Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adenovirus infekstiyasi.
- Profilaktikasi.
Gripp va paragripp xastaligida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas yo’lining
yallig‘lanishi alomatlari birinchi kundan namoyon bo’ladi. Gripp va paragripp infekstiyalarida laringit, bronxit, traxeit, glassit, pnevmoniya alomatlari kuzatiladi. Ushbu kasalliklar tez tarqaladi, epidemiya shaklida vujudga keladi. Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin-asta boshlanadi, intoksikastiya belgilari kundan-kun ko’paya boradi. Isitma kasallikning birinchi kunlari 37,0 0 S – 37,8 0 S ko’tariladi. Bemorlarda ko’z shilliq pardasi yallig‘lanadi (kon’yunktivit, keratokon’yunktivit), limfa tugunlarning yallig‘lanishi, nafas yo’lida yallig‘lanish (traxeit, bronxit, bronxiolit, pnevmoniya) oshqozon ichak traktining jaroҳatlanishi, diareya, limfa tugunlarining yallig‘lanishi (mezadenit) jigar va taloqning kattalashishi kuzatiladi. Kasallik 12-17 kun davom etadi. Qiyosiy tashxisda rinovirus infekstiyasini respirator-sinstitial infekstiyasi, reovirus infekstiyasi ESNO (tip 10) bilan taqqoslash lozim. Profilaktikasi. Rinovirus infekstiyasining profilaktikasi boshqa respirator virusli infekstiyalardan farq qilmaydi. Bemorlar uyda davolanadi va aloҳidalanadi. Uyda bemorlar aloҳida xonada yotadi. Bemor yotgan xona kuniga 2-3 marta dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi. Bemorlarning oila a’zolari gigienik ҳimoya vositalarini (niqoblar) taqishi shart. Bemorga aloҳida idish-tovoq, bir marta ishlatiladigan gigienik selfetkalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bolalar muassasalari va maktablarda bemorlar qayd qilinganida bemorlar aloҳida izolyatorlarga olib kiriladi va oilaviy shifokorga, ҳududiy sanitariya- epidemiologiya markazlariga xabar beriladi. Bolalar bog‘chalarida, maktab sinflarida bemor kirgan xonalar dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi. Bog‘cha tarbiyachilari, sog‘lom bolalar va maktab o’quvchilari qo’llari sovunlab yuvilib, dezinfekstiya moddalari bilan artiladi. Bemorlar uy sharoitida 7 kun mobaynida aloҳidalanadi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling