Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Mikoplazma infekstiyasi. Adenovirusli infekstiyasining mikoplazma xastaligi 
bilan qiyosiy taqqoslash muҳim aҳamiyat kasb etadi. Mikoplazma infekstiyasida 
kasallik o’tkir boshlanadi. Intoksikastiya belgilari kuchli namoyon bo’ladi. 
Respirator traktda yallig‘lanish sust yoki umuman kuzatilmaydi. Isitma ko’tarilishi 
subfebril xarakterga ega. Bemorlarda o’pkaning yallig‘lanishi kuzatiladi 
(bronxopnevmoniya). Periferik qon taxlilda leykostitoz, neytrofilez, limfostitoz yoki 
limfopeniya kuzatiladi. Eritrostitlarning cho’kish tezligi oshadi.
Davolash. Adenovirusli infekstiyani davolash kompleks ravishda olib boriladi. 
Davolashda virusga qarshi preparatlar, patogenetik va simptomatik muolajalar 
o’tkaziladi. Asorati qayd etilgan bemorlarga asoratlarni bartaraf qiluvchi davolash 
muolajalari o’tkaziladi.
Adenovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar uyda davolanadi. Og‘ir 
asoratlar qayd etilganda bemorlar shifoxonalarga yotqiziladi. Bemorlarga yotoq 
rejimi tayinlanadi. Oqsil va vitaminlarga boy engil ovqatlar tavsiya qilinadi.
Ko’proq suyuqliklar ichish maqsadga muvofiq. Suyuqliklar tarkibida soklar, 
o’tli damlamalar, namatak damlamasi, o’rik, olma suyuqliklari intoksikastiya 
omillarini kamaytiradi. 


115 
Katta yoshdagi bolalarga va kattalarga virusga qarshi preparatlar berilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Virusga qarshi quyidagi preparatlarni ishlatish mumkin: orbidol, astiklovir, 
amiksin. 
Shuni ta’kidlash kerakki, virusga qarshi preparatlar adenovirus infekstiyasi 
bilan kasallangan bemorlarga kasallikning birinchi kunlaridan boshlab berish 
maqsadga muvofiq. Ushbu preparatlar bemor leykostitlarini virusga qarshi 
𝛼, 𝛾
interferonlarini bir necha 10 marta ko’tarish xususiyatiga ega. Shu bilan birga 
virusga qarshi preparatlar ҳujayra va gumoral immunitetni tezroq shakllashtirish 
qobiliyatiga ega. Orbidol preparati ovqatdan oldin beriladi. 
Ushbu preparat 6 yoshdan katta bemorlarga tavsiya qilinadi. 12 va undan katta 
yoshli bemorlarda orbidol 2 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida beriladi, 6 
yoshli bemorlarga esa 1 tabletkadan 3-4 maҳal 5 kun mobaynida beriladi.
Orbidol preparatini surunkali yurak qon tomir, jigar, buyrak kasalliklari 
bo’lgan bemorlarga berish taqiqlanadi. 
Astiklovir virusga qarshi samarador preparat bo’lib, 3 yoshdan katta 
bemorlarga tavsiya etiladi. 
Ushbu preparat bolalarga 1/2 tabletkadan x 2-3 maҳal 5 kun mobaynida 
ovqatdan keyin ichish tavsiya qilinadi. 
Kattalarga ushbu preparat 1 tabletkadan 2-3 maҳal 5 kun mobaynida tavsiya 
qilinadi.
Oksalin mazi virusga qarshi samaraga ega bo’lgan preparat bo’lib, burun 
kataklariga surtiladi. Ushbu preparat burun kataklariga 5 kun mobaynida 2-3 maҳal 
surtiladi. 
Odam leykostitar interferoni intranazal tomchi sifatida adenovirus 
infekstiyasida samarali ta’sir qiladi. Ushbu preparat kuniga 4-5 marta qo’llaniladi. 
Burun kataklariga 4-5 maҳal 4 tomchidan tomiziladi. Ushbu preparatni 
ingalyastiya sifatida ishlatish mumkin. Oksalin mazi virusga qarshi preparat bo’lib, 
interanazal (burun kataklariga surtish) ҳolda ishlatiladi. Ushbu preparat adenovirus 


116 
infekstiyasi bilan kasallanganlar, ҳamda sog‘lom odamlarga profilaktika uchun 
qo’llaniladi. 
Ushbu preparatlar bemorlarga 3 maҳal 4-5 kun mobaynida qo’llaniladi. 
Profilaktika maqsadida kasal bilan muloqotda bo’lganlarga kuniga 2 maҳal 4-5 kun 
davomida qo’llash tavsiya qilinadi. 
Adenovirus infekstiya bilan kasallangan bemorlarga patogenetik va 
simptomatik muolajalar o’tkaziladi. Quyidagi patogenetik, simptomatik dori-
darmonlar qo’llaniladi. 
Antigrippin, aspirin, askorutin, ibufen, ibuklin, stefikon, nol-gripp, teraflyu va 
boshqalar. Ushbu preparatlar intoksikastiya belgilarini kamaytiradi. Isitmani 
tushiradi, bosh og‘rig‘i, mushaklarda og‘riq, ҳolsizlik, darmonsizlik alomatlarini 
kamaytiradi. 
Adenovirusli infekstiyasida kuzatiladigan laringotraxeit, bronxit, bronxeolit, 
krupp yallig‘lanish jarayonida ingalyastiya, eufillin, yo’talni to’xtatuvchi preparatlar 
mukaltin, bromgeksin, brizizi, ASS preparatlar qo’llaniladi. 
Kasallikning erta rekonvalesstenstiya davrida polivitaminlar (revit, geksevit, 
undevit, komplevit, Vitrum va boshqalar, Vitamin A, Vitasin Aevit, askorutin, 
namatak dimlamasi) tavsiya qilinadi.
Bemorlarda nafas siqish ҳolati, laringit, obstrukstiya, krupp ҳolatlar kuzatilsa, 
bemorlar tez fursatda shifoxonalarga yotqizilishi lozim. Ushbu bemorlarda yuqori 
isitma kuzatilsa, No-shpa 1,0, suprastin 1,0, novokain 1,0 aralashmasi mushak ichiga 
yuboriladi. Shunday ҳolatda mushak ichiga, venaga deksametazon 1,0 – 2,0, 
pronidzalon 30, 60 mg gormonal preparatlar yuborish maqsadga muofiq.
Adenovirus infekstiya bilan kasallangan bemorlarda asoratlar kuzatilsa 
dezintoksikastion suyuqliklar bemor tomir ichiga yuboriladi. Quyidagi infuzion 
preparatlar ishlatiladi: Ringer-lok, sukstinasol, laktosol, disol, trisol, astesol, 
reosorbilakt, reopoliglyukin eritmalari keng qo’llaniladi.
Adenovirus infekstiyasining og‘ir kechishida, ayniqsa bronxit, laringotraxeit, 
pnevmoniya kabi asoratlari bo’lganda antibiotiklar qo’llaniladi. Ko’pincha 
stefalosporinlar (stefozalin, steftraksion, stefotaksim, stefod PEO, rostefin va 


117 
boshqalar). Penstilin guruҳiga mansub preparatlar (penistellin, ampestillin, ampioks 
va b.q.). 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling