Salomatligi xizmati


Rinovirus infekstiyasining klinikasi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet85/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Rinovirus infekstiyasining klinikasi. Rinovirus infekstiyasida inkubastion 
davr 1 kundan 3 kungacha davom etadi. Ayrim ҳolda 6 kungacha cho’zilishi 
mumkin. Kasallik o’tkir boshlanadi. Xastalikning birinchi kunidan boshlab aksirish, 
yo’talish alomatlari paydo bo’ladi. Rinovirus infekstiyasiga xos bo’lgan klinik 
ko’rinish burundan intensiv suvsimon suyuqlik to’xtamasdan chiqib turadi. 
Keyinchalik 
burundan 
oqayotgan 
suyuqlik 
shilimshiq(seroz), 
bakterial 
mikrofloralar qo’shilganda seroz-yiringlik ҳolatda bo’ladi. Bemorlar burun kataklari 
qizargan, shishgan, nafas olishi qiyinlashgan ҳolatda bo’ladi. Burundagi ҳid bilish 
qobiliyati pasayadi yoki yo’qoladi. 
Ko’z shilliq qavatida tomirlar in’ekstiyasi, qizarish (kon’yunktivit) kuzatiladi, 
ko’z va qovoqlar shishadi. 
Bemor badani oqaradi, yuzi qizaradi, toshmalar bo’lmaydi. Tomoq qizaradi, 
yallig‘lanadi, murtaklar qizaradi, biroz shishadi. 
Bemor pulsi bir oz tezlashadi, arterial bosim o’zgarmaydi. Yurak tonlari 
bo’g‘iq, sistolik shovqin eshitilmaydi. 
O’pkada dag‘al nafas eshitiladi. Og‘ir bemorlarda sistolik shovqin eshitiladi. 
Bemorlarning oshqozon ichak traktida aytarlik o’zgarishlar bo’lmaydi. Ayrim 
bemorlarda ishtaҳaning pasayishi, til karashligi kuzatiladi. Bemorlarda qabziyat 
kuzatiladi. Bemor buyraklarida o’zgarish kuzatilmaydi. Rinovirus infekstiyasida 
isitma ko’tarilmaydi. Ammo, bemorlarda asoratlar shakllansa, isitma ko’tarilishi 
mumkin. 
Markaziy asab tizimida aytarli o’zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo intoksikastiya 
alomatlari kuzatilishi mumkin. Rinovirus infekstiyasida asoratlar kuzatilsa, bosh 
og‘rig‘i, charchoqlik, ҳolsizlik, ishtaҳaning pasayishi, bel va oyoqlarda
bo’g‘imlarda og‘riq paydo bo’ladi. Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan 
bemorlarda isitma chiqsa (37
0
S – 37.8
0
S) asoratlar borligidan dalolat beradi. 
Kasallik 6-7 kun davom etadi. Asoratlar kuzatilganda kasallik 8-9 kungacha davom 
etishi mumkin. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling