Salomatligi xizmati
Paragripp infekstiyasining epidemiyalogiyasi
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kasallikka bo’lgan moyillik.
- Paragripp infekstiyasining patogenezi.
Paragripp infekstiyasining epidemiyalogiyasi. Paragripp infekstiyasi O’RVI
guruҳiga mansub bo’lganligi uchun epidemik jarayon boshqa respirator infekstiyalaridan farq qilmaydi. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai paragripp infekstiyasi bilan kasallangan bemor bo’lib, xastalikning o’tkir davrida tashqi muҳitga viruslarni bemor aksirganda, yo’talganda, ҳavo-tomchi yo’li bilan chiqaradi. Eng ko’p viruslar bemorlarning isitma davrida chiqadi. Bemor isitmasi tushgandan so’ng aksirish, yo’tal alomatlari yo’qolgan zaҳoti viruslarni tashqi muҳitga chiqishi to’xtaydi. Epidemiologik jiҳatdan subklinik, engil shakldagi bemorlar tashqi muҳitga viruslarni chiqarib turadi va ushbu bemorlar kasallik manbai bo’ladi. Viruslar ҳavo-tomchi yo’li bilan sog‘lom kishilarga yuqadi. Yuqish masofasi 1.5 -2 metrni tashkil etadi. Ҳavo ҳaroratining pasayishi, namgarchilik viruslarningtashqi muҳitda uzoqroq turib qolishini ta’minlaydi. Ҳavo-ҳarorati +4 0 S dan past bo’lganda paragripp viruslari tez nobud bo’ladi. Ҳavo ҳarorati 30 0 S dan yuqori bo’lsa tashqi muҳitda saqlanish juda tez kamayadi. Paragripp viruslari xlor tutuvchi dezinfekstiya moddalariga ta’sirchan bo’lib, tez nobud bo’ladi. Kasallikka bo’lgan moyillik. Paragripp infekstiyasi bilan 1 yoshgacha bo’lgan bolalar kasallanadi (98-100%). Shuni aytish lozimki, katta bolalar va kattalar ushbu infekstiya bilan kam kasallanadi. Ushbu kishilarda kasallik engil o’tishi epidemiologik xavf tug‘dirmaydi. Paragripp infekstiyasi katta epidemiologik tarqalish xavfiga ega emas. Ushbu kasallik sporadik ҳolda kuzatiladi. Ammo bolalar yasli, bog‘chalarida guruҳli kasallanish kuzatiladi. Kasallikni boshidan o’tkazgan bolalar organizmida paragrippga qarshi antitelolar 1-2 yil saqlanib turadi. Paragripp infekstiyasining patogenezi. Paragripp infekstiyasining patogenezida quyidagi patogenetik bosqichlar kuzatiladi. 1. Viruslarning organizmga kirishi. 2. Viruslarning epitelial ҳujayralarini jaroҳatlashi. 120 3. Virusemiya, toksenemiya. 4. Virusli-bakterial jaroҳatlanish. 5. Immunitetning shakllanishi. 1) Birinchi faza paragripp viruslari epiteliotrop xususiyatga ega bo’lib, og‘iz bo’shlig‘i, burun kataklari, ҳiqildoq, ovoz boylamlari, traxeya, bronx, o’pka epitelial ҳujayralarningichiga kirib olish xususiyatiga ega bo’lib, epiteliy ҳujayralarni jaroҳatlaydi. O’sha joyda ko’payadi. 2) RNK tutuvchi viruslar epiteliy ҳujayralarining stitoplazmasi, ribosomasi, endoplazmatik to’rlarining funkstional ish qobiliyatini keskin o’zgartiradi. Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralarida destruktiv deskvomatik, nekrotik jarayon vujudga keladi. 3) Viruslar ta’sirida nekrozga uchragan epiteliylar toksik xususiyatga ega bo’lib, organizmga umumiy intoksikastiya zaҳarlanish ҳolatini keltirib chiqaradi. virus antigenlari gemagglyutinastiya xususiyatga ega bo’lib, organizm uchun toksik xususiyatga ega. Shunday qilib o’lgan, ya’ni nekrozga uchragan epiteliy ҳujayralari va viruslarning antigeni bemor organizmiga toksik ta’sir ko’rsatadi. 4) Viruslarning antigenlari toksik xususiyatga ega. Shu bilan birga ko’paygan viruslar bemor qoniga o’tib virusemiya ҳolatini keltirib chiqaradi. Epiteliy ҳujayralarning nekrozi ҳam toksik xususiyatga ega bo’lganligi uchun, bemor organizmida virusemiya toksonomiya jarayoni kuzatiladi. 5) Bemorlarning yuqori nafas yo’llarida vujudga kelgan epiteliylarning emirilishi pnevmotrop bakteriyalarni jaroҳatlangan uchastkalarga kirib olish va kuchayishini ta’minlaydi. Ko’pincha pnevmotrop xususiyatga ega bo’lgan bakterial (stafilokokk, streptokokk, pnevmokokk va b.q) bemor yuqori nafas yo’llarida yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Natijada og‘iz bo’shlig‘ida angina, laringit, laringotraxeit krup jarayonlari kuzatiladi. 6) Paragripp viruslari antigenlariga qarshi maxsus antitelolar shakllana boshlaydi. Maxsus antitelolar 5-7 kunlarda paydo bo’ladi. Shu bilan birga nespestifik immun tanachalar: lizostim, interleykinlar, immun komplekslar (IK) bemor organizmida shakllanadi. 121 7) Asoratlar kuzatilmasa rekonvalesstenstiya davri boshlanadi. Rekonvalesstent davri kasallikning 7-10 kunidan boshlanadi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling