Salomatlik inson uchun eng katta boylikdir, uni juda oson yo’qotish mumkin lyokin katta qiynchilik bilan tiklanadi
Download 18.64 Kb.
|
2-лабаратрия педиатьрия (1)
Salomatlik inson uchun eng katta boylikdir, uni juda oson yo’qotish mumkin lyokin katta qiynchilik bilan tiklanadi. Halq makollariga ko’ra “Salomatlik botmon-botmon bo’lib ketadi, mizqol-mizqol bo’lib kaytadi”, “Aholi salomatligi – davlat boyligi”. SHu bilan, birga oila va jamiat uchun juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan muammo o’sib kelayotgan avlodni salomatligini saqlash va muhofaza qilish. Bola o’z hayotini oilada boshlaydi. Undan keyin maktabgacha ta’lim muassalarida hamda umum ta’lim tashqilotlarida davom etadi va mustaqil hayotga kirib keladi. Olimlar tadqiqotiga ko’ra uzluksiz ta’limni bosqichlaridan o’tgan bola mustaqil hayotga salomatlikni holati bilan kirib kelada (yashirin yoki ko’zga tashlaniladigan holda). - 52 % turli xil kasalliklarga chalingan; - 42 % turli xil nevrozlar uchraydi; - 36% qaddi qomatni buzilishi; - 27% ko’z utkirligini buzilishi. O’zbyokiton Respublikasi mustaqillika erishganidan so’ng o’sib kelayotgan avlodni salomatligini saqlash borasida katta ishlar qilinib davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Salomatlik – bu organizmni fiziologik me’yorda funktsiyasini amalga oshirishdir. Jismoniy, ruxiy va ma’naviy salomatliklarni farqlaydilar. Sog’lom avlod uchun davlat dasturi ta’lim sohasida xodimlar uchun quyidagi laxzalari bo’yicha qiziqish tug’diradi. 1. Har bir halk ta’limi xodimi minimal tibbiy gigienik bilimlarga ega bo’lishi zarur. 2. Har bir ta’lim soxasidagi xodim o’z fani bo’yicha Davlat ta’lim standart talablarini va ta’lim tarbiyani gigienik me’yorlarini bilishi zarur. 3. Sog’lom turmush tarzi va uni asosiy komponentlarini ya’ni: a) aktiv harakat rejimi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish, chiniqtirish; b) ovqatlanish, mehnat qilish va dam olish gigienasi (kun tartibiga rioya qilish); v) shaxsiy va jamoat gigienasiga rioya qilish; g) atrof muhitni himoya qilish (ekologiya va salomatlik); d) shikastlanish va baxtsiz hodisalarni oldini olish. e) to’g’ri jinsiy tarbiya berish; yo) insonlar aro munosabatlarning va ta’lim-tarbiya jarayoniga qo’yiladigan psixogigienik qoidalariga rioya qilish. 4. O’sib kelayotgan yosh avlodini gigienik tarbiyalash: a) organizm tuzilishi va faoliyati to’g’risida bilim berish; b) o’z-o’zini va atrofdagilarni salomatligini saqlashga oid ko’nikma va malakalarni hosil qilish; v) ularni ijobiy va foydali odatlarga aylantirish. “Pediatriya va bolalar gigienasi” kursi nazariy bilimlar, bolalarni sog’ligini saqlash va mustahkamlash haqida amaliy ko’nikma va malakalarni hamda maktabgacha tarbiya 6 muassasalarida ta’lim tarbiya ishlarini gigiena talablari asosida tashqil etish o’z ichiga qamrab oladi. Pediatriya – bu sog’lom va bemor bola haqida fan. Bolalar gigienasi maktabgacha yoshdagi bolalar salomatligi va uni rivojlanishiga atrof muhitni ta’sirini o’rganadigan, bolalarni gormonik mustahkamlashga oid tadbirlarni ishlab chiqishini o’rganadigan fandir. Kursni asosiy vazifalari quyidagilar: - bolalarni salomatligini saqlash va uni muxofaza qilish to’g’risida bilimlar berish; - tashqi muhit sharoitini to’g’ri tashqil etishga yo’naltirilgan usul va malakalarini egallash; - MTM-da ta’lim-tarbiya jarayoni gigienik baholashga o’rgatish. Mazkur kurs maktabgacha pedagogiga, yosh psixologiyasi, hamda qator tibbiy yo’naltirilgan sohalar oftalьtologiya, otorinaringologiya, nevropatologiya, psixiatriya va boshqalar bilan bog’liq. Faqat keng – qamrovli – faklar-aro-integral yondoshuv o’sib qilayotgan organizmda yuzaga keladigan o’zgarishlar ortirish, fizologik normadan chetlanishni oldini olish to’g’risidagi bilimlarni mustaqil poydevorini yaratadi. Pediatriya sog’lom va bemor bolani o’rganadi hamda tug’ilishdan to voyaga yetgunicha bolani salomayligini o’rganadigan fan bo’lib, u maktabgacha gigienani, kasalliklarni va bolani davolash masalalarini o’z ichiga oladi. Pediatriya va bolalar gigienasi o’rganish predmeti quyidagilardan iboratdir: - ilk maktabgacha yoshdagi bolalarning yosh hususiyatlari; - bolalarni jismoniy rivojlanish va salomatligi; - baxtsiz hodisalar va jaroxatlanishda birinchi yordam berish hamda bolalar kasalligini oldini olish; - ayrim organlar va nerv sistemasini gigienasi; - jismoniy tarbiya gigienasi; - bolalarni ovqatlanishini gigienik asoslari; - bolalarni gigienik tarbiyalash MTM xodimlari va ota-onalar o’rtasida sanitariyaokqrtiruv ishlarini olib borish; - MTM planirovkasi va obodonlashtirishga qo’yiladigan gigienik talablar. Pediatriya va bolalar gigienasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasi. Mazkur fan o’z tatqiqotlarida biologiya, tibbiyot, pedagogika, psixologiya va boshqa fanlarning tajriba va yutuklariga tayanadi. Bu fanlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’lish bolalarning to’g’ri rivojlanishiga va salomatligini mustahkamlashni ta’minlaydi, gigienik tadbirlarni amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratadi, hamda MTM-da kasalliklarni oldini olishda masalalarini hal etishga imqon yaratadi. Pediatriya va bolalar gigienasi quyidagi tadqiqot metodlaridan foydalanadi: - tabiiy-gigienik tadqiqot metodi (atrof muhit omillarni organizmga ta’sirini o’rganishni imqon beradi); - fiziologik metodi (sog’lom va bemor bola, turli yoshdagi bolalar to’g’risida); - matematik-statistik metodi; - laboratoriya-tadqiqot metodi. Talabalar «Pediatriya va bolalar gigienasi» fanini o’rganish davomida qo’yidagi bilim va amaliyotlarga ega bo’lishlari kerak: -pediatriya va bolalar gigienasi rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar; -pediatriya va bolalar gigienasini o’rganish usullari; - sog’lom va bemor organizmni o’ziga xosliklari; - kasallik sabablari va ularning tarkalish yo’llari; - gigienik faktorlarning bola sog’ligiga ta’siri; - kasallik ta’rifi va ularni oldini olish yo’llari; - maktabgacha ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan gigienik talablar; 7 - maktabgacha ta’lim muassasalaridagi o’quv-tarbiyaviy protsesslarga qo’yilgan gigienik talablar. - Yosh davrlarning tavsifnomasi Fiziologlar va tibbiy xodimlar bolalarning turli bosqichlardagi o’sish va rivojlanish hususiyatlarni aniqlash uchun bir nechta yosh davrlarni ajratganlar. Yosh davrlarga ajratishda quyidagi ko’rsatkichlarga asoslanishgan: tishlarning chiqishi, skeletning ayrim qismlarini suyaklanishi, o’sish va psixik rivojlantirishni hususiyatlari va h.k. Pediatriyada eng keng tarkalgan N.P. Gundobin tomonidan ishlab chiqilgan tavsifnomasidir. N.P. Gundobin tavsifnomasida bolaning o’sib – o’lg’oyatgan organizmini biologik hususiyatlari asosga olinib qo’ydagilarga bo’linadi: 1. Yangi tug’ilish davri – (kindigi tushgunicha). 2. Ko’krak yoshi davri - (1 yoshgacha). 3. Sut tishlar davri – (1 yoshdan – 6-7 yoshgacha). 4. Katta bolalik davri – (8-11 yoshgacha). 5. Balog’at yoshi davri – (12-17 yosh). 1965y. Moskvada o’tgan yosh davrlarga bag’ishlangan halqaro simpoziumda yosh davrlar sxemasi ta’sdiqlangan, unga ko’ra qo’yidagi bosqichlar ajratilgan: 1. Yangi tug’ilish davri – (1kundan – 10 kungacha). 2. Ko’krak yoshi davri - (1 yoshgacha). 3. Ilk bolalik davri – (1- 3 yoshgacha). 4. Birinchi bolalik davri – (4-7 yoshgacha). 5. Ikkinchi bolalik davri – (8-12 yoshgacha - o’g’il bolalar; 8-11 yoshgacha qiz bolalar). Maktabgacha ta’lim muassasalari 2-7 yoshgacha bo’lgan bolalarga mo’ljallangan, guruhlar bolani yoshiga karab tashkillashtiriladi. 1. Yangi tug’ilgan davri (tug’ilishdan bolani kindigi tushgunicha, o’rta hisobdan 2 haftagacha). Bola tug’ilishi bilan hayot sharoitlarini keskin o’zgarishlari tufayli uni organizmi yangi sharoitga moslashadi. Bu xol ko’pgina organ va tizimlarning faoliyatiga ta’sir etadi va ularni buzilishiga olib keladi. Tug’ilgandan song -2-4 kun ichida) bolani vazni 6-10%-ga kamayadi, terisini sarg’aishi yoki qizarib ketishi, tana har oratini o’zgarishi natijasida bolani tana har orati yoki ko’tariladi yoki pasayishi quzatilgan. To’g’ri ovqatlanish va parvarish etish natijasida bu belgilan 2-chi haftani ohirida yo’qolib ketadi. SHu yosh davrda ko’zatiladigan kasalliklar qo’yidagi sabablarga bog’liqdir: - ona qornidagi rivojlanishni buzilishi; - chala rivojlanish; - nuqsonlarni paydo bo’lishi; - tug’ilish vaqtida jaroxatlanishlar (miyaga qon quyilishlar; shishishlar paydo bo’lishi; suyaklarni sinishi va nasl bilan bog’likligi, ya’ni gemofiliya, aqliy rivojlanishda orqada qolishi quzatiladi). Bu davrda bolaning to’g’ri rivojlanishining faqat ona suti bilan ovqatlanish ta’minlaydi. Ko’krak yoshi davrida boshqa davrda quzatiladigan bolani o’sish va rivojlanishi intensiv tarzda amalga oshiriladi. Birinchi yarim yilda bolani vazni 600 gr., buyi 2,5-3 sm. ko’shiladi. Bolani tez o’sishi va rivojlanishi uchun kerakli darajada, ovqat bilan ta’minlash zarur, ammo ovqat hazm qilish tizimi hali yetarli darajada rivojlanmagani uchun ovqatni sifati yoki hajmi o’zgarish natijasida bolalalarda o’tkir yoki surunkali kasalliklar vujudga keladi. SHu bilan avitaminoz, eksudativ diatez yuzaga qelishi mumkin. Bolani terisi juda yupqa va nozik bo’lgani uchun ularda tez-tez terini yallig’lanishi va yiringlashiga olib keladi. Yuqumli kasalliklar ham ko’krak yoshidagi bolalarda kamdan kam uchraydi. 8 Kichik yoshdagi bolalar ko’p vaqtini uyquda o’tkazadi, chunki ularda nerv tizimida qo’zgalish jarayoni tezlik bilan tormozlanish holatiga o’tadi. Bolani birinchi yoshida nutq rivojlanishi boshlaydi, oldin tovushlar paydo bo’ladi so’ng so’zlashga harakat qiladi. Bir yoshdagi bola atrofdigilarni so’zlarini tushunadi va o’zi ham 5-10 so’zni gapira oladi. Bir yoshda bola o’tiradi, yaxshi turuda va yurishga harakat qiladi. Ilk bolalik davri 1-3 yoshgacha bo’lib, yasli davri deb hisoblanadi. Bu davrda bolani o’sishi va rivojlanishi birmuncha suslashashadi. Bir yilda bolani buyi 8-10 sm., vazni 4-6 kg. ortadi. Bolani sut tishlar 8-ta-gacha va ovqat shiralarini hajmi va qontsentratsiyasi ko’paiyshi natijasida uni asta-sekinlak bilan umumiy ovqatlanishga o’tkaziladi. 2 yoshgacha bolalarda tayanch har aqat apparatining intensiv rivojlanishi ko’zatiladi, nerv tizimi va sezgi organlar tezlik bilan rivojlanadi, har aqat koordinatsiyalari rivojlanadi, bolani mustaqil yurishi natijasida tashqi muhit bilan tezrok aloqada bo’ladi, lug’at hajmi 200- 300 so’zga yetadi va u to’lik jumlalar tuza oladi. Bola atrof muhit va boshqa bolalar bilan kengroq aloqada bo’lishi natijasida yuqumli kasalliklar xafi ko’payadi. Bola yoshi katalashgan sari onadan o’tgan immunitet susayadi va turli xil yuqumli kasalliklar (qizamik, ko’k yo’tal, dizentiriya va x.k.) soni ko’paya boshlaydi. Bu davrda bolalar bilan turli yo’nalishdagi tarbiya ishlarini amalga oshirish zarur. Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-7 yoshgacha). Bu davr bolaning o’sish tezligini susaishi bilan har akterlanadi, uni bo’y o’sishi bir yilda 5-8 sm., vazni esa 2 kg. ortadi. Tana proportsiyasini o’zgarishi yaqqol ko’zga tashlanadi. 6-7 yoshdagi bolalarda kalla suyagi tanaga nisbati 1:6 tashqil etadi. Bu yoshdagi bolalar murakkab koordinatsiyalashgan jismoniy mashqlarni bajarish qobiliyatiga egadir, chunki ularni mushak to’qmalarining innervatsion apparati ancha yaxshi rivojlangan. Bu yoshdagi bolalar sakrash va tez yugurish, zinada erkin yurishga, musiqa asboblarni chalish, rasm solish, yasash, kog’ozdan turli hil murakkab ornamentlarni kaychida kesib olish malakalarni o’zlashtira oladilar. Bu yoshdagi bolalar ancha uzoqroq muddat turli xil faoliyat bilan shug’ullanish imqoniyatiga ega, chunki ularni nerv xujayralarini ko’zg’alishi qobiliyati ancha ortib boradi. 3-yoshdagi bolani so’z lug’ati ancha ortib boradi va bolani hulq atvorini shakkillanishi nutq katta ahamiyatga egadir. Harakatli o’yinlar va mashg’ulotlar, she’r va ashula aytish, kattalar bilan muloqatda bo’lish bolaning nutqini rivojlanishiga olib keladi. Bolao’ar nutqi ravon va tug’ri bo’lishi atrofdagi kattalar har bir so’z va jumlalarni tug’ri talaffuz etishiga bog’lik chunki bolalar ularga o’xshatib gapirishga harakat qiladilar. Bolalarni nutqini rivojlanishining susaishiga kattalarni bolalarga etiborsizligi hamda o’tkir va surunkali kasalliklar sabab bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarda nutqini rivojlanishini susaishi va ayrim tovushlarni notug’ri talaffuz etishi logoped mutahasisi yordamida bartaraf etiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ovqat hazm qilish tizimining kasalliklari nisbatdan kamroq uchraydi, lyokigin bolalar yuqumli kasalliklari (qizilcha, angina, nafas olish yo’llarni yalig’lanish va h.q.) tez-tez uchrab turadi Bolalarni jismoniy rivojlanishi va salomatligi 9 Mamlaqatimizda o’sib kelayotgan yosh avlodni salomatligiga katta e’tibor beriladi. Millatni kelajagi va uning faravonligi yosh avlodning salomatligini mustaxqamlash va himoya qilishiga bog’liqdir. Ma’lumki bolalar salomatligi ularda faqat kasalliklar bor yoki yo’qligiga bog’lik emasligi, balki uning yoshiga qarab rivojlanishiga va tizimlarning faoliyatiga bog’liqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni asosan sog’lom bolalar tashqil etadi, ularni (30%) – birinchi guruhga kiradi; (40%) – ikkinchi guruhga; (28%) – uchunchi guruhga va (2%) – turtinchi guruhga kiradi. Bolalar kasallannishi darajasi va ularning tarqalishi hamma yerda bir hil emas, ular sanitariya va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashqil etilishiga bog’likdir. Aytish joizki, davlatimizda bolalar va o’smirlar kasallanishi yildan yilga pasayib bormoqda. Bolalar salomatligini muhim ko’rsatkichlaridan biri ularning jismoniy rivojlanishidir, ya’ni tana uzunligi (bo’yi); vazni (tana og’irligi); ko’krak qafasini aylanmasi (ekskursiyasi); ko’larini kuchi; (dinamometriya); tayanch – harakat apparatining holati (ko’krak qafasini shakli, oyok, tavon holati, mushaklarni rivojlanishi va h.k.). Bularni to’g’ri rivojlanishiga turli xil kasalliklar ta’sir etishi mumkin. Bolalarni jismoniy rivojlanishi ular yoshiga , jinsiga, millatiga hamda ijtimoiy, iqtisodiy, atrof muhitni o’zgaruvchan sharoitlariga bog’likdir. Bular asosida jismoniy rivojlanishi mahaliy standartlari ishlas chiqiladi va ular har 5-10 yilda yangilanib turishi zarur. Bola qancha yosh bo’lsa shunchalik tez-tez tibbiyot ko’rigidan o’tkazilashi lozim , 1- yoshgacha har oyda : 1-3 yoshgacha har 3 oyda; 3-7 yoshda yarim yilda bir martda. Nazorat savollari 1. Pediatriya fani qanday fan 2.Yoshni davrlarga bo’linishi 3.Akseleratsiya qanday jarayon 4.Retardatsiya qanday jarayon Adabiyotlar ro’yxati 1.The Rignt Start to a Healthy Life. Contact : i.stegeman @eurohealthnet.eu, c.costongs @eurohealtnet.eu EuroHealthNet, Rue de la Loi 67 , 1040 Brussels, Belgium 2. M.N.Ismoilov., “Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi”, T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” 1994 y. 3. O.Raxmatov., “Bolalar yuqumli kasalliklari”. T.:Cho‘lpon. 2008y 4. T.S.Usmonxo‘jaev., M.T.Toirova “Kichkintoylarni gigienik tarbiyalash”. T. O‘qituvchi. 1997 y. 5. S.X.Aripova.,“Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi”.T.: Fan va texnolog Download 18.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling