Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Epidemiologiyasi. Rinovirus infekstiyasi o’tkir respirator virusli infekstiyalar 
guruҳiga mansub bo’lib, epidemiologik jiҳatdan boshqa O’RVIdan farq qilmaydi. 
Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: Rinovirus infekstiyasida kasallik 
manbai bemor yoki virus tashuvchi ҳisoblanadi. Rinoviruslar kasallikning birinchi 
kunidan boshlab tashqi muҳitga chiqa boshlaydi. Bemor aksirganda, yo’talganda 
tashqi muҳitga ko’plab rinoviruslarni chiqarib turadi. Bemor organizmidan viruslar 
5-7 kun mobaynida chiqib turadi, shuning uchun kasallik tarqatish bo’yicha 
epidemiologik xavf tug‘diradi. 
Yuqish yo’li. Bemorlardan sog‘lom odamga rinoviruslar ҳavo-tomchi yo’li 
bilan yuqadi. Rinoviruslar bemor yo’talganda, aksirganda ko’p miqdorda tashqi 
muҳitga ҳavo-tomchi yo’li bilan chiqadi. Yuqish masofasi 1-3 metr. Chiqqan 
viruslar 1-3 metr masofada bo’lgan sog‘lom kishilarga yuqishi mumkin. Shuni 
ta’kidlash kerakki, ayrim ҳolda rinoviruslar virus tashuvchilardan ҳam sog‘lom 
odamlarga yuqishi mumkin, lekin muҳim epidemiologik aҳamiyat kasb etmaydi. 
Rinovirus infekstiyasi 80% - 85% kattalarda, 15% - 20% bolalarda kuzatiladi. 
Ushbu infekstiya mavsumiylikka ega. Kasallik ko’pincha kuz, qish va baҳor 
oylarida ko’payadi. Yoz oylarida kasallik keskin kamayadi. 
Kasallikka bo’lgan moyillik. Rinovirus infekstiyasi bilan barcha yoshdagi 
kishilar kasallanishi mumkin. Kasallikni boshidan o’tkazgan kishilarda immunitet, 
ya’ni maxsus antitelolar 3-4 oy mobaynida saqlanib turadi. Shu tufayli 1 yilda 
sog‘ayib ketgan kishilar 3-4 marta qayta kasallanishi mumkin. 
Surunkali bronx, o’pka kasalliklari bo’lganlarda rinovirus infekstiyasi tez-tez 
kuzatiladi. Sog‘lom kishilarning burun kataklari va og‘iz bo’shlig‘ida rinoviruslar 
uzoqroq saqlanib qoladi. Bu esa virus tashuvchanlikni shakllantiradi. 
Patogenezi. Rinoviruslar epiteliotrop xususiyatga ega va og‘iz bo’shlig‘i, 
burun kataklaridagi epiteliy ҳujayralarni zararlaydi va u erda ko’payadi. 
1. Rinoviruslarning nafas yo’llaridagi epitelial ҳujayralarga kirishi. 
2. Yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi. 
3. Virusemiya, toksenemiya. 
4. Virus – bakterial jaroҳatlanish. 


130 
5. Rinovirusga qarshi antitelalarning shakllanishi. 
Rinoviruslar epitelial xususiyatga ega bo’lganligi uchun burun kataklari va 
og‘iz bo’shliqlaridagi epitelial ҳujayraga kirib olish xususiyatiga ega. 
Rinoviruslarning tashqi qobig‘ida lipidlar mavjud, antigenlari esa toksik xususiyatga 
ega va odam eritrostitlarini agglyutinastiya qilish qobiliyatiga ega. Lipidlar 
rinoviruslarni epitelial ҳujayralarga kirgizish qobiliyatiga ega. Epiteliy ҳujayralarga 
kirgan viruslar informastion RNKga aylanib juda qisqa muddatda ko’paya boradi. 
Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralarda destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayon sodir 
bo’ladi. Jaroҳatlangan epiteliylarning tagidagi mayda qon tomirlar o’tkazuvchanligi 
oshib, seroz, seroz-yiringli yallig‘lantirishni keltirib chiqaradi. 
Ayrim 
bemorlarda 
ko’z shilliq qavatida yallig‘lanish kuzatiladi 
(kon’yunktivit). Burun kataklari atrofida yallig‘lanish va gerpetik toshmalar toshadi. 
Bemorlarda aksirish, yo’tal, burundan seroz suyuqlik chiqib turadi. Kelgusi 
patogenetik jarayonda rinoviruslar va ularningtoksinlari qonga o’tishi mumkin. 
Ushbu ҳolatda virusemiya va toksenemiya ҳolati kuzatiladi. Bemorlarda ҳolsizlik, 
darmonsizlik, ishtaҳaning pasayishi, bosh og‘riq kabi klinik belgilar paydo bo’ladi. 
Virusemiya va toksenemiya jarayoni bemor immunitetini pasaytirib yuboradi. 
Natijada kelgusi patogenetik bosqich boshlanadi. 
Ushbu patogenetik jarayonda organizmda saqlanib qolgan bakteriyalar 
(stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va boshqa bakteriyalar) aktivlashadi va 
respirator yo’llaridagi yallig‘lanish jarayonini kuchaytirib yuboradi. Ushbu ҳolatda 
bemorlarda ҳar-xil asoratlar kuzatila boshlaydi (otit, gaymorit, tonzillit, 
pnevmoniya). 
Patogenezning virus-bakterial bosqichida rinovirus infekstiyasining asoratlari 
kuzatiladi. 
Patogenezning kelgusi bosqichida bemorlarda rinovirusga qarshi spestifik 
antitelolarning chiqarilishi kuzatiladi. Spestifik rinovirus antilelolar 3-4 oygacha 
saqlanib turadi. Shu tufayli 1 yil mobaynida odamlar 2-3 marta rinovirus infekstiyasi 
bilan kasallanishi mumkin. 


131 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling