Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Profilaktika. Gripp kasalligiga qarshi kurash va uning tarqalishining oldini 
olish profilaktikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining eng asosiy vazifalaridan biri 
bo’lib, Respublikada muҳim ijtimoiy-iqtisodiy aҳamiyatga ega.
Gripp infekstiyasini boshlang‘ich davrida aniqlash va keng tarqalishining 
oldini olish muҳim aҳamiyat kasb etadi. 
Epidemiyaga qarshi kurash borasida 3 bosqichli, quyidagi tadbirlarni o’tkazish 
maqsadga muvofiq: 
- tezkor profilaktika chora-tadbirlarini o’tkazish 
- kasallik boshlanishi davrida tez davolash choralarini o’tkazish 
- vakstinastiya (emlash). 
1. Tezkor profilaktik chora-tadbirlar o’tkazish maqsadida kasallikning ilk bor 
davrida oksalin mazini kuniga 2 maҳal bemorlar va ular bilan muloqotda bo’lgan 
kishilarning burun kataklariga surtish. 
2. Kasallikning dastlabki boshlanish davrida odam leykostitar interferonlarini 
(IFN) burun kataklariga tomizish 
3. Bemorlar va ular bilan muloqotda bo’lganlarga IFN preparati bilan 
ingalyastiya o’tkazish. Ushbu tadbirlar gripp infekstiyasi keng tarqalib ketishining 
oldini olish. Ikkinchi bosqichida gripp kasalligini erta aniqlash va davolash, 
kasallikning tez tarqab ketishining oldini olishda muҳim aҳamiyat kasb etadi. 
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun gripp qayd etilganda bemorning uyda 
qolish rejimi o’rnatilishi, uyda bemorni aloҳidalash, muloqotda bo’lganlar ҳimoya 
niqobini kiyishi. Bemor turgan xonadonlarni dezinfekstiya moddalari bilan tozalash. 
Ushbu kasallikning keng tarqalib ketishining oldini oladi. Ushbu tadbirlar 7kun 
mobaynida olib boriladi. 
Bolalar bog‘chalari, maktablarga gripp kasalligining keng tarqatmasligi 
maqsadida isitmasi chiqqan bemor bolalarni tezda izolyastiya qilish, muloqotda 
bo’lgan bolalarga ҳimoya niqoblari taqish, oksalin mazi surtmasi surtish, IFN-
interferonini burun kataklariga tomizish. 


102 
Ommaviy tadbirlarni o’tkazishni kamaytirish, kasallik yuqmasligining oldini 
olishda muҳim axamiyat kasb etadi. 
“A” tipidagi gripp virusi chaqirgan epidemiyaning oldini olishda grippga qarshi 
vakstinalar ishlatiladi. Ҳozirgi kunda 10 dan ortiq grippga qarshi vakstinalar 
mavjud. Ko’p yillik tajribalar shuni ko’rsatdiki, O’zbekistonda inflyuvak vakstinasi 
keng qo’llanilib keladi. Ushbu vakstina Solvay pharma (Gollandiya) firmasida 
chiqariladi. Ushbu vakstina tarkibida A tipdagi gripp virusining 2 ta antigeni - 
gemagglyutinin, neyroaminidaza asosida olinadi. Ushbu vakstinaning reaktogenligi 
juda kam bo’lib bolalar va kattalarda keng qo’llash mumkin. Ushbu vakstinani 6 
oydan katta bo’lgan bolalarga, ҳomilador ayollarga va keksa yoshli fuqarolarga ҳam 
qo’llasa bo’ladi. 
Undan tashqari, muloqotda bo’lgan kishilarga remantodin, amantadin, 
astiklovir, arbidol preparatlari profilaktika uchun beriladi.
Yuqorida qayd etilgan virusga qarshi preparatlarni gripp “A” xastaligining 
oldini olishda ayniqsa surunkali kasalliklari bo’lgan, immuniteti past kishilarga 
qo’llash maqsadga muvofiq. 
Ҳar yilning oktyabr-dekabr oylarida gripp infekstiyasining oldini olishda “A” 
grippga qarshi emlash o’tkazilishi maqsadga muvofiq. A grippga qarshi vakstina, 
emlangan kishilarda 10-12 oy davomida grippga qarshi immunitet paydo qiladi. 
Inflyuvak vakstinasi samaradorligi 50.0-80.0% tashkil etadi. Emlangan 
fuqarolarning ayrimlarida A gripp xastaligi engil, subklinik shaklda kechishi 
mumkin. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling