Salomatligi xizmati
Laboratoriya tekshiruvlari
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiyosiy tashxis. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi
- Infekstion mononukleoz
Laboratoriya tekshiruvlari. Adenovirus infekstiyasini aniqlash borasida bir-
necha serologik uslublardan foydalaniladi. Adenovirus infekstiyasi viruslarining maxsus antigenlarini aniqlash borasida flyuoresstent antitelolari orqali ekspress-tashxis qo’llaniladi. Ushbu uslub yordamida adenoviruslarning tipik antigenlari burun suyuqligi va og‘iz bo’shlig‘idan olingan surtmada aniqlanadi. Maxsus adenovirus antitelalarini bemor qonida komplementlarni bog‘lash uslubi (RSK) orqali ҳam amalga oshiriladi. Adenovirus infekstiyasini aniqlash borasida passiv gemmagglyutinastiya reakstiyasi (RPGA) ishlatiladi. Ushbu uslub orqali bemorlar qonida adenovirus antitelalari aniqlanadi. Maxsus antitela kasallik davomida 2-4 marta ko’payishi inobatga olinadi. Adenovirus infekstiyasida kuzatiladigan og‘ir asoratlarni tashxis qo’yish maqsadida rengenologik tekshiruv, kompyuter tomografiyasi, elektrokardiografiya (EKG) uslublaridan foydalaniladi. Qo’shimcha tekshiruvlar: Umumiy qon, siydik, axlat analizlari, bemorlarni kasalxonaga tushgan kunlari va kasallikning kechishiga qarab 2-3 marta bajariladi va taҳlil qilinadi. Bemorlar immunitetini aniqlash uchun Immunogramma tekshiruvi o’tkaziladi. Qiyosiy tashxis. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi: Koronavirus Covid-19 infekstiyasi yuqori kontagiozli juda tez tarqalishi xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilar bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmaniya asoratlarini tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega. Adenovirus infekstiyasining o’z vaqtida tashxis qo’yilishi va to’g‘ri davolash maqsadida o’tkir respirator virusli infekstiyalar (O’RVI), mikoplazma infekstiyasi, infekstion mononukleoz kasalliklari bilan taqqoslash maqsadga muvofiqdir. 114 1. Gripp va boshqa o’tkir virusli respirator kasalliklar bilan qiyosiy tashxis o’tkaziladi. Adenovirus infekstiyasi gripp va boshqa O’VRI dan farqi kasallik sekin- asta boshlanadi. Isitma davomiyligi 2-4 ҳafta, ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi, limfa tugunlarningkattalashuvi, mezoadenit, ich ketishi bilan farq qiladi. Bemorlarda jigar va taloq kattalashadi. 2. Infekstion mononukleoz. Infekstion mononukleoz kasalligida bo’yin, quloq orqasi va jag‘ tagi limfa tugunlarining kattalashganligi, og‘iz bo’shlig‘idagi murtaklarning yallig‘lanishi, respirator belgilarning bo’lmasligi, ammo burundan nafas olishning qiyinlashuvi, limfa tugunlarining kattalashuvi natijasida ro’y beradi. Infekstion mononukleozxastaligida isitma ko’pincha subfebril ravishda kuzatiladi. Bemorlarda jigar kattalashadi. Qorataloq esa jigarga nisbatan ko’proq kattalashadi. Qonda esa limostitoz, leykostitoz, monostitoz, monostitlarning atipik turlarining ko’payishi kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi oshishi xarakterli. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling