Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet82/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qiyosiy tashxisot: 
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi: 
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi yuqori kontagiozli, juda tez tarqalish 
xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, tumov belgilari bilan kechadigan yuqumli 
kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir boshlanadi, bemorlarda yuqori 
isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va og‘iz bo’shlig‘ining 
yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza bilmaslik, ҳid bilish 
qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi katta va 65 yoshdan katta 
bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmoniya asoratlarini tez va shiddatli paydo 
bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega. 


126 
Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgi tumov, yo’tal, ҳid bilish 
qobiliyatining pasayishi xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Isitma, 
intoksikastiya deyarli kuzatilmaydi. 
Allergik tumov rinovirusli infekstiya klinikasiga juda o’xshash. Allergik 
tumov mavsumiy kasallik bo’lib, asosan turli allergenlar ta’sirida sodir bo’ladi. 
Ko’pincha baҳor gullari, terak guli (pux), parrandalar pati, ҳayvonlar yungi va 
ҳokazo. 
Allergik tumov xastaligida isitma, intoksikastiya belgilari kuzatilmaydi. 
Bemorlarda uzoq muddatda aksirish, burun qichishi, burun ҳid bilish qobiliyatining 
yo’qolishi kabi klinik belgilar kuzatiladi. Mavsum o’tishi bilan allergik omillar 
yo’qolishi natijasida allergik tumov alomatlari yo’qoladi. 
Gripp va paragripp xastaligida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas 
yo’llarining yallig‘lanishi alomatlari birinchi kundan namoyon bo’ladi. Gripp va 
paragripp infekstiyasida laringit, bronxit, traxeit, glassit pnevmoniya alomatlari 
kuzatiladi. Ushbu kasalliklarda keng tarqalish epidemiya shaklida vujudga keladi. 
Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin-asta 
boshlanadi. Intoksikastiya belgilari kundan-kun ko’paya boradi. Isitma kasallikning 
birinchi kunlari 37.0
0
S – 37.8
0
S ko’tariladi. 
Bemorlarda 
ko’z 
shilliq 
pardasi 
yallig‘lanadi 
(kon’yunktivit, 
keratokon’yunktivit), limfa tugunlarning yallig‘lanishi, nafas yo’lida yallig‘lanish 
(traxeit, bronxit, bronxeolit, pnevmoniya) oshqozon ichak traktining jaroҳatlanishi, 
charvi limfa tugunlarining yallig‘lanishi (mezodenit) jigar va taloqning kattalashishi 
kuzatiladi, kasallik 12-17 kun davom etadi. 
Qiyosiy tashxis rinovirus infekstiyasida respirator-sintistial infekstiyasi, 
reovirus infekstiya ESNO (Tip 10) bilan taqqoslash lozim. 
Chaqaloqlarda va yosh bolalarda nafas bo’g‘ilishi va soxta krupp asorati 
kuzatilsa No-shpa 0.5 suprastin 0.5, novokain 0.5% 0.5 aralashmasi yonbosh 
mushak ichiga yuboriladi. Shu bilan birga yonbosh mushak ichiga deksametazon 
0.5-1.0, prednizalon 0.5-1.0 yuboriladi.


127 
Intoksikastiya alomatlarini kamaytirish maqsadida infuzion eritmalar 0.9% 
NaCl, ringer-lokk, Disol, Astesol, 5%, 10% glyukoza, reosorbilat, reopoliglyukin, 
tomir ichiga bolalarning vazniga qarab quyiladi. Modda almashinuvini yaxshilash 
maqsadida riboksin, askorbin kislota, Vitamin V6, V1, V12 mildranat, almiba 
preparatlari tomir ichiga yoki mushakka qilinadi. 
Paragripp infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishida ҳayot uchun xavfli 
ҳolatlar vujudga kelganda (pnevmoniya, soxta krupp, o’pka etishmasligi, yurak-qon 
tomir etishmasligi) bemor bolalar jonlantiruvchi bo’limda davolanishi maqsadga 
muvofiq. Paragripp infekstiyasining og‘ir va asoratli kechishida, bakterial 
mikrofloraningfaolligini 
kamaytirish 
maqsadida 
antibiotiklar 
qo’llaniladi 
(steftriakson, stefotoksin, stefod PEO, rostefin va boshqalar). Antibiotiklar bemor 
bolalarning vazniga qarab 2 maҳal 5 kun mobaynida qo’llaniladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling