Antiseptik va dezinfekstiyalovchi
Download 246.37 Kb. Pdf ko'rish
|
Antiseptik va dezinfekstiyalovchi moddalar - Vikipediya
Antiseptik va dezinfekstiyalovchi moddalar Antiseptik vositalar — teri, shilliqqavatlar, yara yuzasida joylashgan mikroorganizimlarni bartaraf etish uchun qoʻllaniladi. Ular mikroorganizimlarga bakteriostatik (koʻpayishni toʻxtatish) yoki bakteriostid (xalok etish) taʼsir koʻrsatadilar va shu tufayli infekstion Ushbu maqolani Antiseptika (https://uz.wikipedia.org/wiki/Antiseptika) bilan birlashtirish taklif etiladi. Ko‘proq o‘rganish jarayonni oldini oladilar, uni rivojlanishga toʻsqinlik qiladilar, uni toʻxtadilar. Bunday vositalar mahalliy taʼsir etib infekstiya oʻchogini bartaraf etganligidan davolash taʼsiriga ham egadirlar. Baʼzi moddalar mikroorganizmlar protoplazmasidagi oqsillarni denaturastiyaga uchratadilar, yaʼni bakteriostid taʼsir koʻrsatadilar. Bunday vositalarni dezenfekstiya- vositalari deb ataladi. Dezinfekstiya vositalari-tashqi muhitdagi (bemorlarning atrof muhiti, xonalar, bemorlarning kiyimi, buyumlari va hokazo.) patogen mikroorganizimlarni xalok etish uchun qoʻllaniladi. Natijada infekstiya tarqalishini oldi olinadi (profilaktika). Bunday vositalar tanlab taʼsir qilish xossasiga ega boʻlmaganliklaridan inson organizimi toʻqimalarini jarohatlashlari mumkin. [1] Serigel - etergent, sintetik modda boʻlib yuqori darajali satx faolligiga ega boʻlganligidan kuchli yuvish (tozalash) va anteseptik xossaga ega. (de tergeo - yuvish, tozalash). Sterigel tarkibida kationli detergent-stetil piridiniy xlorid boʻlib, mikroorganizimlarning xujayra- qobigi sirt tarangligini oʻzgartirib uni oʻtkazuvchanligini buzadi. Koʻpgina bakteriyalar va zamburugʻlarga xalokatli taʼsir etadi. Serigel Qoʻllanilishi: jarroh qoʻlini, idish tovoqlar, asbob va anjomlarni dezinfekstiyalash. Odatdagi konstentrastiyalarda toʻqimalarga salbiy taʼsir etmaydi. Lekin anionli detergentlar (oddiy sovun) va organik birikmalar bilan aralashsa faolligi keskin susayadi. Xlorgeksidin 0,12 % xlorheksidin glyukonat eritmasi Xlorgeksidin — biguanidlar hosilasi, antebakterial va fungistid taʼsir koʻrsatadi. Qoʻllanilishi: jarroh qoʻlini, yaralar, peshob puffagi, operastiya maydoni, asboblariga ishlov berish. Noxush tasiri: terining qurishi (ishlov berilga joy), dermatitlar. [2] Furatsillin Furatsillin- nitrofuran hosilasi boʻlib, kichik konstentrastiyalarda ham /0,01- 0,3mg%/ gramm manfiy va gramm musbat bakteriyalar, kata viruslar, zamburugʻlar, sodda hayvonlarga bakteriostatik taʼsir koʻrsatadi. Mikroblarning furastillinga chidamliligi sekin rivojlanadi, lekin yuqori darajada boʻlmaydi.Bundan tashqari boshqa mikroblarga qarshi vositalarga chidamlilik rivojlangan mikroorganizmlarga furastillin yaxshi taʼsir etadi. Dorixonada tayorlangan ~ 400 ml Furatsilinning suvli eritmasi ( ruscha : Фурацилин, nitrofuran), 1 : 5000 (0.2 mg/mL or 0.02 %), Taʼsir mexanizimi: mikroorganizmlar xujayrasida nitrofuranlarning nitrogruppalari va toʻyinmagan S=N guruhlari qaytariladi. Shuning natijasida mikroorganizimlarda energiya ishlab chiqish keskin susayadi va ularning koʻpayishi toʻxtaydi. Yaʼni nitrofuranlar organizimda vodorod mitoxondriylardagi tabiiy vodorod aksteptorlari bilan raqobatlashadi. Bundan tashqari nitrofuranlar ShUK (shavel sirka kislotasidan limon kislotasini hosil boʻlishinitormozlab, Krebs stiklidagi odatdagi biokimyoviy jarayonini kechishini buzadi. Prparatning taʼsiri uning tarkibidagi nitrogruppalarning toʻla qaytarilib boʻlguncha davom etadi. Qoʻllanilishi: suvli eritma sifatida (1:3000) yaralarning, plevra va qorin boʻshliqlarini, kuygan joylarni, konyuktivitlar, blefaritlar, yiringli blefaritlar, sinusitlar, gaymortlarda ishlov berish va yuvish uchun Qoʻllaniladi. Spirtli eritma sifatida furastillin quloqning surunkali yiringli yalliglanishda va tashqi quloq yoʻlining chipqonlarida qoʻllaniladi. Bakterial dezenteriyada ichiladi. Furodonin va furazolidon Furazalidonning kimyoviy tuzilishi Furodonin va furazolidon — furastillinga nisbatan 20-50 marta kuchli, lekin suvda yomon eridi. Furastillin kamdan-kam hollarda dermatit chaqiradi. FENOL GURUHI-fenol kichik konstentrastiyalarda mikroblarning xujayra qobigiga taʼsir etib ularning oʻtkazuvchanligini (buzadi) oʻzgartiradi. Hamda degidrogenazalar faolligini susaytiradi va shu tufayli bakteriostatik taʼsir yuzaga chiqadi. Fenol katta konstentrastiyalarda mikroblar protoplazmasi oqsillarini denaturastiyalab bakteriostid taʼsir koʻrsatadi. Bunda uning tanlab taʼsir qilish xossasi yoʻq. Fenol oqsillar bilan mustahkam boglanmaydi.Shuning uchun fenolning 1 molekulasi malum vaqt ichida bir qancha oqsillar bilan ketma ket boglanish mumkin.Shu sababdan fenol bologik moddalar (ovqat tarkibidagi oqsillar) bor boʻlsa ham oʻzining dezinfekstiyalash qobiliyatini yoʻqotmaydi.Fenol shilliq qavatlar yoki toʻqimalarga tushsa ularni kuydiradi. Fenolda yuqori lipofillik xususiyati borligidan u teri va shilliq qavatlardan oson oʻtadi. U bilan zaharlanganda avval MNSning qozgalishi boʻlib tezda paralichga oʻtib ketadi va nafas markazining falajlanishi oʻlimga sabab boʻladi. Agar fenolni ichish tufayli- zaharlanish yuzaga kelsa oshqozon oʻsimlik moyi bilan yuviladi, uchunki yog fenolini surilishiga va shilliq qavatlarni jarohatlanishiga toʻsqinliq qiladi. Teri va shilliq qavatlarning fenol bilan jarohatlangan joylarini 50 % spirt yoki kastor moyi bilan ishlov beriladi. [3] Qoʻllanilishi: xonalarni, oʻrin-toʻshak choyshablarini, bemorga tegishli anjomlarini dezinfekstiyasi uchun (3-5 % eritma) fenol asosan bakteriya va zamburugʻlarning vegitativ formalariga taʼsir etadi. Krezol (metil fenol trikrezol)-zaxarliligi boʻyicha fenoldan farq qilmaydi lekin mikroblarga qarshi taʼsiri taxminan 3 marta yuqori. Rezorsin — (dioksi benzol)-fenol unumi, mikroblarga qarshi taʼsiri kuchsizroq lekin zaxarsizroqhamda toʻqimalarga kamroq salbiy taʼsir koʻrsatadi. Kichik konstentrastiyalarda rezorstin keratoplastik, katta konstentrastiyalarda esa keratolitik taʼsir koʻrsatadi. Shu sababli rezorstin teri kasalliklarida qoʻllaniladi. (ekzema, seboreyali derematit, temiratika, mikozlarda). Gidroxinon -tolkonyanka bargi (Folia Uvae Ursi)ning asosiy taʼsir koʻrsatuvchi Rezorsin Gidroxinon moddasi xisoblanadi. Peshob yoʻllarini- dezenfekstiya qilish uchun ichiladi. Bu oʻsimlik tarkibidagi glyukozid-arbutin ichakda glyukoza va gidroxinonga parchalanadi. Jigarda gidroxinon glyukuron kislotasi bilan birikib peshob tarkibida ajraladi.Peshobda bu birikmadan gidroxinon ajraladi. QAYIN QORA MOYI (Pix liquida)- tozalanmagan mahsulot boʻlib tarkibida fenol va uning xosilalari bor. qayin, qaragʻay daraxti oʻtinlarni quriqhaydash yoʻli bilan olinadi. Tarkibida fenol, krezol, dioksibenzol, gvyakol va boshqa aramatik moddalar bor. qayin qora moyi Qayin qora moyi mikroblarga va parazitlarga (kana, bit) qarshi taʼsirga ega. Teriga surtilsa konstentrastiyasiga Qqarab kerotoplastik, keraotolitik taʼsir koʻrsatadi.Asosan surtma sifatida- (vishnevski malxami) yiringli yaralarda qoʻllaniladi. LIZOL-kalliy sovunda kerezol eritmasi. Tabbobatda qoʻllarni ishlov berish uchun (1-2 %eritmasi) va kinni yuvish (chayin- sprinstevanie) (0,5-1 %) uchun qoʻllaniladi. Brilliayant yashili Brilliayant yashili — trifenil metan hosilasi, kuchli va tez taʼsirli antesentik hossaga ega. Tilla stafilakkoklar, boʻgma (difteriya) tayoqchasi, koʻpgina gramm musbat bakteriyalar brlliant yashiliga juda sezgirdirlar lekin bu antisektikning taʼsir kuchi oqsillar va boshqa organik moddalar taʼsirida susayib ketadi. Asosan piodermiyalarda tashqi (surtish uchun) qoʻllaniladi. BOʻYOQLAR Metil koʻki Metil koʻki — brilliant yashilidan kuchsizroq.Tez qaytarilib leykoformaga oʻtadi, Qonda metilen koʻki leykoforma bilan oksidlanish-qaytarilish potenstialini hosil qiladi. M-n: metgemoglabinni qaytarib gemoglobinga oʻtkazadi. Preparatning (1 %eritmasi 0,1-1 kg) parenteral (t/i)qoʻllaniladi. Asosan metgemoglabin hosil qiluvchi zaxarlar bilan zaxarlanganda kata dozalarda metilen kmoglobinni met gemoglobinga oʻtkazadi. Preparatning bu xossasi sinil kislotasi bilan zaxarlanganda qoʻl keladi, chunki metgemoglabin stianidlar bilan boglanib zaxarsiz stianmetgemoglabin xosil qiladi. Metilen kukini-anetseptik vosita sifatida tashqi tomonda qoʻllaniladi, masalan: avtoz stomatit, gingevit, yarali stamotit. Bundan tashqari stistit, uretrit va peshob yoʻllarining boshqa hastaliklarida ichiladi. Rivanol (etakridin-laktat)-ancha kuchli mikroblarga qarshi taʼsirga ega, boʻlsa ham taʼsiri sekin asta rivojlanadi. Yaralarni yuvish va infekstiya tushgan boʻshliqlarni (plevra, Qorin, peshob xaltasi, bachadon va xokozo.) chayqash uchun qoʻlaniladi. Rivanol Xlorli oxak Xlorli oxak — kalstiy gipoxlorid, kalstiya xlorid, kalstiy gidrookisining aralashmasi boʻlib, uning mikroblarga qarshi taʼsir kuchi, tarkibidagi kalstiy gipoxloridga bogliq. Xlorli ohak tashlandiq joylar axlat xonalar va molxonalar, otxonalarni hamda dez ipritaj qoʻlansa xidlarni bartaraf etish voitasi sifatida qoʻllaniladi. GALOGEN SAQLOVCHI ANTISEPTIKLAR Xloramin-B Xloramin-B —.Xlorli oxakga nisbatan atomar xlorni asta-sekin ajratadi.Shu sababli antimikrob taʼsiri davomli. Toʻqimalarga zararli taʼsir koʻrsatmaganligidan yaralarni davolashda hamda teri va shilliq qavatlarni zararsizlantirish uchun qoʻllash mumkin. Xloramin B qorin tifi, vabo, sil va boshqa xastaliklarda bemorlarning chiqindilarini (ajratmalarini), ovqat anjomlarini, qoʻllarni, yiringli yarallar, jarrohlik qoʻlqoplarini, katetrlar va boshqa metalldan boʻlmagan asboblarga ishlov berishda qoʻllaniladi. Yod — taʼsir mexanizimi xlornikiday.Mikroblarga qarshi taʼsiri faqat elementar yodga hos, yodidlar bunday xossaga ega emaslar. Qoʻllanilashi:yangi yaralarni, jaroxatlarni, operastiya maydonchasi, jarox qoʻliga ishlov berishda hamda zamburugʻlarga qarshi vosita sifatida (rangorang temiratka-leshay) qoʻllaniladi. 1. Harkevich. Antiseptik vositalar. TTA. 2. „Хлоргексидин (Chlorhexidine)“ (https:// www.vidal.ru/drugs/chlorhexidine__2145 Yod Manbalar Bu sahifa oxirgi marta 23-Mart 2023, 17:32 da tahrir qilingan. • Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). 0) . www.vidal.ru. Qaraldi: 25-iyun 2022- yil. 3. „Фурадонин (Furadonin)“ (https://www.vi dal.ru/drugs/furadonin__11739) . www.vidal.ru. Qaraldi: 25-iyun 2022-yil. " https://uz.wikipedia.org/w/inde x.php? title=Antiseptik_va_dezinfekstiy alovchi_moddalar&oldid=3625203 " dan olindi Download 246.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling