Salomatlikni saqlashning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi


Download 78 Kb.
Sana24.10.2023
Hajmi78 Kb.
#1719100
Bog'liq
Salomatlikni saqlashning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi


Salomatlikni saqlashning birlamchi va ikkilamchi profilaktikasi
Reja:

  1. Salomatlikni saqlashning birlamchi profilaktikasi.

  2. Salomatlikni saqlashning ikkilamchi profilaktikasi

Profilaktika (yun. profi laktikos saklovchi, oldini oluvchi) — odamlarning uzoq umr ko'rishi, ishlash qobiliyatini saqlab qolishi, aholining jismoniy rivojlanishini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar. kasalliklarning yuzaga kelishi va tarqalishini oldini olish hamda salomatlikni himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy, gigiyenik va tibbiy chora-tadbirlar majmui. P. jamoat tashkilotlari va alohida fuqarolar tomonidan amalga oshiriladi.


P. tushunchasi va uning amaliy shakli jamiyatning tarixiy taraqqiyoti davrida iqtisod, davlat tuzumi va ilm-fanning rivojlanishiga qarab oʻzgarib turgan. P. qadim zamondan maʼlum. Qad. tibbiyotda shaxsiy gigiyena va toʻla-toʻkis ovqatlanish qoidalariga amal qilish bilan kasalliklarning oldini olishga katta ahamiyat berilgan, lekin P. 19-asrdan boshlab ilmiy jihatdan asoslab berildi. Kasalliklarning paydo boʻlishi va tarqalishida tashqi muhitning ahamiyatini oʻrganish, mikrobiologiya, fiziologiya, immunologiya va gigiyena sohasida qoʻlga kiritilgan yutuqlar ilmiy P.ning tashkil topishiga imkon berdi.
Zamonaviy P. inson salomatligiga salbiy taʼsir etadigan omillarni yoʻqotishni koʻzda tutadigan hamda ularning jismoniy va maʼnaviy irodalarini har tomonlama oʻstirishni taʼminlaydigan, davlat va jamoat ahamiyatiga ega boʻlgan kompleks tadbirlar tizimini oʻz ichiga oladi.
Shaxsiy, jamoat, tibbiy P. farqlanadi. Shaxsiy P.ga insonning oʻz sogʻligʻini saqlashi va mustahkamlashiga qaratilgan choralar, yaʼni sogʻlom turmush tarziga amal qilish, shaxsiy gigiyena, nikoh va oila, shuningdek, kiyim-kechak, ovqatlanish gigiyenasi, oʻsib kelayotgan avlodni gigiyenik tar-biyalash, ratsional ishlash va dam olish, faol jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanish kiradi.
Jamoat P.siga jamoat tashkilotlari tomonidan fuqarolarni jismoniy va maʼnaviy rivojlantirishni taʼminlovchi, xalq sogʻligʻiga yomon taʼsir qiluvchi omillarni kamaytirishga kara-tilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, qonuniy, tarbiyaviy, sanitar-texnik, sanitargigiyenik, epidemiologik va tibbiy chora-tadbirlar kiradi.
Tibbiy P. birlamchi va ikkilamchi boʻladi. Birlamchi tibbiy P. kasalliklarning kelib chiqish sabablari va rivojlanishiga qarshi qaratilgan ijtimoiy, tibbiy, gigiyenik va tarbiyaviy choralar; tashqi muxitning nomaqbul taʼsiriga organizmning chidamliligini oshirish; organizmning soglom holatini saklab qolish, unga pa-tologik taʼsir kursatuvchi omillarning oldini olish; dispanserizatsiya oʻtkazish va yuqumli kasalliklarga qarshi emlashdan iborat. Ikkilamchi tibbiy P. kasalliklarni erta aniklash, patologik jarayonning rivojlanishi, uning asoratlari va retsidivlarining oldini olishga karatilgan chora-tadbirlar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng insonlarning sogʻlom turmush tarzini yaxshilashga, atrof-muhitni himoya qilish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, sportning ommala-shuvi va profilaktik tibbiyotni rivojlantirishga karatilgan qonunlar, dasturlar qabul qilindi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish tadbirlari ona va bolalar kasalliklari va oʻlimining keskin kamayishiga, chilla davri kasalliklarining oldini olishga, soglom avlod yaratilishiga yordam bermoqda. Hozirgi oldingi poliklinikalar va shifoxonalar oʻrniga oilaviy poliklinika va "Onalar va bolalar" markazlari tashkil etildi. Tibbiyot intlarida oilaviy shifokorlar tayyorlash dasturiga oʻtildi. Tugʻruqxonalar oʻrnini perinatal markazlar egalladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 6-noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inini takomillashtirish hamda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilish avvalida qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalar faoliyatidagi muammolar tahlil qilindi. 2019-yilgi o‘lim holatlarining 60 foizi shu bo‘g‘inda oldini olish mumkin bo‘lgan yurak-qon tomir kasalliklari hisobiga to‘g‘ri kelgan. Onkologiya yo‘nalishidagi bemorlarning yarmida kasallik ikkinchi va uchinchi bosqichga o‘tib bo‘lganidan keyin aniqlanmoqda. Birinchi bo‘g‘inda sifat pastligi uchun aholi to‘g‘ridan-to‘g‘ri markaziy shifoxonalarga borishga majbur bo‘lmoqda.
Chunki sharoit bilan talab, ish hajmi mutanosib emas. Masalan, qishloq vrachlik punktining umumiy amaliyot shifokori zimmasiga 146 turdagi kasallikka diagnoz qo‘yish va davolash, 213 turdagisiga birlamchi diagnoz qo‘yish va yo‘llanma berish, shuningdek, reabilitatsiya, dispanserizatsiya va profilaktika bo‘yicha juda ko‘p vazifalar yuklatilgan.
Shu bois davlatimiz rahbari qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalardagi tibbiy xizmat tizimi, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarining vazifa va funksiyalarini to‘liq qayta ko‘rib chiqish zarurligini aytdi.
Ilg‘or xorijiy tajriba asosida umumiy amaliyot shifokorini haqiqiy oilaviy shifokorga aylantirish choralari belgilandi. Ularga yordam berish uchun terapiya, pediatriya, akusherlik va patronaj bo‘yicha tibbiyot brigadalari tashkil etiladi. Bu brigadalar o‘zlariga biriktirilgan oilalar kesimida “tibbiy xarita”lar shakllantirib, manzilli ish olib boradi. Aholining salomatlik holati baholanib, elektron bazasi yaratiladi. Buning uchun tibbiyot xodimlari planshet, mobil diagnostika vositalari bilan ta’minlanadi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalar, homilador, tug‘ish yoshidagi va 35 yoshdan oshgan ayollar, 40 yoshdan oshgan shasxlar doimiy nazoratga olinib, skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi. Kasallikka moyil bo‘lganlar individual patronajga olinadi.
Bundan buyon, bepul tibbiy yordam uchun yo‘llanmani hamda bepul tarqatiladigan dorilarga retseptni ham oilaviy shifokor beradi. Mahalladagi aholining salomatlik ko‘rsatkichlari, kasalliklarning erta aniqlanishiga qarab, oilaviy shifokorlar mehnati rag‘batlantiriladi.
Mutasaddilarga ushbu tizimni shahar va tumanlarda bosqichma-bosqich joriy etish, tibbiyot brigadalarini ilg‘or tajriba asosida qo‘shimcha o‘qitish, oilaviy shifokorlar faoliyatini baholash mezonlari va rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda kadrlar masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi. Qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 20 mingdan ziyod shifokor shtati bor, lekin atigi 12 ming mutaxassis ishlamoqda. Chunki bugungi kunda umumiy amaliyot shifokori kasbi oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari uchun jozibador emas. Xodimlarni rag‘batlantirish, malakasi va lavozimini oshirishga e’tibor yo‘q.
Shu bois Prezident shifokorlarga munosib sharoitlar yaratish orqali ularni eng quyi bo‘g‘in – qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalarga jalb qilish zarurligini ta’kidladi.
Buning uchun chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq olis hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i beriladi, ular xizmat uyi bilan ta’minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilinadi.
Shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojlarni mahallalar kesimida aniqlab, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida kvotani oshirish, ipoteka asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo birlamchi bo‘g‘in shifokorlari uchun ajratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusi yili 100 ta qishloq vrachlik punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi belgilandi.
Sirdaryo viloyati misolida har bir bo‘g‘in vazifalari aniq belgilangan, davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar va dori vositalari paketlarini ishlab chiqish topshirig‘i berildi. Buni moliyalashtirish uchun davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari joriy etilib, alohida jamg‘arma tashkil qilinadi.
Shifokorlar ish kunining 60 foizini hisobot to‘ldirishga sarflayotgani ta’kidlanib, bu jarayonlarni raqamlashtirish vazifasi qo‘yildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, davolash inson salomatligini ta’minlashning 10 foiz omili, xolos. Irsiy omillar 15 foiz, atrof-muhit 20 foiz, eng asosiysi, turmush tarzi 55 foizni tashkil etadi. Koronavirus kasalligi ham noto‘g‘ri turmush tarzi og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi.
– To‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy faollik orqali qanchadan-qancha kasalliklarning oldini olish, insonlar hayotini saqlab qolish mumkinligini barcha tushunishi kerak, – dedi Prezident.
Birlamchi bo‘g‘in xodimlari aholini to‘g‘ri ovqatlanish va jismoniy tarbiyaga o‘rgatishi muhimligi ta’kidlandi.
Aniqlanishicha, 40 foiz ayollarda foliy kislotasi va temir moddasi yetishmasligi kuzatilmoqda, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 55 foizida temir moddasi yetishmasligi sababli kamqonlik kelib chiqyapti. Bog‘cha va maktab yoshidagi 70 foiz bolalarda ichak parazitar kasalliklar mavjud.
Shu bois kelgusi yil 1-iyundan boshlab, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarni vitaminlar va mikronutriyentlar bilan, 10 yoshgacha o‘g‘il-qizlarni parazitlarga qarshi dorilar bilan, homilador, emizikli ayollar va 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni yod preparatlari bilan, 35 yoshgacha ayollarni foliy kislotasi va ferrum bilan bepul ta’minlash choralari belgilandi. Ushbu dori vositalari va vitaminlar oilaviy shifokorlar tomonidan tarqatiladi.
Yig‘ilishda har bir hududdagi kasalliklar tarkibiga qarab, ixtisoslashgan davolash muassasalari tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Misol uchun, Farg‘ona va Sirdaryoda nafas yo‘llari, Qashqadaryoda endokrinologik, Toshkent shahrida oshqozon-ichak, Andijonda yurak qon-tomir, Qoraqalpog‘iston va Xorazmda buyrak kasalliklari eng ko‘p qayd etilgan.
Shu kabi dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha hududlarda ilg‘or xorijiy klinikalar filiallarini tashkil etish, bunga xususiy sektorni jalb qilish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
17 ta ixtisoslashgan tibbiyot markazini hududiy shifoxonalar bilan bog‘lash, telemeditsina orqali tajriba almashinuvni rivojlantirish, kasalliklar turi va dinamikasidan kelib chiqib, joylarda ixtisoslashgan markazning mintaqaviy filiallarini tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari ushbu yig‘ilish Tibbiyot xodimlari kuni arafasida o‘tkazilayotganiga urg‘u berib, barcha shifokorlarni bayram bilan tabrikladi.
– Bugungi davr talabi shundayki, bayram kunlari, tantanali ayyomlarda ham, hayotning o‘zi oldimizga qo‘yayotgan turli muammolar haqida o‘ylashimiz, ularning samarali yechimlarini topishimiz zarur. Barcha sohalar qatori tibbiyot tizimi oldida ham g‘oyat murakkab vazifalar yuzaga kelmoqda. Inson salomatligi uchun o‘zini mas’ul va javobgar deb hisoblaydigan har bir tibbiyot xodimi bilim va malakasini doimiy oshirib borishi, yangi texnologiyalar va davolash usullarini har tomonlama puxta egallashi eng o‘tkir masalaga, hayotiy zaruratga aylanmoqda. Aminmanki, Abu Ali ibn Sinodek buyuk ajdodlarimizning munosib vorislari, O‘zbekiston tibbiyot maktabi an’analarining davomchilari bo‘lgan siz, azizlar, o‘z faoliyatingizni ana shunday yuksak mezonlar asosida tashkil etib, olijanob burchingizni bundan buyon ham sharaf bilan ado etasizlar, – dedi Prezident.
Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash, malakali kadrlar tayyorlash, xorijiy tibbiyot markazlari va oliygohlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlikni kuchaytirish masalalari davlatimizning doimiy e’tiborida bo‘lishi ta’kidlandi.
Pandemiyaning birinchi kunlaridan boshlab bu kurashga 100 mingdan ziyod tibbiyot xodimlari safarbar etilgani, ular o‘zlarini ayamasdan, jonlarini garovga qo‘yib, haqiqiy qahramonlik ko‘rsatayotgani e’tirof etildi.
– Ishonaman, jonkuyar shifokorlarimiz bugungi belgilangan vazifalarni ham fidoyilik va matonat bilan, bor bilim va tajribalarini ishga solib, albatta uddalaydilar. Eng katta boylik bo‘lgan xalqimiz salomatligini saqlashda haqiqatda jonbozlik ko‘rsatadilar, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Videoselektor yig‘ilishida soha mutasaddilari, viloyat hokimlari, tibbiy markazlar va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Aholida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish, kasalliklarni erta aniqlash va davolashning ilg‘or tajribasini joriy etish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6035-son Farmoniga muvofiq:
1. Quyidagilar tibbiy profilaktikaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
dastlabki profilaktika — qulay atrof-muhitni yaratish (ekologik ahvol, insonlarning mehnat, yashash va dam olish sharoitlarini yaxshilash), aholi salomatligiga salbiy ta’sir etuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilishining oldini olish, oziq-ovqat mahsulotlarini, jumladan unni fortifikatsiyalash, tuzni yodlashtirish;
birlamchi profilaktika — emlash, maqsadli skrining va tibbiy ko‘riklarni amalga oshirish, oqilona ish va dam olish, sport bilan muntazam shug‘ullanish, badantarbiya mashg‘ulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga qarshi kurashish, inson salomatligi, ta’lim-tarbiyani yaxshilash bo‘yicha choralar ko‘rish, aholining tibbiy madaniyatini oshirish;
ikkilamchi profilaktika — ma’lum sharoitlarda immun holatining kamayishi, o‘ta zo‘riqish, adaptiv yetishmovchiliklar sabab yuzaga keladigan kasalliklarning kelib chiqishi, avj olishi yoki qaytalanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan aniq xavf omillarini bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish, shuningdek, tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
2021-yil 1-yanvardan boshlab 40 va undan yuqori yoshdagi fuqarolarda yurak qon-tomir xavfini (gipertoniya, infarkt, insult, qandli diabet va boshqa xavf omillarini) aniqlash bo‘yicha tizimli ravishda skrining tekshiruvlari o‘tkaziladi;
Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz)ning tuman (shahar) bo‘limlari ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari binolarida joylashadi hamda ularning xodimlari (keyingi o‘rinlarda — jamoat salomatligi tizimi mutaxassislari) tomonidan amalga oshirilayotgan targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan bir qatorda fuqarolarga tibbiy-profilaktik xizmatlar (maslahatlar, ko‘riklar va boshqalar) ko‘rsatib boriladi;
mahallalarda, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va oliy hamda o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga ko‘maklashuvchi volontyorlar (shu jumladan nafaqadagi shifokorlar, o‘qituvchilar, ziyolilar va boshqalar) jamiyatlari tashkil qilinadi.
3. Quyidagilar jamoat salomatligi tizimi mutaxassislarining asosiy vazifalari etib belgilansin:
aholi o‘rtasida shaxsiy va jamoat gigiyenasi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ishtirok etish, aholini savol-javob va ko‘riklardan o‘tkazish orqali ularda yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavf omillarini aniqlash va individual maslahat berish;
sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga berilmaslik bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish;
yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning oldini olish borasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish uchun hududda faoliyat ko‘rsatayotgan korxona, muassasa va tashkilotlar ro‘yxatini shakllantirish va amalga oshirish;
yuqumli kasalliklar ro‘yxatga olingan hududlarda ular bo‘yicha sog‘lomlashtirish tadbirini ishlab chiqish, hududiy tibbiyot xodimlari bilan tadbirlarni tashkil etish va ularning bajarilishini nazorat qilib borishda ishtirok etish.
4. Sog‘liqni saqlash vazirligi Markazni jalb qilgan holda mahallalar va aholi xonadonlarida, shu jumladan uzoq va olis hududlarda aholi orasida sog‘lom turmushni shakllantirish, badantarbiya mashg‘ulotlarini kundalik turmush tarziga aylantirish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish, ortiqcha vazn va semizlikni bartaraf etish, zararli odatlarga qarshi kurashish, fuqarolarning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha tizimli ravishda targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borsin.
Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari mazkur bandda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni sifatli va to‘liq amalga oshirish uchun:
respublika budjeti va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan Markazga 2021-yilda 2 milliard so‘m ajratsin;
2022-yil va kelgusi yillarda respublika budjeti va mahalliy budjet parametrlarida 2021-yilda ajratilayotgan mablag‘lardan kam bo‘lmagan miqdorda mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Markaz (B.T. Odilova) bir oy muddatda mazkur bandga asosan ajratilayotgan mablag‘lardan samarali foydalanish hamda aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Vazirlar Mahkamasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Milliy teleradiokompaniya, nodavlat teleradiokanallar hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda uch hafta muddatda sog‘lom turmush tarzini olib borish masalalariga bag‘ishlangan markaziy, hududiy va nodavlat telekanallarda “Salomatlik soati” va boshqa maxsus teleko‘rsatuvlar tashkil qilinishini ta’minlasin.
5. Vazirlar Mahkamasi huzurida Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi komissiya) tashkil qilinsin va uning tarkibi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Quyidagilar Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
jamoat salomatligini muhofaza qilish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va kasalliklar profilaktikasi sohasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini ularning yaqindan hamkorligi, samaradorligi va ish uyg‘unligini ta’minlash maqsadida muvofiqlashtirish;
mazkur qarorda nazarda tutilgan barcha chora-tadbirlarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijrosini tashkil etish;
kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha dastur va chora-tadbirlarning har bir viloyat, tuman (shahar) doirasida amalga oshirilishini hamda mas’ullar tomonidan ularning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
kasalliklar yuzaga kelishining oldini olishga va ularni kamaytirishga, ularning yuqish yo‘llari va omillariga ta’sir ko‘rsatishga va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlar oqibatlarini tugatishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etish;
jamoat salomatligini muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishga to‘sqinlik qiluvchi tizimli kamchiliklarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etilishini tashkil etish;
barcha ijtimoiy guruhlarni qamrab olgan holda fuqarolarning sog‘lom turmush tarzini, shu jumladan sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqilishini ta’minlash;
aholi orasida sog‘lom turmush tarzining asoslari, jumladan sog‘lom ovqatlanish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, jismoniy faollikni qo‘llab-quvvatlash, zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari orqali keng targ‘ibot ishlari tashkil etilishini ta’minlash;
sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi, zamonaviy va yakka tartibdagi chora-tadbirlar asosida sog‘liqni saqlash va mustahkamlashning ijtimoiy-profilaktik yo‘nalishlarini rivojlantirish bo‘yicha choralar ko‘rish;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini birlashtiruvchi, aholi salomatligini muhofaza qilish, targ‘ib etish va rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi yaxlit tizim yaratilishini ta’minlash;
aholi salomatligi holatini monitoring qilishning yagona interaktiv tizimini yaratish va bu borada zamonaviy axborot hamda innovatsion texnologiyalarni joriy etilishini tashkil etish;
xalqaro standartlar asosida doimiy populatsiya tekshiruvlari va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi xavf omillari bo‘yicha tadqiqot hamda so‘rovlar o‘tkazilishini tashkil qilish.
6. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kasalliklar profilaktikasi va jamoat salomatligi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi komissiya ishini tashkil etish, soha bo‘yicha vazirlik va idoralarning respublika — viloyat — tuman darajasidagi vazifalari taqsimoti 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Belgilab qo‘yilsinki:
Sog‘liqni saqlash vazirligi Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning ishchi organi hisoblanadi;
Muvofiqlashtiruvchi komissiyaning o‘z vazifalari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar uchun bajarilishi majburiydir;
Adabiyotlar ro‘yxati
1.Karimov I.A. Eng asosiy mezon – hayot haqiqatini aks ettirish. – T.: O‘zbekiston, 2009. – 24 b.
2.Abdurahmonov Q.X., Xolmo‘minov Sh.R., Zokirova N.Q.. Personalni boshqarish. Oliy o‘quv yurti studentlari uchun darslik – T.: “O‘qituvchi” NMIU, 2008 y. .- 656
3.ErgashevF., Raximova D., Sagdullaev A., Parpiev O., Zaynutdinov Sh. Innovatsion menejment. Darslik.T.: «Akademiya», 2005y
4.https://aim.uz/referaty/107-ostalnye-referaty/60389-mehnat-resurslari-shakllanishi-va-ulardan-foydalanish.html
5.https://hozir.org/mehnat-resurslarining-shakllanishi-va-ulardan-foydalanish-reja.html
Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling