Salomatligi xizmati


Rinovirus infekstiyasining o’rta og‘ir shaklida davolash tartibi


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Rinovirus infekstiyasining o’rta og‘ir shaklida davolash tartibi. 
Bemorlar ko’p suyuqlik ichishi maqsadga muvofiq (mineral suv, soklar, meva 
sharbatlari, namatak damlamasi, limon, malina, smorodina qaynatmalari). 
Vitaminga boy suyuq ovqatlar: sholg‘om sho’rva, tovuq qaynatmasi, bulonlar 
iste’mol qilish maqsadga muvofiq. Bemorlarga simptomatik dori-darmonlar tavsiya 
etiladi. 
Antigrippin 1 tab x 3 maҳal 3-5 kun. 
Askorutin 1 tab x 3 maҳal 5 kun. 
Aievit 1 dr x 1 maҳal 10 kun. 
Septolet, imudon tabletkalarini 1 tab x 3 maҳal 5 kun shimish tavsiya etiladi. 
Bemorlarda allergiya alomatlari kuzatilsa, Diazolin, Zodak, Anallergin 
tabletkalarini 1-2 maҳal 5 kun mobaynida ichish tavsiya qilinadi.
Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarga virusga qarshi preparatlar 
tavsiya qilinadi. Astiklovir (200, 400) 1 tabletkadan 3 maҳal 5 kun. 


134 
Aflubin 15-20 tomchidan 2 maҳal 5 kun. 
Ushbu preparatlar rinoviruslarning o’sish qobiliyatini pasaytiradi, yallig‘lanish 
jarayonining oldini oladi, bemor immunitetini ko’taradi. Og‘ir va asoratli kechgan 
rinovirusli infekstiya bilan kasallangan bemorlar kasalxonalarda davolanadi. 
Virusli-bakterial assostiastiyasi asoratlarni keltirib chiqarishini inobatga olgan 
ҳolda bemorlarga antibiotiklar qo’llaniladi (steftriakson, stefotoksin, stefod, rostefin 
PEO, penistillin guruҳiga mansub antibiotiklar). 
Qiyosiy tashxisot. 
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi:Koronavirus Covid-19 infekstiyasi 
yuqori kontagiozli juda tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, baland isitma, tumov 
belgilari bilan kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi 
o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, nafas yo’llarida: yo’tal, aksirish, burun 
va og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda 
maza bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi 
katta va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmoniya 
asoratlarining tez va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik 
aҳamiyatga ega. 
Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarning qiyosiy tashxisi muҳim 
aҳamiyat kasb etadi. Ushbu infekstiyani allergik tumov, paragripp, adenovirusli 
infekstiya, gripp kasalliklari bilan qiyosiy tashxis qilinishi maqsadga muvofiq. 
Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgi tumov, yo’tal, ҳid bilish 
qobiliyatining pasayishi xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Isitma, 
intoksikastiya deyarli kuzatilmaydi. 
Allergik tumov rinovirusli infekstiya klinikasiga juda o’xshash. Allergik 
tumov mavsumiy kasallik bo’lib, asosan turli allergenlar ta’sirida sodir bo’ladi. 
Ko’pincha baҳor gullari, terak guli (pux), parrandalar,uy va yovvoyi ҳayvonlar 
yungi va ҳokazo. 
Allergik tumov xastaligida isitma, intoksikastiya belgilari kuzatilmaydi. 
Bemorlarda uzoq muddatga aksirish, burun qichishi, burun ҳid bilish qobiliyatining 


135 
yo’qolishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Mavsum o’tishi va allergik omillar 
yo’qolishi natijasida allergik tumov alomatlari yo’qoladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling