Antiseptik va dezinfekstiyalovchi moddalar


Download 44.82 Kb.
bet1/3
Sana24.03.2023
Hajmi44.82 Kb.
#1292474
  1   2   3
Bog'liq
Antiseptik va dezinfekstiyalovchi moddalar

Antiseptik va dezinfekstiyalovchi moddalar


Antiseptik vositalar — teri, shilliqqavatlar, yara yuzasida joylashgan mikroorganizimlarni bartaraf etish uchun qoʻllaniladi. Ular mikroorganizimlarga bakteriostatik (koʻpayishni toʻxtatish) yoki bakteriostid (xalok etish) taʼsir koʻrsatadilar va shu tufayli infekstion jarayonni oldini oladilar, uni rivojlanishga toʻsqinlik qiladilar, uni toʻxtadilar. Bunday vositalar mahalliy taʼsir etib infekstiya oʻchogini bartaraf etganligidan davolash taʼsiriga ham egadirlar. Baʼzi moddalar mikroorganizmlar protoplazmasidagi oqsillarni denaturastiyaga uchratadilar, yaʼni bakteriostid taʼsir koʻrsatadilar. Bunday vositalarni dezenfekstiya-vositalari deb ataladi. Dezinfekstiya vositalari-tashqi muhitdagi (bemorlarning atrof muhiti, xonalar, bemorlarning kiyimi, buyumlari va hokozo.) patogen mikroorganizimlarni xalok etish uchun qoʻllaniladi. Natijada infekstiya tarqalishini oldi olinadi (profilaktika). Bunday vositalar tanlab taʼsir qilish xossasiga ega boʻlmaganliklaridan inson organizimi toʻqimalarini jarohatlashlari mumkin.[1]


Serigel[tahrir | manbasini tahrirlash]
Serigel - etergent, sintetik modda boʻlib yuqori darajali satx faolligiga ega boʻlganligidan kuchli yuvish (tozalash) va anteseptik xossaga ega. (de tergeo -yuvish, tozalash). Sterigel tarkibida kationli detergent-stetil piridiniy xlorid boʻlib, mikroorganizimlarning xujayra-qobigi sirt tarangligini oʻzgartirib uni oʻtkazuvchanligini buzadi. Koʻpgina bakteriyalar va zamburugʻlarga xalokatli taʼsir etadi.
Qoʻllanilishi: jarroh qoʻlini, idish tovoqlar, asbob va anjomlarni dezinfekstiyalash. Odatdagi konstentrastiyalarda toʻqimalarga salbiy taʼsir etmaydi. Lekin anionli detergentlar (oddiy sovun) va organik birikmalar bilan aralashsa faolligi keskin susayadi.
Xlorgeksidin[tahrir | manbasini tahrirlash]

0,12 % xlorheksidin glyukonat eritmasi
Xlorgeksidin — biguanidlar hosilasi, antebakterial va fungistid taʼsir koʻrsatadi. Qoʻllanilishi: jarroh qoʻlini, yaralar, peshob puffagi, operastiya maydoni, asboblariga ishlov berish.
Noxush tasiri: terining qurishi (ishlov berilga joy), dermatitlar.[2]
Furatsillin[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dorixonada tayorlangan ~ 400 ml Furatsilinning suvli eritmasi (ruschaФурацилин, nitrofuran), 1 : 5000 (0.2 mg/mL or 0.02 %),
Furatsillin- nitrofuran hosilasi boʻlib, kichik konstentrastiyalarda ham /0,01-0,3mg%/ gramm manfiy va gramm musbat bakteriyalar, kata viruslar, zamburugʻlar, sodda hayvonlarga bakteriostatik taʼsir koʻrsatadi. Mikroblarning furastillinga chidamliligi sekin rivojlanadi, lekin yuqori darajada boʻlmaydi.Bundan tashqari boshqa mikroblarga qarshi vositalarga chidamlilik rivojlangan mikroorganizmlarga furastillin yaxshi taʼsir etadi.
Taʼsir mexanizimi: mikroorganizmlar xujayrasida nitrofuranlarning nitrogruppalari va toʻyinmagan S=N guruhlari qaytariladi. Shuning natijasida mikroorganizimlarda energiya ishlab chiqish keskin susayadi va ularning koʻpayishi toʻxtaydi. Yaʼni nitrofuranlar organizimda vodorod mitoxondriylardagi tabiiy vodorod aksteptorlari bilan raqobatlashadi. Bundan tashqari nitrofuranlar ShUK (shavel sirka kislotasidan limon kislotasini hosil boʻlishinitormozlab, Krebs stiklidagi odatdagi biokimyoviy jarayonini kechishini buzadi. Prparatning taʼsiri uning tarkibidagi nitrogruppalarning toʻla qaytarilib boʻlguncha davom etadi.
Qoʻllanilishi: suvli eritma sifatida (1:3000) yaralarning, plevra va qorin boʻshliqlarini, kuygan joylarni, konyuktivitlar, blefaritlar, yiringli blefaritlar, sinusitlar, gaymortlarda ishlov berish va yuvish uchun Qoʻllaniladi. Spirtli eritma sifatida furastillin quloqning surunkali yiringli yalliglanishda va tashqi quloq yoʻlining chipqonlarida qoʻllaniladi. Bakterial dezenteriyada ichiladi.
Furodonin va furazolidon[tahrir | manbasini tahrirlash]

