Salomatligi xizmati
REOVIRUS INFEKSIYaSI (ESNO – 10t)
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etiologiyasi.
- Epidemiologiyasi.
REOVIRUS INFEKSIYaSI (ESNO – 10t)
Reovirus infekstiyasi (ESNO – 10t) o’tkir respirator virusli infekstiyalar guruҳiga mansub bo’lib, yuqori nafas yo’llarining yallig‘lanishi, intoksikastiya, kuchli bo’lmagan isitma kabi klinik belgilar bilan kechadigan kasallik. Etiologiyasi. Reovirus ESNO-10t. 1959 yilda virusolog Seybin tomonidan kashf etilgan. Reovirus ESNO-10t juda kichik o’lchamga ega (70-80 nm). Tarkibida RNK (ribonuklein kislotasi) tutadi. Tashqi qobig‘ida lipid va gemagglyutinin antigeniga ega. viruslar tashqi muҳitga ancha chidamli, past ҳaroratda, namgarchilikda uzoq muddat saqlanib turadi (8-10 kun). Yuqori ҳaroratda (60 0 va undan yuqori) tez nobud bo’ladi. Dezinfekstiya moddalariga (1% xloramin, xlor 144 ishqori) chidamsiz. Ҳozirgi kunda reovirus ESNO-10t 3 ta antigen tiplari mavjud. ESNO-10t virusi epiteliotrop xarakterga ega bo’lib, yuqori nafas yo’llaridagi epitelial ҳujayralarni jaroҳatlash xususiyatiga ega. Epiteliy ҳujayralariga kirishni ta’minlaydigan omil viruslarning tashqi qobig‘idagi lipidlar, ҳamda gemagglyutinastiya qobiliyatiga ega antigenlar ҳisoblanadi. ESNO-10t virusi epiteliy ҳujayralarining stitoplazmasi, endoplazmatik to’ri, metoxondriyalarini jaroҳatlaydi. Virus RNK si epiteliy ҳujayralar yadrosining o’z tarkibiy qismlarini ishlab chiqarishini vujudga keltiradi. Jaroҳatlangan epiteliy ҳujayralari keyinchalik destruktiv, deskvomatik, nekrotik jarayonlarni keltirib chiqaradi. Epidemiologiyasi. Reovirus ESNO-10t infekstiyasi bemorlar va virus tashuvchilardan sog‘lom odamga ҳavo-tomchi va fekal-oral yo’li bilan yuqadi. Kasallik qo’zg‘atuvchisining manbai: ESNO-10t infekstiyasi bilan kasallangan bemorlar va virus tashuvchilar ҳisoblanadi. Bemor yo’talganda, aksirganda burun suyuqligi, so’lak tarkibidagi viruslarni tashqi muҳitga chiqaradi. ESNO-10t virusi bemor axlatida ҳam uchraydi. Shu tufayli kasallik iflos ko’llar orqali sog‘lomlarga yuqishi mumkin. Bemorlar aksirganda va yo’talganda chiqqan viruslar 1-2 metr masofada bo’lgan sog‘lom odamlarga yuqishi mumkin. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling