136
(RS – virus infekstiya)
Respirator – sinstitial infekstiya (RS – virus infekstiya) o’tkir respirator virusli
infekstiya guruҳiga mansub xastalik bo’lib, isitma, intoksikastiya,
bronxlar,
bronxiolalarning jaroҳatlanishi bilan kechadigan xastalik.
Ushbu infekstiya
chaqaloqlar va yosh bolalarda uchraydi. Kattalarda RS – infekstiyasi kuzatilmaydi
va umumiy respirator virusli infekstiyalar ichida 15-25% tashkil etadi.
Etiologiyasi. RS – virusi 1956-1957 yillarda virusologlar Morris, Chenok va
ularning o’quvchilari tomonidan kashf etilgan. RS – viruslari bemor bolalar nafas
yo’llaridagi zararlangan epitelial ҳujayralardanajratib olingan.
Zararlangan
epiteliylar ichidagi viruslarning bir-biriga yopishib
qolish xususiyatiga ega
bo’lganligi va ushbu viruslarning toza ҳolatda ajratib olinganda ҳam viruslar bir-
biriga yopishib turishiga qarab respirator-sinstitial viruslar deb atala boshlandi.
RS-viruslari RNK – tutuvchi miksoviruslar guruҳiga mansub. Viruslar 90-120
nm o’lchovga ega. odam xujayralarida o’stirib olinadi.
RS-viruslar tashqi muҳitga chidamsiz, ҳarorat 60
0
S va undan ortiq isitilganda
tez nobud bo’ladi. Past ҳaroratda va namlikda uzoqroq saqlanadi. Dezinfekstiya
moddalari ta’sirida, ya’ni 0.5% - 1.0% xloramin, xlor suyuqliklari ishqorlarida o’sha
zaҳoti nobud bo’ladi. RS-virusining 2 ta antigeni mavjud.
Antigenlar odam
eritrostitlarini agglyutinastiya qilish qobiliyatiga ega. Virusning tashqi qobig‘idagi
lipidlar, polisaxaridlar toksik xususiyatga ega. Viruslarning tashqi qobig‘idagi
lipidlar epiteliy ҳujayralar ichiga viruslarning kirib olishini ta’minlaydi.
Epidemiologiyasi. RS-infekstiyasi respirator virusli infekstiyalar guruҳiga
mansub bo’lib, ҳavo-tomchi yo’li orqali yuqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: