Salomatligi xizmati


Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet90/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: Kasallik manbai RS – infekstiyasi 
bilan kasallangan bemor va virus tashuvchi ҳisoblanadi. Bemorlar kasallikning 
birinchi kunidan boshlab katta miqdorda RS-viruslarini tashqi muҳitga chiqarib 
turadi. Bemorlar aksirganda va yo’talganda viruslar tashqi muҳitga chiqa boshlaydi. 
RS-viruslari ҳavo-tomchi ҳolatda, ya’ni burun suyuqligi, og‘izdan tufuk ҳolatida, 
suyuqlik viruslar aralashmasi ҳolatida tashqi muҳitga chiqadi.


137 
Kasallikning yuqish yo’li. RS – infekstiyasi sog‘lom odamlarga ҳavo-tomchi 
yo’li orqali yuqadi. Bemorlar kasallikning og‘irligiga qaramasdan atrofdagilar 
uchun xavf tug‘diradi. Shuni ta’kidlash kerakki, kasallikni yuqtirishda virus 
tashuvchilar ҳam muҳim rol o’ynaydi. Bemorlar kasallikning 5-7 kunlari mobaynida 
viruslarni tashqi muҳitga chiqarib turadi. 
Kasallikka bo’lgan moyillik. RS – infekstiyasiga bo’lgan moyillik yuqori. 
Ayniqsa chaqaloqlar va yosh bolalar RS – infekstiyasiga 100% moyil. Ushbu 
infekstiya bilan bolalar 3-4 yoshgacha kasallanadi. To’rt yoshdan katta bolalar RS – 
infekstiya bilan kamdan-kam kasallanadi. 
Kattalarda esa RS – infekstiyasi subklinik, inapparat shaklda kechadi. Ushbu 
infekstiya mavsumiylikka ega. RS – infekstiyasi kuz, qish va baҳor oylarida qayd 
etiladi. 
Kasallikni boshidan o’tkazgan bemorlarda RS – infekstiyasiga qarshi 
immunitet shakllanadi va ushbu immunitet 1-2 yil saqlanadi. 
Patogenezi. RS – infekstiyasining patogenezida quyidagi bosqichlar qayd 
etiladi. 
1. RS – infekstiyasi virusining epitelial ҳujayralarga kirishi. 
2. Nafas yo’llaridagi epiteliy ҳujayralarning RS – virusi ta’sirida emirilishi 
(destrukstiya, deskvomastiya, nekrotik emirilish) 
3. Virusemiya, toksenemiya 
4. Virus bakterial assostiastiyasi oqibatida o’pka jaroҳatlanishi (asoratlar 
shakllanishi) 
5. RS – infekstiyaga qarshi antitelolar chiqishi. 
RS – infekstiyasini qo’zg‘atuvchi rinoviruslar burun kataklari va og‘iz 
bo’shlig‘idan epiteliy ҳujayralar ichiga kirib olish xususiyatiga ega. RS – 
infekstiyasi virusi tashqi qobig‘idan lipidlar va antigenlar yordamida epidelial 
ҳujayralarga kiradi. Tarkibida RNK tutuvchi virus epiteliy ҳujayralar ichida 
informastion RNKga aylanib ko’paya boradi. Natijada epiteliy ҳujayralarida 
destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayon sodir bo’ladi. Intensiv ravishda ko’paygan 
viruslar bir-biriga yopishgan ҳolatda bo’ladi (sinstitial yopishish). Yallig‘lanish 


138 
jarayoni jaroҳatlangan epiteliylar osti to’qimasiga o’tadi, qon tomirlar jaroҳatlanadi. 
To’qimalarda shish (otek), seroz suyuqlik chiqa boshlaydi. 
Patogenezning keyingi bosqichida virusemiya, toksonomiya ҳolati vujudga 
keladi. Emirilgan epiteliy ҳujayrasi toksik xususiyatga ega. Patogenezning keyingi 
bosqichida burun kataklari va nafas yo’llaridagi jaroҳatlangan epiteliylar osti 
to’qimaga bakteriyalar va viruslar kirib olish qobiliyatiga ega. Ayniqsa chaqaloqlar 
va yosh bolalar bronxlarida bronxiolalarda va o’pkada virus-bakterial jaroҳatlanish 
kuzatiladi. Bemorlarda virus-bakterial jaroҳatlanishi natijasida, ayniqsa bemor 
bolalarda asoratlar shakllanadi (bronxit, bronxiolit, pnevmoniya, nefrit va ҳ.k.). 
Kasallikning 5-7 kunlari bemor bolalarda RS-infekstiyasiga qarshi maxsus 
antitelolar chiqadi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling