Salomatligi xizmati
RS – infekstiyasining klinikasi
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
RS – infekstiyasining klinikasi. Inkubastion davr 3 kundan 7 kungacha davom
etadi, o’rtacha 5 kun.Kasallik sekin-asta boshlanadi. RS – infekstiyasida bir vaqtning o’zida yuqori nafas yo’llari va quyi nafas yo’llari jaroҳatlanadi. Bemor bolalarda tumov alomati kuzatiladi, burundan avval seroz suyuqlik, keyinchalik seroz- shilimshiq suyuqlik chiqa boshlaydi. Bemorlarda yo’tal, tovush bo’g‘ilishi, nafas olishning biroz qiyinlashishi kuzatiladi. Krupp ҳolati kuzatilmaydi. Bemorlarda ҳolsizlik, darmonsizlik, ishtaҳaning pasayishi kuzatiladi. Bemorlarda isitma normal yoki subfebril bo’ladi. Ayrim bemorlarda asoratlar kuzatilsa, isitma 38 0 S gacha ko’tarilishi mumkin. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda quyi nafas yo’llarining yallig‘lanishi 30% - 70% ҳolatda shakllanadi. Ushbu bolalarda ikki taraflama bronxit, bronxeolit, pnevmoniya qayd etiladi. Bir yoshdan katta bolalarda esa quyi nafas yo’lining yallig‘lanishi kamroq bo’ladi. Chaqaloqlarda va 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda bronxiolit og‘ir o’tadi. Bolalar nafas olishi qiyinlashadi. Ayniqsa, nafas chiqarishda bola bezovta bo’ladi. Bemor bolalarda, ayniqsa kechasi astma belgisi kuzatiladi. Bemor bolalarning yuzi qizargan, burun kataklarida shish (otek), burun va lab soҳalari ko’kargan. Og‘iz bo’shlig‘ida qizarish, shish alomatlari kuzatiladi. Og‘ir bemor bolalar terisi marmar ko’rinishida bo’ladi. Jag‘ osti, bo’yin limfa tugunlari 139 biroz shishgan. Bola pulsi tezlashgan, yurak tonlari bo’g‘iq, og‘ir bemor bolalarda sistolik shovqin eshitiladi. O’pkada auskultativ tekshiruvda ҳo’l xirillash, abstrukstiya alomatlari kuzatiladi. Bolalarda emfizema ҳolati qayd etiladi. Oshqozon ichak traktida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Bemor bolalarda ishtaҳa pasayishi, yo’talganda qusish qayd etiladi. Jigar va qora taloq kattalashmaydi. Xazm qilishning pasayishi natijasida ichaklarda ҳavo ko’payadi. Bemor bolalarda buyrak faoliyati buzilmaydi, RS – infekstiyasi og‘ir va asoratli kechganda siydik kamayishi mumkin. RS – infekstiyasining davomiyligi 3-6 kun. Shundan so’ng klinik belgilar yo’qoladi yoki kamayadi. Rentgenologik tekshiruvda bronxit, bronxeolit, pnevmoniya ҳolati aniqlanadi. Pnevmoniya kichik o’choqli, segmentar, bronx-o’pka yallig‘lanishi ҳolatida kechadi. Pnevmoniya RS – infekstiyasida 25% - 30% bolalarda kuzatiladi. Markaziy asab tizimida kuchsiz intoksikastiya: ҳolsizlik, darmonsizlik. Ishtaҳaning pasayishi, kattalarda bosh og‘riq, bosh aylanish kuzatiladi. Meningeal belgilar kuzatilmaydi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling