Salomatligi xizmati


REOVIRUS INFEKSIYaSI (ESNO – 10t)


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

REOVIRUS INFEKSIYaSI (ESNO – 10t) 
Reovirus infekstiyasi (ESNO – 10t) o’tkir respirator virusli infekstiyalar 
guruҳiga mansub bo’lib, yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi, intoksikastiya, 
kuchli bo’lmagan isitma kabi klinik belgilar bilan kechadigan kasallik. 
Etiologiyasi. Reovirus ESNO-10t. 1959 yilda virusolog Seybin tomonidan 
kashf etilgan. Reovirus ESNO-10t juda kichik o’lchamga ega (70-80 nm). Tarkibida 
RNK (ribonuklein kislotasi) tutadi. Tashqi qobig‘ida lipid va gemagglyutinin 
antigeniga ega. viruslar tashqi muҳitga ancha chidamli, past ҳaroratda, 
namgarchilikda uzoq muddat saqlanib turadi (8-10 kun). Yuqori ҳaroratda (60
0
va 
undan yuqori) tez nobud bo’ladi. Dezinfekstiya moddalariga (1% xloramin, xlor 


144 
ishqori) chidamsiz. Ҳozirgi kunda reovirus ESNO-10t 3 ta antigen tiplari mavjud. 
ESNO-10t virusi epiteliotrop xarakterga ega bo’lib, yuqori nafas yo’llaridagi 
epitelial ҳujayralarni jaroҳatlash xususiyatiga ega. Epiteliy ҳujayralariga kirishni 
ta’minlaydigan omil viruslarning tashqi qobig‘idagi lipidlar, ҳamda 
gemagglyutinastiya qobiliyatiga ega antigenlar ҳisoblanadi. ESNO-10t virusi 
epiteliy ҳujayralarining stitoplazmasi, endoplazmatik to’ri, metoxondriyalarini 
jaroҳatlaydi. 
Virus RNK si epiteliy ҳujayralar yadrosining o’z tarkibiy qismlarini ishlab 
chiqarishini vujudga keltiradi. Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralari keyinchalik 
destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayonlarni keltirib chiqaradi. 
Epidemiologiyasi. Reovirus ESNO-10t infekstiyasi bemorlar va virus 
tashuvchilardan sog‘lom odamga ҳavo-tomchi va fekal-oral yo’li bilan yuqadi. 
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: ESNO-10t infekstiyasi bilan kasallangan 
bemorlar va virus tashuvchilar ҳisoblanadi. Bemor yo’talganda, aksirganda burun 
suyuqligi, so’lak tarkibidagi viruslarni tashqi muҳitga chiqaradi.
ESNO-10t virusi bemor axlatida ҳam uchraydi. Shu tufayli kasallik iflos ko’llar 
orqali sog‘lomlarga yuqishi mumkin. Bemorlar aksirganda va yo’talganda chiqqan 
viruslar 1-2 metr masofada bo’lgan sog‘lom odamlarga yuqishi mumkin. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling