Salomatligi xizmati
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikning yuqish yo’li.
- Kasallikka bo’lgan moyillik.
- Patogenezi.
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: Kasallik manbai RS – infekstiyasi
bilan kasallangan bemor va virus tashuvchi ҳisoblanadi. Bemorlar kasallikning birinchi kunidan boshlab katta miqdorda RS-viruslarini tashqi muҳitga chiqarib turadi. Bemorlar aksirganda va yo’talganda viruslar tashqi muҳitga chiqa boshlaydi. RS-viruslari ҳavo-tomchi ҳolatda, ya’ni burun suyuqligi, og‘izdan tufuk ҳolatida, suyuqlik viruslar aralashmasi ҳolatida tashqi muҳitga chiqadi. 137 Kasallikning yuqish yo’li. RS – infekstiyasi sog‘lom odamlarga ҳavo-tomchi yo’li orqali yuqadi. Bemorlar kasallikning og‘irligiga qaramasdan atrofdagilar uchun xavf tug‘diradi. Shuni ta’kidlash kerakki, kasallikni yuqtirishda virus tashuvchilar ҳam muҳim rol o’ynaydi. Bemorlar kasallikning 5-7 kunlari mobaynida viruslarni tashqi muҳitga chiqarib turadi. Kasallikka bo’lgan moyillik. RS – infekstiyasiga bo’lgan moyillik yuqori. Ayniqsa chaqaloqlar va yosh bolalar RS – infekstiyasiga 100% moyil. Ushbu infekstiya bilan bolalar 3-4 yoshgacha kasallanadi. To’rt yoshdan katta bolalar RS – infekstiya bilan kamdan-kam kasallanadi. Kattalarda esa RS – infekstiyasi subklinik, inapparat shaklda kechadi. Ushbu infekstiya mavsumiylikka ega. RS – infekstiyasi kuz, qish va baҳor oylarida qayd etiladi. Kasallikni boshidan o’tkazgan bemorlarda RS – infekstiyasiga qarshi immunitet shakllanadi va ushbu immunitet 1-2 yil saqlanadi. Patogenezi. RS – infekstiyasining patogenezida quyidagi bosqichlar qayd etiladi. 1. RS – infekstiyasi virusining epitelial ҳujayralarga kirishi. 2. Nafas yo’llaridagi epiteliy ҳujayralarning RS – virusi ta’sirida emirilishi (destrukstiya, deskvomastiya, nekrotik emirilish) 3. Virusemiya, toksenemiya 4. Virus bakterial assostiastiyasi oqibatida o’pka jaroҳatlanishi (asoratlar shakllanishi) 5. RS – infekstiyaga qarshi antitelolar chiqishi. RS – infekstiyasini qo’zg‘atuvchi rinoviruslar burun kataklari va og‘iz bo’shlig‘idan epiteliy ҳujayralar ichiga kirib olish xususiyatiga ega. RS – infekstiyasi virusi tashqi qobig‘idan lipidlar va antigenlar yordamida epidelial ҳujayralarga kiradi. Tarkibida RNK tutuvchi virus epiteliy ҳujayralar ichida informastion RNKga aylanib ko’paya boradi. Natijada epiteliy ҳujayralarida destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayon sodir bo’ladi. Intensiv ravishda ko’paygan viruslar bir-biriga yopishgan ҳolatda bo’ladi (sinstitial yopishish). Yallig‘lanish 138 jarayoni jaroҳatlangan epiteliylar osti to’qimasiga o’tadi, qon tomirlar jaroҳatlanadi. To’qimalarda shish (otek), seroz suyuqlik chiqa boshlaydi. Patogenezning keyingi bosqichida virusemiya, toksonomiya ҳolati vujudga keladi. Emirilgan epiteliy ҳujayrasi toksik xususiyatga ega. Patogenezning keyingi bosqichida burun kataklari va nafas yo’llaridagi jaroҳatlangan epiteliylar osti to’qimaga bakteriyalar va viruslar kirib olish qobiliyatiga ega. Ayniqsa chaqaloqlar va yosh bolalar bronxlarida bronxiolalarda va o’pkada virus-bakterial jaroҳatlanish kuzatiladi. Bemorlarda virus-bakterial jaroҳatlanishi natijasida, ayniqsa bemor bolalarda asoratlar shakllanadi (bronxit, bronxiolit, pnevmoniya, nefrit va ҳ.k.). Kasallikning 5-7 kunlari bemor bolalarda RS-infekstiyasiga qarshi maxsus antitelolar chiqadi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling