’ochisi: 1 - yuragi, 2 - o’pkasi, 3 - jigari, 4 - traxeyasi, 5-qizilo’ngachi, 6 - qalqonsimon bezi, 7 - til osti suyagi, 8 - o’t pufagi, 9 - o’t yo’li kanali, 10 - oshqozoni, 11 - o’n ikki barmoqli ichagi, 12 - oshqozon osti bezi, 13 - yo’g’on ichagi, 14 - talog’i, 15 - urug’doni, 16 - urug’don o’simtasi, 17 - urug’ yo’li, 18 - buyragi, 19 - siydik xaltasi, 20 - tuxumdoni, 21 - tuxum yo’li.
Venoz sistemasi. Boshdagi venoz qon juft bo’yinturug’ venalariga yig’iladi. So’ngra oldingi oyoqlardan venoz qonni olib keluvchi o’mrov osti venalariga qo’shilib, bir juft oldingi kovak venasini hosil qiladi. Oldingi kovak venalar esa o’ng yurak bo’lmasiga qo’shilgan venoz sinusiga quyiladi. Tananing orqa qismidan venoz qon yurakka ikki yo’l bilan quyiladi. Orqa oyoqlaridan qon olib keluvchi venalar bir juft kalta buyrak qopqa venasini xosil qiladi. Bularning biriga dum venasi qo’shiladi. Buni venoz qon tomirlarini in’ektsiya qilgandagina ko’rish mumkin. Tananing orqa qismidan kelgan qon o’zaro qo’shilib jigarga qon olib boruvchi toq qorin venasini hosil kiluvchi chanoq yoki yonbosh venalar orqali oqadi. Qorin venasi jigarda kapillyarilarga bo’linib ketadi. Bundan tashqari, jigarga ichak va ichki organlardan chiqadigan bir qancha vena qon tomirlari qo’shilib jigar qopqa venasini hosil qiladi. Buyrak qopqa venasidan qon bir juft buyrak venalariga yig’iladida, so’ngra bu buyrak venalari qo’shilib yo’g’on orqa kovak venasini hosil qiladi. Orqa kovak vena jigar orqali o’tib (bu erda shoxchalarga bo’linmaydi) venoz sinusiga quyiladi. Jigar qopka venasidan qon qisqa jigar venasiga yig’iladi va u jigarning oldingi qirrasiga yaqin erda orqa kovak venasiga quyiladi.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling