Salomatligi xizmati
Rinovirus infekstiyasining klinikasi
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
Rinovirus infekstiyasining klinikasi. Rinovirus infekstiyasida inkubastion
davr 1 kundan 3 kungacha davom etadi. Ayrim ҳolda 6 kungacha cho’zilishi mumkin. Kasallik o’tkir boshlanadi. Xastalikning birinchi kunidan boshlab aksirish, yo’talish alomatlari paydo bo’ladi. Rinovirus infekstiyasiga xos bo’lgan klinik ko’rinish burundan intensiv suvsimon suyuqlik to’xtamasdan chiqib turadi. Keyinchalik burundan oqayotgan suyuqlik shilimshiq(seroz), bakterial mikrofloralar qo’shilganda seroz-yiringlik ҳolatda bo’ladi. Bemorlar burun kataklari qizargan, shishgan, nafas olishi qiyinlashgan ҳolatda bo’ladi. Burundagi ҳid bilish qobiliyati pasayadi yoki yo’qoladi. Ko’z shilliq qavatida tomirlar in’ekstiyasi, qizarish (kon’yunktivit) kuzatiladi, ko’z va qovoqlar shishadi. Bemor badani oqaradi, yuzi qizaradi, toshmalar bo’lmaydi. Tomoq qizaradi, yallig‘lanadi, murtaklar qizaradi, biroz shishadi. Bemor pulsi bir oz tezlashadi, arterial bosim o’zgarmaydi. Yurak tonlari bo’g‘iq, sistolik shovqin eshitilmaydi. O’pkada dag‘al nafas eshitiladi. Og‘ir bemorlarda sistolik shovqin eshitiladi. Bemorlarning oshqozon ichak traktida aytarlik o’zgarishlar bo’lmaydi. Ayrim bemorlarda ishtaҳaning pasayishi, til karashligi kuzatiladi. Bemorlarda qabziyat kuzatiladi. Bemor buyraklarida o’zgarish kuzatilmaydi. Rinovirus infekstiyasida isitma ko’tarilmaydi. Ammo, bemorlarda asoratlar shakllansa, isitma ko’tarilishi mumkin. Markaziy asab tizimida aytarli o’zgarishlar kuzatilmaydi. Ammo intoksikastiya alomatlari kuzatilishi mumkin. Rinovirus infekstiyasida asoratlar kuzatilsa, bosh og‘rig‘i, charchoqlik, ҳolsizlik, ishtaҳaning pasayishi, bel va oyoqlarda, bo’g‘imlarda og‘riq paydo bo’ladi. Rinovirus infekstiyasi bilan kasallangan bemorlarda isitma chiqsa (37 0 S – 37.8 0 S) asoratlar borligidan dalolat beradi. Kasallik 6-7 kun davom etadi. Asoratlar kuzatilganda kasallik 8-9 kungacha davom etishi mumkin. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling