Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Davolash. ESNO-10t infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uy sharoitida
davolanadi. Xastalik og‘ir va asoratli kechgan taqdirda bemorlar shifoxonalarda davolanadi. ESNO-10t infekstiyasi subklinik va engil kechganda davolash maqsadida maxsus dori-darmonlar qo’llash shart emas. Bemorlarga ko’p suyuqlik ichish, vitaminga boy suyuq ovqatlar berish maqsadga muvofiq. Engil kechayotgan bemorlarda tumov alomatlari va yo’tal, aksirish kuzatilsa virusga qarshi preparatlar qo’llaniladi. Virusga qarshi preparatlar: astiklovir, aflubin bemor vazniga, yoshiga qarab 2- 3 maҳal 5 kun mobaynida beriladi. Bemorlarga kompleks vitaminlar (polivitaminlar) vitrum, pikovit, komplevit, revit, undevit, geksavit 10-15 kun mobaynida beriladi. Bemorlar burnidan suvli-seroz suyuqlik oqa boshlasa, burun bitishi kuzatilsa burun kataklariga oksalin mazi 2 maҳal 4-5 kun surtiladi. Bemorlarning burun kataklariga naftizin, nazaferon, rinozalin, glazolin, protargol tomchilari 1-2 tomchidan 2-3 maҳal 3-5 kun mobaynida tomizish maqsadga muvofiq. ESNO-10t infekstiyasi o’rta og‘ir kechganda ko’p suyuqlik ichish tavsiya qilinadi (mineral suv, namatak dimlamasi, limonli choy va boshqa suyuqliklar). Vitaminga boy suyuq ovqatlar, tovuq go’shtli qaynatma, bulonlar, mol go’shtli qaynatma, sholg‘om qo’shilgan suyuq sho’rvalar tavsiya qilinadi. O’rta og‘irlikda kechgan bemorlarga etiotrop, simptomatik dori-darmonlar isitma ko’rsatkichi, intoksikastiya belgilariga qarab tavsiya qilinadi. Bemorlarga virusga qarshi preparatlar astiklovir, aflubin preparatlari yoshiga, vazniga qarab 2- 3 maҳal 5 kun mobaynida beriladi. Bemorlarga antigrippin 1 tab x 3 maҳal 3 kun, askorutin 1 tab x 3 maҳal 5 kun, imudon (septolet) 1 tab x 3 maҳal 5 kun til tagiga shimiladi. Bemorlarda allergik alomatlar kuzatilsa, diazolin, zodak, fenistil preparatlar kuniga 2 maҳal 3-5 kun bemor vazniga va yoshiga qarab beriladi. Bemor burni bitib qolganda, tumov alomati kuzatilsa, burun kataklariga nazaferon, nazifin, glazolin, rinazolin preparatlarni kuniga 2-3 marta 2 tomchidan beriladi. 149 ESNO-10t infekstiyasi asoratli kechganda antibiotiklar qo’llaniladi. Asoratlarning oldini olish maqsadida keng ko’lamda qo’llaniladigan antibiotiklar (steftriakson, stefotoksin, stefod, rostefin PEO, penistillin guruҳiga mansub antibiotiklar va boshqa antibiotiklar) beriladi. Bemorlarda ich ketish alomati kuzatilsa, regidron, ORSA, smekta, furazolidon, erstefuril, stop-diar, lakto “G” va boshqa preparatlar beriladi. Suv, tuz etishmasligida ringer 200,0, astesol 200,0, disol 200,0, reosorbilat 200,0 suyuqliklari tomir ichiga yuboriladi. Bemorlarda ko’z shilliq pardasi yallig‘lansa, ko’z tomchilari tomiziladi. ESNO-10t infekstiyasi og‘ir va asoratli kechsa bemorlar shifoxonalarda davolanishi maqsadga muvofiq. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling