Salomatligi xizmati


Gripp infekstiyasining gipertoksik shakli


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet57/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasining gipertoksik shakli. Gripp kasalligi gipertoksik 
kechishi kam uchraydi. Ushbu bemorlarda kataral belgilar kuzatilmaydi. Kasallik 
chaqmoqsimon (shiddatli) boshlanadi, intoksikastiya kuchli namoyon bo’ladi. 
Ushbu bemorlarda qisqa muddat ichida gemorragik, toksik o’pka shishi, 
burundan qon ketishi, bosh miyaga qon quyilishi, DVS-sindrom, o’tkir nafas-o’pka 
etishmasligi, o’tkir yurak-tomir etishmasligi, o’tkir buyrak etishmasligi, meningit, 
meningoenstefalit kuzatiladi. Bemorlarda yiringli-nekrotik laringotraxeobronxit 
shakllanadi. Ikki taraflama pnevmoniya kuzatiladi. O’lim ҳolati yuqori darajada 
saqlanib qoladi. Ushbu bemorlar yuzida kuchli giperemiya, bemor terisi qonsiz
ko’kargan (stianoz) ҳolatida bo’ladi. O’pkada quruq va xo’l xirillash, o’pka shishi, 
yurakda taxikardiya, aritmiya, yurak tonlari bo’g‘iq sistolik shovqin (infekstion 
toksik miokardit) siydiknig kamayishi (oligouriya) va to’xtashi (anuriya), meningit, 
meningoenstefalit, o’tkir buyrak usti bezi etishmasligi kuzatiladi. Gripp 
infekstiyasining gipertoksik shakli kuchli epidemiya davrlarida kuzatiladi va o’lim 
darajasi ancha yuqori bo’ladi. 
Gripp kasalligining yosh bolalarda kechishi. Gripp xastaligining yosh 
bolalarda kechishida katta bolalardan farqi kasallik og‘irroq o’tishi, asoratlarning 
tezroq namoyon bo’lishi, ҳamkor kasalliklarni qo’zg‘atishi ҳarakterli. 
Yosh bolalarda gripp kasalligi kattalardagidan quyidagiko’rsatkichlar bilan 
farqlanadi: 


90 
- kasallikning og‘ir o’tishi; 
- kataral belgilarning tezroq namoyon bo’lishi; 
- nafas yo’llarida laringit, laringotraxeit, bronxit, bronxopnevmoniya, soxta 
krupp ҳolatining tezroq namoyon bo’lishi; 
- asoratlarning ko’proq namoyon bo’lishi; 
- kasallikning uzoqroq muddatga cho’zilishi. 
Yosh bolalarda gripp xastaliklarida isitma, intoksikastiya, respirator belgilar 
uzoqroq,ya’ni 5-8 kun davom etadi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling