Adenovirus infekstiyasining chaqaloqlarda ҳamda 1 yoshgacha bo’lgan
bolalarda kechishi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi
kuzatilmaydi. Maxsus adenovirusga qarshi antitelalar yangi tug‘ilgan bolalar
organizmiga transplastentar yo’l bilan onadan bolaga o’tadi. Agar ona xayoti davrida
adenovirus infekstiyasi bilan kasallanmagan bo’lsa, tug‘ilgan chaqaloq ushbu
xastalik bilan kasallanishi mumkin. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda adenovirus
infekstiyasi quyidagicha kechadi. Isitma subfebril, intoksikastiya alomatlari
bo’lmasligi mumkin. Chaqaloqlarda respirator belgilar kuzatiladi. Chaqaloqlarda
burun bitishi, engil yo’tal. Burun bitishi natijasida chaqaloqlar betoqat bo’lib qoladi,
uyqusi buziladi. Ko’krak emishda chaqaloq qiynaladi. Chaqaloqlarda va bir
yoshgacha bo’lgan bolalarda ich ketish kuzatiladi. Periferik limfa tugunlarining
kattalashuvi va kon’yunktivit bolalarda kam kuzatiladi. Ushbu bemorlarda bronxit,
abstruktiv bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar ko’proq qayd qilinadi. Chala tug‘ilgan
chaqaloqlarda adenovirus infekstiyasi og‘ir va asoratli o’tishi mumkin. Bemor
bolalarda adenovirus infekstiyasida isitma ko’tarilmaydi, ayrim bolalarda esa tana
ҳarorati tushib ketishi mumkin.
Chaqaloqlar va erta yoshdagi bolalarda adenovirus infekstiyasining klinik
belgilari sust bo’lishiga qaramasdan, asbtruktiv bronxit, pnevmoniya kabi asoratlar
ko’proq qayd qilinadi va o’lim ҳolatiga olib kelishi mumkin.
Tashxis. Adenovirus infekstiyasining tashxisi kasallikning klinik belgilari,
kechishi, isitmaning uzoqroq davom etishi,nafas olish yo’llarida yallig‘lanish, limfa
tugunlar giperplaziyasi, bo’yin limfa tugunlarining kattalashuvi, ko’z shilliq
qavatining yallig‘lanishi (kon’yunktivit), o’pkaning yallig‘lanishi (pnevmoniya),
oshqozon ichak tizimining jaroҳatlanishi, jigar va taloqning kattalashuviga qarab
tashxis qo’yiladi.
113
Do'stlaringiz bilan baham: |