Salomatligi xizmati
ESNO-10t infekstiyasi klinikasi
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ob’ektiv ko’rinish
ESNO-10t infekstiyasi klinikasi. Inkubastion davr 1-3 kun. Ayrim ҳolda 7
kungacha davom etishi mumkin. Kasallik o’tkir boshlanadi. 65% - kasallik nafas yo’lining yallig‘lanishi, 35% esa bir vaqtning o’zida nafas yo’lining yallig‘lanishi va ich ketish alomatlari kuzatiladi. Kasallik o’tkir boshlanadi. Bemorlarda aksirish, yo’tal, ҳolsizlik, darmonsizlik, tomoq og‘rig‘i alomatlari kuzatiladi. Bemor isitmasi subfibril 37 0 S-37.5 0 S ko’tariladi. Ayrim bemorlarda isitma ko’tarilmaydi. Bemorlarda oshqozon ichak tizimi jaroҳatlansa ko’ngil aynash, qusish, tez-tez ich ketishi kuzatiladi. Axlat suyuq, ko’kargan, ҳidli bo’ladi. Ushbu ҳolatda isitma 38 0 S gacha ko’tariladi. Bemorlarda ko’z shilliq qavatining yallig‘lanishi (kon’yunktivit) kuzatiladi. Bemorlarda jigar kattalashadi, qorinda gaz yig‘iladi, og‘riq butun qorin bo’shlig‘ida kuzatiladi. Ob’ektiv ko’rinish: Bemorlarning yuzi qizargan, burun kataklarida yallig‘lanish, shish (otek), burun va lab soҳalari ko’kargan (stianoz). Og‘iz shilliq qavatida yallig‘lanish, qizargan (giperemiya). Bo’yin va jag‘ osti limfa tugunlari biroz shishgan (limfodenit). Bemorlar pulsi tezlashgan, yurak tonlari bo’g‘iq tovush, auskultativ dag‘al nafas olish eshitiladi. Bemor o’pkasida dag‘al nafas olish, og‘ir bemorlarda quruq xirillash kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida bemorlarda nafas yo’llarida va oshqozon ichak tizimida yallig‘lanish kuzatiladi. Bemorlarda ishtaҳaning pasayishi, ko’ngil aynash, qusish, qorin soҳada og‘riq, ich ketish kuzatiladi. Bemor qornida gaz yig‘iladi, ich ketish tez-tez kuzatiladi. Ich suyuq, ҳidli, ayrim ҳolda esa shilimshiqli ich ketish kuzatiladi. Bemorlarda buyrak funkstiyasi deyarli buzilmaydi. Ammo tez-tez ich ketishi natijasida bemor siydigi kamayishi kuzatiladi. Markaziy asab tizimida aytarlik o’zgarishlar kuzatilmaydi. Og‘ir bemorlarda ҳolsizlik, darmonsizlik ishtaҳaning pasayishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatiladi. Meningeal, enestefalitik o’zgarishlar kuzatilmaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling