Laboratoriya tekshiruvlari. Umumiy qon taҳlili: periferik qonda
normastitoz yoki sust leykostitoz, neytrofilez, eritrostitlar cho’kish tezligining
oshishi (SOE) kuzatiladi.
ESNO-10t infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishida periferik qonda
o’zgarishlar kuchli namoyon bo’ladi (leykostitoz, neytrofilez monostitoz,
eozinofilez, SOEning oshishi).
Umumiy peshob analizi: ESNO-10t infekstiyasida siydik analizida aytarlik
o’zgarishlar kuzatilmaydi. Bemorlarda tez-tez ich ketishi kuzatilganda siydik
tarkibida oqsil paydo bo’ladi. Yassi epiteliylar soni oshadi, leykostitlar soni ҳam
oshadi. Bemor axlatida o’zgarishlar kuzatiladi. Axlatda leykostitlar oshadi,
eritrostitlar paydo bo’ladi.
Serologik uslublar: ESNO-10t infekstiyasini tasdiqlash maqsadida serologik
uslublardan foydalaniladi. ESNO-10t infekstiyasiga qarshi antitelolarni aniqlash
maqsadida serologik uslublardan foydalaniladi.
1. Komplement bog‘lash uslubi (RSK)
2. Passiv gemagglyutinastiya uslubi (RPGA).
Komplement bog‘lovchi serologik usulni bajarish uchun maxsus antigenlar
yoki antitelolar va komplement ishlatiladi.
RPGA bajarish uchun eritrostitar ESNO-10t antigen diagnostikumi ishlatiladi.
Bemor qonida maxsus ESNO-10t virusiga qarshi antitelolar aniqlanadi va ushbu
antitelolar titri 2-4 marta oshishi xastalik borligidan darak beradi.
ESNO-10t virusini burun kataklaridan, og‘iz bo’shlig‘idan va bemor axlatidan
aniqlash maqsadida immunoflyuoresstent uslubidan foydalaniladi. Ushbu uslub
ekspress uslub ҳisoblanadi.
Ushbu uslubni bajarish uchun flyuoresstent ESNO-10t antitelolaridan
foydalaniladi, ҳamda flyurosstent mikroskoplar qo’llaniladi.
Agar surtmalarda ESNO-10t viruslari mavjud bo’lsa, flyurosstent
mikroskoplarda yorug‘lik paydo bo’ladi va sinama musbat ҳisoblanadi.
148
Do'stlaringiz bilan baham: |