Furazalidonning kimyoviy tuzilishi
Furodonin va furazolidon — furastillinga nisbatan 20-50 marta kuchli, lekin suvda yomon eridi. Furastillin kamdan-kam hollarda dermatit chaqiradi. FENOL GURUHI-fenol kichik konstentrastiyalarda mikroblarning xujayra qobigiga taʼsir etib ularning oʻtkazuvchanligini (buzadi) oʻzgartiradi. Hamda degidrogenazalar faolligini susaytiradi va shu tufayli bakteriostatik taʼsir yuzaga chiqadi. Fenol katta konstentrastiyalarda mikroblar protoplazmasi oqsillarini denaturastiyalab bakteriostid taʼsir koʻrsatadi. Bunda uning tanlab taʼsir qilish xossasi yoʻq. Fenol oqsillar bilan mustahkam boglanmaydi.Shuning uchun fenolning 1 molekulasi malum vaqt ichida bir qancha oqsillar bilan ketma ket boglanish mumkin.Shu sababdan fenol bologik moddalar (ovqat tarkibidagi oqsillar) bor boʻlsa ham oʻzining dezinfekstiyalash qobiliyatini yoʻqotmaydi.Fenol shilliq qavatlar yoki toʻqimalarga tushsa ularni kuydiradi. Fenolda yuqori lipofillik xususiyati borligidan u teri va shilliq qavatlardan oson oʻtadi. U bilan zaharlanganda avval MNSning qozgalishi boʻlib tezda paralichga oʻtib ketadi va nafas markazining falajlanishi oʻlimga sabab boʻladi. Agar fenolni ichish tufayli-zaharlanish yuzaga kelsa oshqozon oʻsimlik moyi bilan yuviladi, uchunki yog fenolini surilishiga va shilliq qavatlarni jarohatlanishiga toʻsqinliq qiladi. Teri va shilliq qavatlarning fenol bilan jarohatlangan joylarini 50 % spirt yoki kastor moyi bilan ishlov beriladi.[3]
Qoʻllanilishi: xonalarni, oʻrin-toʻshak choyshablarini, bemorga tegishli anjomlarini dezinfekstiyasi uchun (3-5 % eritma) fenol asosan bakteriya va zamburugʻlarning vegitativ formalariga taʼsir etadi.
Krezol (metil fenol trikrezol)-zaxarliligi boʻyicha fenoldan farq qilmaydi lekin mikroblarga qarshi taʼsiri taxminan 3 marta yuqori.
Rezorsin[tahrir | manbasini tahrirlash]
Rezorsin — (dioksi benzol)-fenol unumi, mikroblarga qarshi taʼsiri kuchsizroq lekin zaxarsizroqhamda toʻqimalarga kamroq salbiy taʼsir koʻrsatadi. Kichik konstentrastiyalarda rezorstin keratoplastik, katta konstentrastiyalarda esa keratolitik taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli rezorstin teri kasalliklarida qoʻllaniladi. (ekzema, seboreyali derematit, temiratika, mikozlarda).
Gidroxinon[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gidroxinon -tolkonyanka bargi (Folia Uvae Ursi)ning asosiy taʼsir koʻrsatuvchi moddasi xisoblanadi. Peshob yoʻllarini-dezenfekstiya qilish uchun ichiladi. Bu oʻsimlik tarkibidagi glyukozid-arbutin ichakda glyukoza va gidroxinonga parchalanadi. Jigarda gidroxinon glyukuron kislotasi bilan birikib peshob tarkibida ajraladi.Peshobda bu birikmadan gidroxinon ajraladi.
Qayin qora moyi[tahrir | manbasini tahrirlash]
QAYIN QORA MOYI (Pix liquida)-tozalanmagan maxsulot boʻlib tarkibida fenol va uning xosilalari bor. qayin, qaragʻay daraxti oʻtinlarni quriqhaydash yoʻli bilan olinadi. Tarkibida fenol, krezol, dioksibenzol, gvyakol va boshqa aramatik moddalar bor. qayin qora moyi mikroblarga va parazitlarga (kana, bit) qarshi taʼsirga ega. Teriga surtilsa konstentrastiyasiga Qqarab kerotoplastik, keraotolitik taʼsir koʻrsatadi.Asosan surtma sifatida-(vishnevski malxami) yiringli yaralarda qoʻllaniladi.
LIZOL-kalliy sovunda kerezol eritmasi. Tabbobatda qoʻllarni ishlov berish uchun (1-2 %eritmasi) va kinni yuvish (chayin-sprinstevanie) (0,5-1 %) uchun qoʻllaniladi.
BOʻYOQLAR[tahrir | manbasini tahrirlash]

Download 44.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling