Salomatligi xizmati


Gripp infekstiyasida o’pkaning segmentar jaroҳatlanishi belgilari


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet60/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp infekstiyasida o’pkaning segmentar jaroҳatlanishi belgilari. Og‘ir 
bemorlarda kuzatiladi. Ushbu belgi bir necha soatda rivojlanadi (ushbu ҳolat 
pnevmoniya emas). Bemorlarda juda tez o’pka etishmasligi va bir vaqtda nafas, qon 
tomir etishmasligi kuzatiladi. O’pkaning ayrim segmentlariga seroz suyuqlik to’ladi, 
to’g‘ri va malakali davolanganda o’pka segmentlaridan yallig‘lanish yo’qoladi, 
o’pkadan suyuqlik so’riladi. 2-3 kun ichida klinik, rentgenologik tuzalish kuzatiladi. 
Gripp infekstiyasida abdominal belgilar. Bemor bolalarda ko’ngil aynish, 
qusish, qorin soҳasida og‘riq, diareya kuzatiladi, qorinda gaz yig‘iladi. Ichak 
perestaltikasi kuchayadi. Ayrim bolalarda I-II darajada disbakterioz, ҳolestistit 
belgilari kuzatiladi. 
Gripp infekstiyasining laboratoriya tashxis uslublari. Gripp infekstiyasiga 
tashxis qo’yishda maxsus (spestifik) laboratoriya uslublaridan foydalaniladi. 
Laboratoriya uslublar gripp xastaligining etiologiyasi, maxsus antigeni va 
antitelalarini aniqlashda va tuzalish mezonlarini aniqlashda muҳim aҳamiyat kasb 
etadi. 
Viruslarni ajratib olish: gripp virusini ajratib olish mumkin. Avval kasallikning 
1-3 kunlari bemorning burun va tomog‘idan surtma olinadi. Olingan surtma tovuq 
tuxumiga ekiladi. Tovuq tuxumi 10-11 kunlik bo’lib, urug‘langan tuxum embrioni 
shakllangan bo’lishi shart tuxumning aminiotik, allantoik suyuqligiga surtma ekiladi 
va 48 soat ichida o’sish kuzatiladi. Ushbu uslub virusologiya institutlarining maxsus 


93 
laboratoriyalarida olib boriladi. Ushbu uslub viruslarning tiplarini aniqlashda qo’l 
keladi. 
Immunoflyuoresstenstiya uslubi. Ushbu uslub gripp virusining burun shilliq 
qavatidagi zararlangan epiteliyalar ichidagi viruslarni aniqlashda muҳim aҳamiyat 
kasb etadi. Viruslar qobig‘ida grippning gemagglyutinini va neyroamenidaza 
antigenlarini aniqlashda immunoflyuoresstenstiya uslubi qo’llaniladi. Ushbu usulni 
qo’llashda 
flyuoresstenstiyalangan 
antitelalardan 
foydalaniladi. 
Avval 
flyuoresstenstiyalangan antitelalar surtmasini predmet shishalarga surtiladi, uning 
ustiga burundan olingan surtma surtiladi. Keyin maxsus lyuminesstent mikroskop 
orqali viruslarning bor yo’qligi aniqlanadi. Immunoflyuoresstenstiya uslubi gripp 
xastaligining 3-5 kun va bemor tuzalganidan so’ng 12-14 kunlari bajariladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling