Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet100/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Qiyosiy tashxisot: 
Koronavirus Covid-19 infekstiyasi. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi juda 
tez tarqalish xususiyatiga ega bo’lgan, yuqori isitma, respirator belgilari bilan 
kechadigan yuqumli kasallikdir. Koronavirus Covid-19 infekstiyasi o’tkir 
boshlanadi, bemorlarda yuqori isitma, tumov belgilari: yo’tal, aksirish, burun va 
og‘iz bo’shlig‘ining yallig‘lanishi, mushaklarda, belda og‘riq, titrash, og‘izda maza 
bilmaslik, ҳid bilish qobiliyatining yo’qolishi alomatlari paydo bo’ladi. Yoshi ulug‘ 
va 65 yoshdan katta bemorlarda kasallik og‘ir o’tishi pnevmaniya asoratlarining tez 
va shiddatli paydo bo’lishi bilan muҳim qiyosiy diagnostik aҳamiyatga ega. 
ESNO-10t infekstiyasini o’tkir respirator virusli infekstiyalar (O’RVI) bilan
qiyosiytashxis qo’yish maqsadga muvofiq. 
Qiyosiy tashxisda gripp, paragripp, adenovirus infekstiyasi, rinovirus 
infekstiyalari bilan taqqoslanadi. 
Rinovirus infekstiyasi. Rinovirus infekstiyasida asosiy klinik belgilar rinoreya 
(tumov), ҳid bilish qobiliyatining pasayishi, yo’tal, aksirish kuzatiladi. Ushbu klinik 
belgilar 
xastalikning 
birinchi 
kunidan 
boshlab 
kuzatiladi. 
Rinovirus 
infekstiyasiningasosiy belgilari burundan tez-tez seroz suyuqligi chiqib turishi. 
Isitma va intoksikastiya deyarli bo’lmaydi. 


150 
Gripp va paragripp infekstiyalarida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas 
yo’lida yallig‘lanish alomatlari kasallikning birinchi kunidan boshlab namoyon 
bo’ladi. Gripp va paragripp xastaliklarida laringit, bronxit, traxeit, glassit va 
pnevmoniya alomatlari kuzatiladi.
Gripp epidemiya shaklda keng tarqalish xususiyatiga ega. Ayrim yillarda gripp 
epidemiyasi ҳattoki pandemiya tarzida o’tishi mumkin. 
Paragrippda keng tarqalish bo’lmaydi. Ushbu kasallikda laringit, soxta krupp, 
glassit, traxeobronxit yallig‘lanishlari kuzatiladi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling