Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
- Epidemiologiyasi.
ADENOVIRUSLI INFEKSIYa
104 Adenovirusli infekstiya – o’tkir yuqumli virusli respirator kasallik bo’lib, isitma, intoksikastiya, yuqori nafas yo’llarining jaroҳatlanishi, ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi, tomoq limfa tugunlarining kattalashishi, ichki organlarning yallig‘lanishi bilan kechadigan kasallik. Ushbu xastalik yosh bolalarda ko’proq uchraydi(25-30%). Ushbu kasallik 18 yoshgacha bo’lgan bolalarda 50-55%, kattalarda 15-20 % ҳolatda uchrashi ma’lum. Ayrim bemor bolalar ҳayoti davrida 2 marta va undan ko’proq adenovirus infekstiyasi bilan kasallanishi mumkin. Etiologiyasi. Adenoviruslar birinchi bo’lib 1953 yili bemor murtaklari yallig‘langan va adenoid bilan kasallangan bolalar surtmasidan W.Rowe, R.Hubner. L.Golmore, R.Parrot, T.Ward (AQSh) ajratib olingan. Keyinchalik shamollagan bemorlar ko’z shilliq pardalari va nafas yo’llaridan ҳam adenoviruslar ajratib olindi (Hilleman H., Wenur J., 1954). Ҳozirgi kunda 41 xil (serovar) adenoviruslar mavjud. Adenoviruslar DNK tutuvchi virus bo’lib, 70-90 nm o’lchamga ega. Tashqi muҳitga chidamli. Adenovirus 3 ta antigenlarga ega: A – antigen umumiy bo’lib (gruppaspestifik) ҳamma adenoviruslarda mavjud. V – antigen toksik xususiyatga ega, S – antigen – tipik xususiyatga ega. Adenoviruslar ҳar xil tirik ҳujayralarda ko’payish xususiyatiga ega. Boshqa respirator viruslardan farqi adenoviruslar tirik epitelial ҳujayralarning yadrosini zararlaydi. Adenoviruslar 12 soat ichida epitelial, qon ҳujayralari (limfostit, leykostit) yadrolarini jaroҳatlaydi. Adenoviruslar gemagglyutinastiya xususiyatga ega. Adenovirus antigenlari toksik xususiyatga ega bo’lib, ichki organlardagi ҳujayralarni degradastiya, nekrozga olib keladi. Epidemiologiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai bemor bo’lib, subklinik yoki inapparat shaklida kasallanganlar va virus tashuvchilardir, shu bilan birga xastalikning eng avjiga chiqqan davrida adenoviruslarni yuqtirish maksimal ravishda bo’ladi. Xastalikning eng avj olgan davrida adenoviruslar bemorlarning yuqori nafas yo’llaridan, ko’z shilliq qavatidan, burundan, og‘iz shilliq qavatidan, qondan va bemor axlatidan ajratib olinadi. 105 Epidemiologik jiҳatdan adenovirus bilan kasallangan bemorlar 2 ҳafta ichida sog‘lom kishilarga xavf tug‘diradi. Ayrim ҳolda bemorlardan adenoviruslar 3-4 ҳaftagacha chiqib turadi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling