Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet55/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Patologik anotomiyasi. Gripp xastaligida nafas yo’llarining epiteliy 
ҳujayralari viruslar tomonidan emirilishi natijasida degenerastiya, destrukstiya, 
nekoz alomatlari shakllanadi. Jaroҳatdan saqlangan epiteliy ҳujayralarda 
proliferastiya va metoplaziya kuzatiladi. Jaroҳatlangan nafas yo’llaridagi 
tomirlarning kengayishi natijasida nekroz uchastkalar, mayda qon quyulishi 
natijasida to’qimalarning shishi yaqqol namoyon bo’ladi. Bemorlarda kataral-
deskvomatik traxeit, bronxit, bronxeolit yallig‘lanishi qayd etiladi. Bemor 
o’pkasining jaroҳatlanishida (pnevmaniya) segmentar shish, o’choqli va segmentar 
(aralash) pnevmoniya shakllanadi. Gripp kasalligida kuzatilgan pnevmoniya
asoratida, alveolalarning seroz va qon suyuqligi bilan to’lishi, ҳamda alveolalar 
atrofidagi bo’shliqlarda interstistial yallig‘lanish kuzatiladi. Gripp pnevmoniyada 
deskvomatik jarayon rivojlanadi, eksudatlarda nekrozga uchragan, qurigan 
alveolalar epiteliyalar va bakterialar (pnevmokokk, stafilokokk va boshqa 
mikroblar) yallig‘lanish jarayonini chaqiradi. 


86 
Demak, gripp pnevmoniya rivojlanishida virusli-bakterial assostiastiyasi 
kuzatiladi. (Virusli-bakterial pnevmoniya) gripp xastaligining boshqa og‘ir 
asoratlari gemorragik meningo-enstefalit, seroz meningit, bosh miyaga mayda qon 
quyilishi, qon-tomirlar degrodastiyasi, miya pardalarining yallig‘lanishi, bosh miya 
shishi kuzatiladi. Boshqa asoratlar: toksik gepatit, mikoardit, pielit, nefrit, qon-tomir 
va kapillyar buzilishi, yuqorida ko’rsatilgan organlarda distrofik, degenerativ 
jarayonlar kuzatiladi. 
Gripp kasalidan vujudga kelgan asoratlar virus-bakterial assostiastiya 
etiologiyasi ta’sirida bo’ladi ҳamda allergiya autoallergiya jarayonlari vujudga 
keladi. 
Gripp infekstiyasining klinikasi. Gripp yuqori kontagiozli, o’tkir, virusli 
respirator infekstiya bo’lib, yuqori isitma, kuchli intoksikastiya (zaҳarlanish), nafas 
yo’llarining yallig‘lanishi, bronxit, traxeit belgilari bilan kechadigan xastalikdir. 
Inkubastion davr gripp xastaligida qisqa, bir necha soatdan 2 sutkagacha davom 
etadi. Kasallik o’tkir boshlanadi, yuqori isitma, intoksikastiya (zararlanish) 
kuzatiladi. Bemorlarda xastalikning ilk davrida titrash, ҳolsizlik, darmonsizlik 
kuzatiladi. Gripp infekstiyasining klinik kechishida tipik ҳamda atipik shakllari qayd 
etiladi. Kasallikning o’tkir boshlanishi gripp infekstiyasida xarakterli klinika 
xisoblanadi. Isitmaning ko’tarilishi, intoksikastiyaning rivojlanishiga qarab gripp 
infekstiyasida engil, o’rta og‘ir va og‘ir shakllari qayd etiladi. Ushbu shakllar gripp 
xastaligining epidemik jarayonida kuzatiladi. Gripp infekstiyasining belgisiz, 
subklinik kechishi ko’pincha epidemiyaning oraliq davrida kuzatiladi. Aytarlik 
klinik belgilar kuzatilmaydi, isitma ko’tarilmaydi, respirator klinik belgilar 
bo’lmaydi. Gripp xastaligining boshlanishida yuqori isitma, intoksikastiya belgilari 
kuzatiladi. Respirator belgilar kasallikning 3-4 kunidan boshlab kuzatiladi.

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling