Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet77/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

PARAGRIPP INFEKSIYaSI 
Paragripp infekstiyasi o’tkir respirator virusli infekstiya bo’lib, yuqori nafas 
yo’llarining yallig‘lanishi, isitma va intoksikastiya belgilari bilan kechadigan 
kasallikdir. Paragripp infekstiya o’tkir respirator virusli infekstiya (O’RVI) ichida 
10-30% tashkil etadi. 
Etiologiyasi. Paragripp virusi gemadsorbik xususiyatga ega virus 
Myxovirusws parointluen rae deb ataladi. Ushbu virus 1956 yili virusolog Chenok 
tomonidan kashf etilgan. Paragripp virusi yumaloq, oval shaklda bo’lib, 150-250 
n/m o’lchovga ega, ayrim ҳolda viruslar gantel shaklida bo’ladi. Paragripp virusi 
RNK tutuvchi bo’lib, odam, tovuq eritrostitlarini agglyutinastiya qilish xususiyatiga 
ega. Undan tashqari virus dengiz cho’chqasi, uy ҳayvonlari eritrostitlarini ҳam 
agglyutinastiya qilish xususiyatiga ega.
Paragripp virusi uy va yovvoyi ҳayvonlarda, parrandalarda kasallik 
chaqirmaydi. Ammo ushbu ҳayvonlar organizmida uzoq muddat saqlanadi. Tashqi 
muҳitga chidamsiz. Ҳozirgi kunda 4 xil serologik turlari mavjud. Viruslar +4
0
S +8
0

da uzoq muddat saqlanib turadi. +55
0
S +70
0
S da tez nobud bo’ladi. 
Paragripp viruslari epiteliatrop xususiyatga ega bo’lib, ҳujayra ichiga kirish 
qobiliyatiga ega, og‘iz bo’shlig‘i, burun kataklari, ҳiqildoq, ovoz boylamlari
traxeya va bronx epitelial ҳujayralarini jaroҳatlaydi va o’sha joyda ko’payadi. 
Yuqori nafas yo’llarida yallig‘lanish ҳolatini keltirib chiqaradi. Yuqori nafas yo’llari 
epitelial ҳujayralarida destruktiv, nekrotik jarayonni vujudga keltiradi. Viruslar 
intensiv ko’paya borib, maxsus virus lipidlari bemorlarda intoksikastiya ҳolatini 
keltirib chiqaradi. Jaroҳatlangan epiteliylarning tagidagi qon-tomirlar, kapillyarlar 
devorlari jaroҳatlanadi. Nafas yo’llaridagi bakteriyalar (stafilokokk, streptokokk, 
pnevmokokk) faolligi oshib ketadi. Kasallikda virus va bakterial jaroҳatlanish 
kuzatiladi. 


119 
Paragripp viruslari quruq ҳavoda, yuqori ҳaroratda +55
0
S – 70
0
S tez nobud 
bo’ladi. Paragripp viruslari tashqi muҳitga chidamsiz.

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling