Salomatligi xizmati


Download 5.53 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/103
Sana26.10.2023
Hajmi5.53 Kb.
#1725505
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103
Bog'liq
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021

Gripp va paragripp xastaligida yuqori isitma, intoksikastiya, nafas yo’llarida 
yallig‘lanish alomatlari kasallikning birinchi kunidan namoyon bo’ladi. Gripp va 
paragripp xastaligida laringit, bronxit, traxeit, glossit va pnevmoniya alomatlari 
kuzatiladi. Gripp infekstiyasi keng tarqalish xususiyatiga ega. Ayrim ҳollarda 
epidemiya va pandemiya tarzida tarqalishi kuzatiladi. Paragrippda laringit, soxta 
krupp, obstruktiv bronxit alomatlari kuzatiladi. 
Adenovirus infekstiyasi. Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin asta 
boshlanadi. Isitma va intoksikastiya belgilari kundan-kun ko’paya boradi. Isitma 
kasallikning birinchi kunlari 37
0
S, keyinchalik 37.8
0
S va avj olgan davrida 38
0
S va 
undan ortiq ko’tariladi. Bemorlarda ko’z shilliq pardasi yallig‘lanishi 
(kon’yunktivit, keratokon’yunktivit) limfa tugunlarning yallig‘lanishi, nafas 
yo’llarida yallig‘lanish (traxeit, bronxit, bronxeolit, pnevmoniya) kuzatiladi. 
Oshqozon-ichak tizimida ҳam o’zgarishlar kuzatiladi. Bemorlarda gepatomegaliya, 
splenomegaliya, mezadenit yallig‘lanishi kuzatiladi. Adenovirus infekstiyasida 


143 
jaroҳatlanish barcha organ va tizimlarda kuzatiladi. Ushbu infekstiya 12-17 kun 
davom etadi. 
RS – infekstiyasi rinovirus xastaligi, reovirus ESNO – (tip 10), pnevmokokk 
pnevmoniyasi xastaliklari bilan qiyosiy tashxis qilinadi. 
Profilaktikasi. RS – infekstiyasining profilaktikasi boshqa o’tkir respirator 
virusli infekstiyalardan farq qilmaydi. 
Bemorlar uyda davolanadi va aloҳidalanadi. Uyda bemorlar aloҳida xonaga 
yotqiziladi. Bemor yotgan xona kuniga 2-3 marta dezinfekstiya moddalari bilan 
tozalanib turiladi. 
Bemorlar oila a’zolari gigienik ҳimoya niqoblari taqib yuradi. Bemorlarning 
idish-tovoqlari aloҳida bo’lishi maqsadga muvofiq. 
Bemor qo’llari bir marta ishlatiladigan gigienik salfetkalar bilan tozalanishi 
maqsadga muvofiq. 
Bolalar muassasalari va maktablarda isitmasi chiqqan bemorlar kuzatilsa
kasallar izolyatorga yotqizilib, birinchi yordam ko’rsatiladi, so’ng oilaviy 
shifokorga va ҳududiy sanitariya-epidemiologiya markaziga xabar beriladi. 
Bemorlar qayd etilgan bolalar bog‘chalari va maktablar xonalari dezinfekstiya 
moddalari bilan tozalanadi. Bog‘cha tarbiyachilari, maktab o’qituvchilari va 
sog‘lom bolalar qo’llarini tez-tez sovunlab yuviladi va dezinfekstiya moddalari bilan 
tozalanadi. Bemor bolalar 7 kun ichida uyda davolanadi. 

Download 5.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling