Salomatligi xizmati
Download 5.53 Kb. Pdf ko'rish
|
KL-Ўзбекча12.02.2021-РШМ-03.05.2021
- Bu sahifa navigatsiya:
- Profilaktikasi.
Adenovirus infekstiyasi.
Adenovirus infekstiyasida kasallik sekin-asta boshlanadi. Isitma va intoksikastiya belgilari kundan-kunga ko’paya boradi. Isitma kasallikning birinchi kunlari 37 0 S, keyinchalik 37 0 – 37.8 0 S, avj olgan davrida 38 0 S va undan ortiq ko’tariladi. Bemorlarda ko’z shilliq pardasining yallig‘lanishi (kon’yunktivit, keratokon’yunktivit), limfa tugunlarning biroz kattalashishi, nafas yo’lida yallig‘lanish (traxeit, bronxit, bronxeolit, pnevmoniya) kuzatiladi. Bir vaqtning o’zida oshqozon- ichak tizimining yallig‘lanishi, bemorlarda gepatomegaliya, splenomegaliya, mezadenit yallig‘lanish kuzatiladi. Adenovirus infekstiyasida jaroҳatlanish barcha organ va tizimlarda kuzatiladi. Kasallik davomiyligi 12-17 kun. ESNO-10t infekstiyasini o’tkir diareya, alimentar diareya, disbakterioz, rotovirus infekstiyalari bilan qiyosiy tashxis qilinadi. Profilaktikasi. ESNO-10t infekstiyalarning profilaktikasi boshqa o’tkir respirator virusli infekstiyalarda qo’llaniladigan chora-tadbirlardan farq qilmaydi. Bemorlar uy sharoitida davolanadi. Bemorlar uyda aloҳida xonalarga aloҳidalanadi. Bemor yotgan xona kuniga 2-3 marta dezinfekstiya moddalari bilan tozalanadi. Bemor oila a’zolari gigienik ҳimoya niqoblari taqib olishlari shart. Bemorlar ishlatadigan idish-tovoqlar va sochiqlar aloҳida bo’lishi maqsadga muvofiq. Bolalar muassasalari va maktablarda issig‘i chiqqan bemor bolalar kuzatilsa, izolyastiyaga yotqizilib birinchi yordam ko’rsatiladi, so’ng oilaviy shifokorga va ҳududiy sanitariya-epidemiologiya markaziga xabar beriladi. Bemor bolalar va o’quvchilar qayd etilgan ҳolda bog‘chadagi bolalar xonalari, maktab sinflari dezinfekstiya moddalari bilan 2 maҳal tozalanib turiladi. Sog‘lom bolalar va maktab 151 o’quvchilari, tarbiyachilar, o’qituvchilar ҳimoya niqoblari taqishlari lozim, qo’llar tez- tez sovunlab yuviladi. Bemorlar 7 kun ichida uydan tashqariga chiqmasdan davolanadi. Klinik belgilar kuzatilmasa, tashqariga chiqishga ruxsat beriladi. Download 5.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling