Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet93/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qiyosiy tashxisot: 
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi juda 
tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilari bilan 
kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir 
boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, respirator belgilar: yo’tal, aksirish, burun va 
og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza 
bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi ulug‘ 
va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi, pnevmaniya asoratlarining tez 
va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega. 
RS – infekstiyasini respirator virusli infekstiyalari (O’RVI) bilan qiyosiy 
tashxislash maqsadga muvofiq. Qiyosiy tashxis gripp, paragripp, adenovirus 
infekstiyasi, rinovirus infekstiyalari bilan qilinadi. 


142 
Rinovirus infekstiyasi. Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgilar tumov, 
yo’tal, ҳid bilish qobiliyatining pasayishi kuzatiladi. Ushbu klinik belgilar 
xastalikning birinchi kunidan boshlab kuzatiladi. Bemorlarda kardinal simptom 
rinoreya – burundan tez-tez suv ketishi.Isitma, intoksikastiya deyarli bo’lmaydi. 
Allergik tumovda – qo’zg‘atuvchi virus bo’lmaydi. RS – infekstiyasiga juda 
o’xshab ketadi. 
Allergik tumov mavsumiy kasallik bo’lib, asosan turli allergenlar ta’sirida sodir 
bo’ladi. Ko’pincha baҳor gullari, terak guli (pux), parrandalar pati, ҳayvonlar yungi, 
gilam changi, o’tkir ҳidli garimdori va boshqalar allergik xususiyatga ega. 
Allergik tumovda isitma, intoksikastiya belgilari kuzatilmaydi. 
Allergik tumovda bemorlarda uzoq muddatda aksirish, burun kataklari, og‘iz 
shilliq qavatida qichishish, burun ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi kabi klinik 
belgilar kuzatiladi. 
Mavsum o’tishi va allergik omillar yo’qotilishi natijasida allergik tumov 
alomatlari yo’qoladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling